169-modda. Tarkibida kimyoviy moddalarning qoldig’i yo’l qo’yiladigan darajadan ortiq bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish Tarkibida odamlar va hayvonlar salomatligi uchun zararli bo’lgan pestitsidlar, mineral o’g’itlar va boshqa kimyoviy moddalarning qoldiq miqdori yo’l qo’yilishi mumkin deb belgilangan darajadan ortiq ekanligini bila turib qishloq xo’jaligi mahsulotlarini, xuddi shuningdek zaharli yovvoyi o’simliklarni, ularning hosilini, mevalarini, urug’larini, barglari va ildizlarini bozorlarda sotish —
mahsulotlarni musodara qilib, eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, —
mahsulotlarni musodara qilib, eng kam ish haqining ikki baravaridan to’rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.27.00.00 Валютани тартибга солиш ва валютани назорат қилиш / 07.27.11.00 Валютани тартибга солиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун жавобгарлик]
170-modda. Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazish Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazish —
valyuta boyliklarini musodara qilib, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.27.00.00 Валютани тартибга солиш ва валютани назорат қилиш / 07.27.11.00 Валютани тартибга солиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун жавобгарлик]
171-modda. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini O’zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini ko’zlamay turib vaqtida yoxud to’liq o’tkazilmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining sakkiz baravaridan o’n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Valyuta tushumining bir qismini qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda va miqdorlarda majburiy sotishdan bo’yin tovlash —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining sakkiz baravaridan o’n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining sakkiz baravaridan o’n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n ikki baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.17.00.00 Савдо / 09.17.16.00 Савдо қоидаларини бузганлик учун жавобгарлик]