4.Amaliy mashg’ulot.
DSI xodimlari tomonidan xususiy firmada soliq tekshiruvini amalga oshirgan va tegishli barcha hujjatlarni rasmiylashtirgan.
Berilganlardan foydalanib, nazariy jihatdan soliq tekshiruvi natijasida rasmiylashtiriladigan barcha hujjatlarni to’ldiring, to’plang va soliq tekshiruvi materiallarini shakllantiring.
NAZORAT SAVOLLARI:
Davlat soliq xizmati organlarida soliq tekshiruvi materiallarini ro’yxatga olish qanday amalga oshiriladi?
Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organida qancha muddatda hisobga olinadi?
Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organida qaysi dasturiy mahsulda hisobga olinadi?
Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo’limlari tomonidan o’tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari necha kunda hisobdan o’tkaziladi?
Soliq tekshiruvi materiallari necha ish kunida ko’rib chiqishga tayyorlanadi?
Soliq tekshiruvi materiallari kimlar tomonidan ko’rib chiqiladi?
Qo’shimcha hisobangan soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar qancha muddatda to’lanishi lozim bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks;
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir mamuriy ishlarni ko’rib chiqishni tashkil etish to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Buyrug’i (2010 yil 11 mart №59-son);
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Davlat soliq xizmati organlarida soliq tekshiruvi materiallari hamda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir tuzilgan materiallar harakati to’g’risidagi Reglamentni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i (2011 yil 11 noyabr №329-son);
“Soliq tekshiruvi materiallarini, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallarni ro’yxatga olish hamda ularning hisobini yuritish” Tartibi (O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasining 2011 yil martdagi buyrug’i);
“Mamuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to’g’risida”gi Nizom (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 fevraldagi №39-son qaroriga ilova).
Dostları ilə paylaş: |