2. Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo’limlari tomonidan ma’muriy amaliyotni yuritishning o’ziga xos xususiyatlari. Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorit qilish bo’limlari moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari bo’yicha tergovdan oldingi tekshirishlarni tashkil etadi va olib boradi, jinoiy ishlar qo’zg’aydi, ular bo’yicha surishtiruv ishlarini amalga oshiradi, jinoyat ishlarini tergovga tegishligiga ko’ra huquqni muhofaza qilish organlariga topshiradi.
Bosh boshqarma va uning hududiy bo’limining tekshirish va nazorat qilish qonun hujjati bilan zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxsi yuridik va jismoniy shaxslar ustidan soliq nazoratini amalga oshirish chog’ida, shuningdek tekshiruv materiallarining ko’rib chiqilishida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganda, soliq to’g’risidagi qonunlarni buzgan shaxs(lar)ga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish paytida davlat soliq xizmati organi rahbari yoki uning o’rinbosari huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, hujjatlarni surishtiruvchiga topshiradi yoki prokurorga yuboradi.
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat kilish bo’limlari tomonidan tuzilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomalar belgilangan tartibda va muddatda solik to’lovchi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joydagi davlat solik inspektsiyasining Navbatchi kismidagi 2-shakl kitobida ro’yxatdan o’tkazilgan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tegishli ravishda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat kilish bosh boshkarmasi va uning xududiy bo’limlarida yuritiladigan 4-shakl kitobida xisobga olinadi.