Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 3-son
97
tezkorlik bilan hal etish va shu asnoda investitsiya
ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari
uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga
qaratilgan. Davlat investitsiya siyosati hududlar,
tarmoq va korxona investitsiya siyosatidan tarkib
topib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Hududlar investitsiya
siyosati investitsiya’ni sarflashda aholi, hudud va
investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali
ishlatishga imkon beruvchi
hududda olib boriladi-
gan chora-tadbirlar majmuyidir. Tarmoq investit-
siya siyosati esa mamlakat iqtisodiyotining rivojla-
nishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulot-
larini eskport qilish, import o‘rnini bosuvchi ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish, fan-texnika taraqqiyotini
investitsiya yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hisobla-
nadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiri-
tish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobi-
dan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta
jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivoj-
lantirish hamda ijtimoiy
infratuzilma obyektlarini
barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishlarga
aylandi.
Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoq-
larida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning
zarurati quyidagilardan kelib chiqadi:
ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va
ma'naviy eskirganligi, ularning qayta tiklash yoki
texnik jihatdan qayta jihozlashga yoxud umuman
yangilashga oid bo‘lib qolganligi;
sanoat tarmog‘ida moddiy texnika bazasi-
ning o‘ta pastligi va ko‘pgina zarar ko‘rib
ishlaydi-
gan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy
daromadida jamg‘arish bilan iste’mol o‘rtasidagi
nisbatning iste’mol tomonga ko‘plab sarflanayot-
gani va jamg‘arishning investitsiya manbayi sifatida
kamayib borayotganligi;
O‘zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi
va bu yerda ko‘plab qayta ishlovchi korxonalarni
qurish imkoniyatining mavjudligi;
aholi sonining o‘sib borayotganligi (mehnat
resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalar-
ni barpo etish, ularni mehnat resurslarining man-
bayi bo‘lmish qishloqqa
yaqinlashtirish zarurligi;
respublika eksportida xomashyo salmog‘ini kamay-
tirish va ko‘plab tayyor mahsulotlar chiqarish imko-
niyatiga ega bo‘lish zarurligi va shu kabilar.
Mahalliy investorlar investitsiya faoliyatini
amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro-
lari, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga
ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lma-
gan shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbir-
korlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining
yuridik shaxslaridir [11].
2020-yilning yanvar-dekabr oylarida investit-
sion faollikning pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga
o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2019-yilning
mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 91,8 %ni tashkil
etdi. 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida 202,0
trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtiri-
lib, ularning 65,4 %i yoki 132,0 trln. so‘mi jalb etil-
gan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa,
korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hiso-
bidan 34,6 % yoki 70,0 trln. so‘m moliyalashtirildi.
Jami investitsiyalar hajmida markazlashgan
moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashti-
rilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi,
2020-yilning mos davridagi ulushiga nibatan 8,0 %
punktga kamayib, 19,5 %ni yoki 39 310,2 mlrd.
so‘mni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashmagan
moliyalashtirish manbalari hisobidan 162 289,9
mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 80,5 %
investitsiyalari o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos dav-
ridagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,0 % punktga ko‘pay-
di. Markazlshmagan investitsiyalar – 162 689,9
mlrd. so‘m.
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xori-
jiy kreditlar – 22 467,1 mlrd. so‘m. Asosiy kapitalga
o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar – 86
647,0 mlrd. so‘m. To‘g‘ridan to‘g‘ri
xorijiy investit-
siya va kreditlar 64 179,9 mlrd. so‘m. 2020-yilning
yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning
o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy
kapitalga investitsiyalar – 51 911,3 mlrd. so‘m yoki
jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 25,7 %ini
tashkil etdi.
Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapi-
talga investitsiyalarning 8,9 %i yoki 18 077,8 mlrd.
so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investit-
siyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar haj-
mi 28 740,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2019-yil-
ning mos davriga nisbatan 5,3 % punktga kamayib,
14,2 %ni tashkil etdi. Shuningdek, tijorat banklari
kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 28
520,9 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiya-
larning 14,1 %ini tashkil etib, 2019-yilning mos
davriga nisbatan 0,3 % punktga kamaydi), O‘zbekis-
ton Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar
22 467,1 mlrd. so‘m (11,1 % va 3,1 % punktiga ka-
maydi), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investit-
siya va kreditlar 35 439,4 mlrd. so‘m (17,6 % va 7,6
% punktga ko‘paydi), Tiklanish va taraqqiyot jam-
g‘armasi 1 814,6 mlrd. so‘m (0,9 % va 2,5 % punkt-
ga kamaydi), Respublika budjeti 13 081,3 mlrd.
so‘m (6,5 % va 2,5 % punktga kamaygan), suv ta’mi-
noti va kanalizatsiya tizimlarini
rivojlantirish jam-
g‘armasi tomonidan 1 947,2 mlrd. so‘m (1,0 % va
0,1 % punktga ko‘payish) miqdorida asosiy kapital-
ga inestitsiyalar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga in-
vestitsiyalar o‘sish sur‘atlarini moliyalastirish man-
balari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlan-
magan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda
kuzatilib, 2019- yilga nisbatan 63,2 % ga ko‘paydi.
Bunday yuqori o‘sishga sement ishlab chiqa-
rishni tashkil etish, elektron gaz hisoblagichlar,
Dostları ilə paylaş: