Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


- MAVZU: MA’MURIY AMALIYOT SHO’BASI TOMONIDAN MA’MURIY JAZOGA TORTILGAN SHAXSLARNI HISOBGA OLISHNING MARKAZLASHGAN TIZIMINING HUQUQIY ASOSLARI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə151/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

45- MAVZU: MA’MURIY AMALIYOT SHO’BASI TOMONIDAN MA’MURIY JAZOGA TORTILGAN SHAXSLARNI HISOBGA OLISHNING MARKAZLASHGAN TIZIMINING HUQUQIY ASOSLARI.

REJA:
  1. Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni «Ma’muriy amaliyotni hisobga olish» dasturiy mahsuli oraqali hisobga olish.


  2. Ma’muriy amaliyot bo’limlari tomonidan ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni markazlashgan bazasining yuritilishi.





Tayanch so’z va iboralar: Dasturiy mahsul, ma’muriy amaliyot sho’basi, hisobga olish, markazlashgan tizim, yagona baza, tekshirish, bayonnoma, ma’muriy ishlar.
1.Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni «Ma’muriy amaliyotni hisobga olish» dasturiy mahsuli oraqali hisobga olish.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2005 yil 5 avgustdagi «Davlat soliq xizmati organlarida avtomatlashtirilgan kompyuter dasturiy mahsullarni amalga joriy etish to’g’risida»gi 148-sonli buyrug’iga asosan «Ma’muriy amaliyotni hisobga olish» dasturiy mahsuli yaratildi.
Davlat soliq xizmati organlarida «Ma’muriy amaliyotni hisobga olish» dasturiy mahsulining ma’lumotlar bazasini shakllantirish va undan foydalanish samaradorligini yanada oshirish maqsadida bosqichma-bosqich takomillashtirilib kelinmoqda.
Xususan, dasturiy mahsulning WEB texnologiyasi asosida qayta ishlab chiqilgan varianti Davlat soliq qo’mitasining 2011 yil 15 oktyabrdagi 288-sonli buyrug’iga asosan amaliyotga joriy qilindi.
Bu bilan dasturiy mahsulning ma’lumotlar bazasini DSI→DSB→DSQ pog’onalarida jamlanmasdan to’g’ridan-to’g’ri DSQ yagona bazasiga jamlanilishiga erishildi.
Dasturiy mahsul O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi, Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa normativ hujjatlari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, u soliq sohasida sodir etilgan huquqbuziliklar, ular bo’yicha qo’llanilgan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari to’g’risidagi ma’lumotlarni dasturiy mahsulga to’g’ri va to’liq kiritish orqali ma’lumotlar bazasini shakllantirishni ifoda etadi.
Dasturiy mahsulni yaratishdan maqsad, soliq organlarida soliq sohasida sodir etilgan huquqbuziliklar, ular bo’yicha qo’llanilgan ma’muriy va jinoiy jazo choralar to’g’risida ma’lumotlar bazasini tashkil etish, takroran hukuqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash hamda hududiy davlat soliq organlarida yuritilayotgan ma’muriy ishlarni nazorat qilishdan iborat.
Davlat soliq inspeksiyalarida tekshirishlarni ro’yxatga olish 2-shakl kitobidan ro’yxatdan o’tkazilgan (hujjatli, qisqa muddatli, reyd va boshqa turdagi) tekshirishlar hamda boshqa nazorat organlaridan qonuniy chora ko’rish uchun kelib tushgan materiallar yuzasidan davlat soliq xizmati organlarida, shuningdek sud, prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan materiallar asosida ko’rilgan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari, qo’llanilgan, undirilgan hamda muddatida to’lanmagan ma’muriy jarima summalarining majburiy tartibda ijro etilganligi haqidagi ma’lumotlar asosida dasturiy mahsul bazasi yaratiladi va ushbu bazada ma’muriy amaliyotga oid statistik ma’lumotlar shakllanadi.
Dasturiy mahsulda ma’muriy amaliyot bo’limi (sho’basi) faoliyatiga taalluqli 8 ta hisobot shakllari mavjud bo’lib, ularni oyma-oy o’sib boruvchi tartibda quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha olish mumkin:
- 1-ilova - Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to’g’risidagi qonunlarning buzilishiga doir tuzilgan, shuningdek boshqa organlardan chora ko’rish uchun kelib tushgan materiallar, ular yuzasidan ko’rilgan choralar to’g’risida ma’lumot (hududlar kesimida, yuridik va jismoniy shaxslarni alohida ajratgan holda).
- 2-ilova – Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko’rib chiqilgan ma’muriy ishlar to’g’risida ma’lumot (hududlar kesimida, yuridik va jismoniy shaxslarni alohida ajratgan holda).
- 3-ilova – Davlat soliq xizmati organlari tomonidan sud idoralariga yuborilgan ma’muriy ishlar va ular yuzasidan ko’rilgan choralar to’g’risida ma’lumot (hududlar kesimida, yuridik va jismoniy shaxslarni alohida ajratgan holda).
- 4-ilova – Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qonunchiligi yuzasidan o’tkazilgan tekshirishlar jarayonida, aniqlangan muddati o’tgan debitorlik qarzdorlikka yo’l qo’yish holatlari va ular yuzasidan ko’rilgan choralar haqida ma’lumot.
- 1-ilova - Davlat soliq xizmati organi tomonidan Departamentga yuborilgan materiallar bo’yicha solishtiruv dalolatnomasi.
- 2-ilova - Davlat soliq xizmati organi tomonidan Departamentga yuborilgan materiallar to’g’risida ma’lumot.
- 3-ilova - Davlat soliq xizmati organi tomonidan prokuraturaga yuborilgan materiallar bo’yicha solishtiruv dalolatnomasi.
- 4-ilova - Davlat soliq xizmati organi tomonidan prokuraturaga yuborilgan materiallar to’g’risida ma’lumot.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin