Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


- MAVZU: MA’MURIY AMALIYOT XODIMLARINING VAZIFALARI HAMDA ULARNING JAVOBGARLIGINI XUQUQIY ASOSLARI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə163/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

48- MAVZU: MA’MURIY AMALIYOT XODIMLARINING VAZIFALARI HAMDA ULARNING JAVOBGARLIGINI XUQUQIY ASOSLARI.

REJA:
  1. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish xodimlarining vazifalari.


  2. Ma’muriy amaliyotni tashkil etish sho’basi xodimlarining asosiy ish faoliyati.





Tayanch iboralar: Ma’muriy amaliyotni tashkil etish sho’basi xodimlarining vazifalari, ma’muriy huquqbuzarliklarni ko’rib chiqish va ular yuzasidan ishni yuritish, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi hujjatlarni kompyuter dasturiy mahsulida hisobga olish.
1.Ma’muriy amaliyotni tashkil etish xodimlarinig vazifalari.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Ma’muriy amaliyot va nazoratni tashkil etish bo’limi, Qaraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarining Ma’muriy amaliyot bo’limi (sho’basi) xodimlari:
- ma’muriy amaliyot bo’limi davlat soliq xizmati organlarining joylardagi ma’muriy amaliyot faoliyatiga doir masalalar yuzasidan tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
- davlat soliq xizmati organlarining ma’muriy amaliyot faoliyatini tartibga solib turuvchi normativ hujjatlarni o’zlashtirib borish borasida shaxsiy tarkib o’rtasida ishni tashkillashtiradi;
- davlat soliq xizmati organining ma’muriy amaliyotga doir faoliyatini umumlashtiradi va tahlil qiladi. Tahlil asosida huquqbuzarlikning ahvoli, shuningdek huquqbuzarlarga nisbatan choralar qo’llash amaliyoti to’g’risida ma’lumotnoma tayyorlaydi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
- huquqbuzarlikning sodir etilishiga olib kelayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish to’g’risida tegishli idoralar, muassasalar hamda tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilishini ta’minlaydi;
- huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlar davlat soliq xizmatining quyi organlari tomonidan qonun doirasida ko’rib chiqilayotganligini va huquqbuzarlik yuzasidan ish yuritishning to’g’ri olib borilayotganligini doimiy ravishda nazorat qilib boradi;
- ma’muriy huquqbuzarliklarni ko’rib chiqish va ular yuzasidan ishni yuritish bo’yicha davlat soliq xizmati organlari xodimlari faoliyatini o’rganib chiqib, ularda aniqlangan nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha takliflar kiritadi;
- soliqqa oid huquq buzilishlarnining oldini olish bo’yicha ishlarni kuchaytirish maqsadida adliya, prokuratura, sud va boshqa vakolatli idoralar bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi;
- soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilayotganda bevosita ishtirok etadi;
- fuqarolarning sohaga taalluqli bo’lgan shikoyat va arizalarini ko’rib chiqadi;
- davlat soliq xizmatining quyi organlarida ma’muriy ishlar hisob-kitobining olib borilishini, shuningdek “Ma’muriy amaliyotni hisobga olish” dasturiy mahsulining yuritilishini nazorat qiladi;
- har oylik va choraklik ish yakuni bo’yicha ma’muriy amaliyot sohasiga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni jamlab, davlat soliq qo’mitasi belgilagan tartib va muddatlarda O’zbekiston Respublikasi DSQ Ma’muriy amaliyot va nazoratni tashkil etish bo’limiga taqdim etadi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin