Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan ozgartirish,uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish sharoitida marketingni ahamiyat o'zbekistoning eksport salohiaytini oshirishda xalqaro marketing tamoyillaridan foydalanish


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarga investitsiyalar jalb qilish istiqbollari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə4/5
tarix13.06.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#129702
1   2   3   4   5
Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan ozgartirish,uni diver

3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarga investitsiyalar jalb qilish istiqbollari
Ayni paytda mamlakatimizda ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi tarmoqlar va korxonalarning yetarli darajada taraqqiy etmaganligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda iqtisodiy o`sishni ta`minlash borasidagi ba`zi bir muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu masala xususida mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoevning quyidagi fikrlarni keltirish joiz: “Hayotning o`zi va o`tgan yillar tajribasi hududlarni kompleks rivojlantirishni va infratuzilma faoliyatini tubdan o`zgartirishni ta`minlashdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilmoqda”6.
2016 yil 26 oktyabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoniga muvofiq mamlakatimizdaerkin iqtisodiy zonalarni izchil rivojlantirish maqsadida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb atash belgilab qo`yildi. Prezidentimiz mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida o`tgan 8 yil mobaynida atigi 24 ta loyiha amalga oshirilib, ularda to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar ulushi juda pastligi va atigi 900 nafar odam ishga joylashtirilganini, printsipial jihatdan yangi asoslarda “Urgut”, “o`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari tashkil qilinishi, o`tgan yillardagi xatolarni yana takrorlashga endi yo`l qo`yib bo`lmasligini alohida qayd etdi.
2017 yil 12 yanvar kuni tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan, yuqori qo`shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta`minlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xo`jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo`yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o`rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urgut”, “G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to`g`risida”gi farmonni imzoladi. Ularning faoliyat ko`rsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi.
Mazkur farmonga muvofiq quyidagilar ularning asosiy vazifalari va faoliyati yo`nalishlari etib belgilandi:


XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, EIZda ishlar muvaffaqqiyatli bo`lishi
uchun, eng avvalo, zona maydonida erkin tadbirkorlikka sharoit bo`lishi kerak. Erkin tadbirkorlik ruhi ustunlik qilishi zarur. Xorijiy investorlar uchun biznes olamida umumiy «shaffof» bo`lishi va iqtisodiy sub`ektlarning harakatini oldindan aytib berish imkoni bo`lishi juda muhimdir.
O`zbekiston uchun ko`proq real va iqtisodiy oqlangan yo`l bu kompakt erkin iqtisodiy zonalarni yaratishdir. Bu Erda nisbatan oz muddatda va qulay xarajatlar bilan kerakli infratuzilmalarni ta'minlash va imtiyozli bojxona tuzimini kiritish mumkin. Erkin iqtisodiy zonalar uchun joy tanlashda avvalo quyidagi faktorlarni hisoblay olish kerak, ya'ni xalqaro biznes faolliklarga (imkon qadar) va savdo sotiq bozorlariga chiqish qulayligi infratuzilmaning asosiy asosiy ob'Ektlari mavjudligi, birinchi navbatda transport, tashkilotining ishonchli moddiy texnik ta'minoti va hokazo. "Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq mamlakatimizda erkin savdo, erkin eksport — ishlab chiqarish va texnologik zonalar tashkil etish ko`zda tutilgan. Bu zonalarni tashkil etishda xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olish va ularning ijobiy jihatlaridan samarali foydalanish nazarda tutilgan.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin