1.Boshqa vakolatli organlar haqida tushuncha. O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi, soliq kodeksi, jinoyat prosessual kodeksi va hukumatimizning boshqa normativ huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan va o’z vakolat dioralarida tekshirishni amalga oshirish hamda qonunlarda belgilangan tartibda materialllarni ko’rib chiqish va ular natijalri bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqi berilgan organlar vakolatli organlar deb hisoblanadi. Davlat soliq organlari tomonidan o’tkaziladigan soliq tekshiruvlari natijalarida, boshqa organlar vakolatiga kiradigan holatlar bilan duch kelinganda ularga murojat qilinadi. Shuning uchun qaror qabul qilish huquqiga ega bo’lgan ushbu organlar o’rtasida hamkorlikni amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Boshqa vakolatli organlar quyidagilar:
-ichki ishlar (militsiya) organlari;
-davlat sanitariya nazorati organlari;
-bojxona organlari;
-ma’muriy komissiyalar;
-voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar;
-davlat yong’indan saqlash nazorati organi;
-shahar va shaharlar aro yo’lovchi tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlari;
-davlat veterinariya nazorati organlari;
-tabiatni muhofaza qiluvchi organlar;
-nazorat taftish bosh boshqarmalari;
-ma’muriy ishlar bo’yicha sudlar;
-xo’jalik sudlari;
-jinoyat ishlari bo’yicha sudlar;
-standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari;
-iqtisodiyot va statistika organlari;
-davlat pribor nazorati organlari;
-monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari;
-boshqa davlat soliq xizmati organalari;
-prokurotira organalari.
2.Boshqa vakolatli organlar bilan hamkorlik. Ma’muriy amaliyot bilan shug’ullanuvchi mas’ul xodimlar o’z faoliyatini O’zbekitson Respublikasi Bosh prokraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti, ichki ishlar, sud, moliya organlari, banklar va davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan o’zaro hamkorlikda soliq sohasida qonunubuzarlikka qarshi kurashga yo’naltirilgan chora tadbirlarni muvofiqlashtirilgan tarzda belgilaydi va amalga oshiradi. Davriy hisobotlar O’zbekitson Respublikasi Bosh prokraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti organlariga taaluqliligi buyicha yuborilgan tekshiruv hujjatlarining natijalari haqida o’zaro taqqoslov dalolatnomalarini tuzish, ma’lumotlar va axborotlar almashish asosida olib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan soliq intizomini mustahkamlash, moliyaviy-iqtisodiy, soliq va valyuta sohalaridagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, davlatga yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning to’liq ijro etilishini ta’minlash hamda mazkur masalalarga mutasaddi bo’lgan organlarning mas’uliyatini oshirish va o’zaro hamkorligini yaxshilash maqsadida qo’shma ko’rsatma ishlab chiqilgan.
Ko’rsatmaga asosan Davlat soliq qo’mitasining markaziy apparati tuzilmalari, davlat soliq boshqarmalari va inspeksiyalari boshliqlariga, Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo’limlari rahbarlariga, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo’linmalariga tegishli vazifalar belgilandi.
Davlat soliq qo’mitasi, uning hududiy boshqarma va inspeksiyalari, Departament va uning hududiy boshqarma va bo’limlari boshliqlariga budjetga undiriladigan soliqlar, yig’imlar va majburiy to’lovlarni to’g’ri hisoblash, to’liq va o’z vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni ta’minlash, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy va soliq, valyuta sohalaridagi qonun buzilishlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bo’yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan aniq choralar ishlab chiqildi.
Soliqqa oid qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan ishlar asosan ma’muriy va jinoiy ishlar bo’yicha sudlarga chiqariladi.
Sudlar qonun hujjatlariga asosan ishlarni ko’rib chiqadi va qarorlarini chiqaradi. Ayrim huquqbuzarliklar bo’yicha esa Oliy sud plenumining qarorlari ham chiqarilgan bo’lib, ish yurituvida ulardan ham foydalaniladi. Misol uchun 2013 yil 11 dekabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq ishlar bo’yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to’g’risida”gi Oliy sud plenum qarori va 2013 yil 31 maydagi “Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo’llanilishi to’g’risida”gi Oliy sudi plenumining qarorlari shular jumlasidandir.
Barcha hamkorliklar o’zaro tuzilgan shartnomalar,kelishuvlar va rejalarga asosan amalga oshiriladi hamda hisobotlar tuzilib boriladi.