Mamlakatimizda oxirgi yillarda iqtisodiyotni shu jumladan transport va logistika sohalarini keng qamrovli raqamlashtirishni jadallashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Sh. M



Yüklə 15,73 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü15,73 Kb.
#186401
Eletron tijorat tizimi 1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Ma’ruza

Bajardi: Madrimov Nodirbek
Tekshirdi: Xakimdjanova Dildora
Tashkent-2023

Mavzu: Elektron tijoratda raqamli logistikani o’rni va ahamiyati



  • Mamlakatimizda oxirgi yillarda iqtisodiyotni shu jumladan transport va logistika sohalarini keng qamrovli raqamlashtirishni jadallashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning “«Raqamli O‘zbekiston —2030»1 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 6079-sonli farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotiga jadal kirib bormoqda. Raqamli texnologiyalarning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirishini yuzaga keltirdi.

  • Raqamli logistika va uning o‘ziga xos xususiyatlari, logistikada raqamli texnologiyalarni qo‘llash masalalari bir qancha xorijlik iqtisodchi-olimlar tomonidan tadqiq qilingan va hozirgi kunda dunyo olimlari o‘rtasida qizg‘in mazulardan biri hisoblanadi. Jumladan, mamlakatimiz olimlari ham juda ko‘plab fikrlarini bayon etishgan. Logistika va ta’minot zanjiri tizimida raqamlashtirish tobora ortib borayotgan strategik rol o‘ynaydi; katta ma‘lumotlarni to‘plash va tahlil qilish qobiliyati, tezkor va ishonchli yetkazib berish imkoniyatlariga ega jismoniy tarmoq bilan birgalikda ma’lumotlarning ko‘rinishi va ulanishining yaxshilanishi logistika unumdorligi va ta’minot zanjiri tarmoqlariga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Logistika va ta’minot zanjiri tizimida raqamlashtirishning paydo bo‘lishi, qabul qilinishi va namoyon bo‘lishini dekonstruksiya qilish institutsional va sanoat jarayonlari va o‘zgarishlari haqida kengroq tushuncha beradi.



  • Yuqoridagi chizma shuni ko‘rsatadiki logistika tizimi bir qancha zamonaviy texnalogiyalarni va axborolar oqimi yordamida shakillanadigan murakkab malumotlar bazasi yordamida hosil bo‘lgan murakkab bir yaxlit tizim sifatida qaraladi. E’tibor beradigan bo‘lsak, Logistikani raqamlashuvida asosiy manbalar bo‘lib, iqtisodiy malumotlar tahlili va va uning internet provayderlarida shakillantirilgan maxsus dasturlar tashkil etadi. Bundan tashqari, iste’molchilarga hizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida, masalan, yuklarni sifatli, o‘z vaqtida, ishonchli, belgilanga muddat ichida yetkazdirib berilishini taminlashda turli xil dasturlardan, robototexnika vositalaridan hamda dronlardan keng foydalanilmoqda .


Logistikani raqamlashtirishdagi asosiy omillari


Raqamli innovatsiyalar logistika ishtirokchilariga samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, yangi biznes imkoniyatlarini izlash imkonini beradi. Ushbu transformatsiya to'rtta asosiy tendentsiyaga asoslangan "Logistika 4.0" deb nomlangan yangi paradigmaga olib keladi.

Mamlakatimizda Innovatsion transport-logistika tizimlarini yaratishda innovatsion
transport-logistika tizimlarini yagona raqamli platforma asosida shakllantirish bo‘yicha
bosqichma-bosqich ishlarni amalga oshirish taklif etilmoqda. Ushbu ish bosqichlari maqola
mualliflar tomonidan zamonaviy raqamli texnologiyalarga asoslangan innovatsion transportlogistika tizimini yaratish uchun asos o‘rganilmoqda.
Bizning fikrimizcha, mamlakatimiz transport-logistika tizimida raqamli platformani
o‘rganish bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak:
- innovatsion transport va logistika o‘zaro hamkorligida yetkazib berish zanjirida raqamli
platformalar uchun yagona kirish nuqtasini yaratish;
- ta’minot zanjiri ishtirokchilari o‘rtasida transport va logistika ma’lumotlarining samarali
almashinuvini qo‘llab-quvvatlash;
- ishtirokchilarga zarur ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun tashqi taqsimlangan
tizimlardan foydalanish imkonini beruvchi transport va logistika sohasida qo'shma innovatsion
tadqiqotlar uchun talab qilinadigan umumiy standartlar;
- ta’minot zanjirlari ishtirokchilarini aniqlash va ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlash
uchun tashqi axborot tizimlari, shu jumladan xorijiy tizimlar bilan integratsiya;
- transport-logistika operatsiyalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni boshqarishni
ta’minlash, raqamli platforma ishtirokchilari o‘rtasida transport-logistika sohasini o‘rganishda
infratuzilmadan birgalikda foydalanish;
Yüklə 15,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin