Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar jamoasi - muayyan o'zaro munosabatlar tizimi (o'yin, hayotiy masalalar) yoki umumiy mashg'ulot turi asosida birlashgan kichik yoshdagi bolalar guruhi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni o'qitish va tarbiyalash davlat tilida va "Davlat tili haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida guruhlar sonimuassasaning quwatidan va guruhlarning rejali to'ldirilishidan kelib chiqib muassis tomonidan quyidagicha belgilanadi:
yoshdan 3 yoshgacha - kamida - 15 bola, biroq 20 boladan ortiq emas;
yoshdan 6-7 yoshgacha - kamida - 20 bola, biroq 25 boladan ortiq emas.
Ixtisoslashtirilgan va sanatoriy yo'nalishidagi maktabgacha ta'lim muassasalarida guruhlarning to'ldirilishi bolalarning toifasiga va yoshiga (ikki yoshdan boshlab va uch yoshdan katta yoshdagilar) qarab belgilanadi va tegishli ravishda
quyidagichani tashkil etadi:
nutqi og'ir nuqsonli bolalar uchun - 10-12 bola;
nutqi fonetik-fonematik nuqsonli bolalar uchun faqat uch yoshdan katta yoshdagi bolalar uchun - 12-15 bola;
kar bolalar uchun - 8 bola;
yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun -10-12 bola;
ko'zi ojiz bolalar uchun - 6 bola;
yaxshi ko'rmaydigan bolalar, ambliopiyali, g'ilay bolalar uchun - 6 - 10 bola;
tayanch-harakatlanish a'zosi buzilgan bolalar uchun - 6 - 10 bola;
intellekti buzilgan (aqliy noraso) 3 yoshgacha bolalar uchun - 6 bola;
uch yoshdan katta yoshdagi aqli zaif bolalar uchun - 10 bola;
sil intoksikatsiyasi mavjud bo'lgan bolalar uchun - 15 -20 bola;
tez-tez kasallanib turadigan bolalar uchun - 15 -20 bola;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) bolalar uchun - 8-10 bola;
rivojlanishida boshqacha nuqsonlari (endokrin kasalliklar) mayjud bo'lgan bolalar uchun - 15 - 20 bola.