Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə94/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

28 fevral 2014 yil Farg’ona shahri
Men, Farg’ona shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i A.Eraliev O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 279-281 moddalari tarkibida O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismi bilan “Shoxrux Gaz Servis” MCHJ hisobchisi Latipova Sohiba Abdurahmonovaga nisbatan to’plangan ma’muriy ishni ko’rib chiqib, ish materiallari bilan tanishib quyidagilarni
A N I Q L A D I M:
Farg’ona shahrida faoliyat ko’rsatuvchi “Shoxrux Gaz Servis” MCHJ hisobchisi Latipova Sohiba Abdurahmonovnani 30.05.1973 yilda tug’ilgan, millati o’zbek, deputat emas, ma’lumoti o’rta maxsus, oilali, muqaddam ma’muriy jarimaga tortilmagan, yashash joyi Farg’ona shahar A.Yugnakiy ko’chasi.
Viloyat DSBning 2014 yil 7 yanvar kungi 12-XS-sonli buyrug’i bilan DSIning soliq tekshiruvlari bo’limi boshlig’i I.Qo’ziboev tomonidan shahardagi “Shoxrux Gaz Servis” MCHJ (INN 300513072) ning 2009-2013 yillardagi faoliyatida O’zbekiston Respublikasida joriy etilgan soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan belgilangan dastur asosida hujjatli tekshirish o’tkazilgan.
Tekshirishda MCHJ rahbari tomonidan 2009-2013 yillar davomida foyda (daromadi) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarining hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan bartibini buzgan holda olib borganligi natijasida soliq turlariga jami 4261,5 ming so’m qo’shimcha soliq hisoblangan.
“Shoxrux Gaz Servis” MCHJ hisobchisi Latipova Sohiba Abdurahmonovna o’zining bu harakati bilan O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun unga nisbatan mazkur modda sanksiyasi doirasida chora ko’rish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yuqoridagilarga asosan “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi qonunning 5-moddasi 9-bandiga va O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 264-moddasini qo’llab

QAROR QILAMAN
  1. “Shoxrux Gaz Servis” MCHJ hisobchisi Latipova Sohiba Abdurahmonovna O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilsin.


  2. Shoxrux Gaz Servis” MCHJ rahbari hisobchisi Latipova Sohiba Abdurahmonovnaga nisbatan O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismi bilan, amaldagi eng kam oylik ish haqining 1 (bir) baravari miqdorida, ya’ni 96105 (to’qson olti ming bir yuz besh) so’m ma’muriy jarima jazo chorasi qo’llanilsin.


  3. Ushbu qarordan norozi tomon shu qaror nusxasini olgan kundan boshlab o’n kunlik muddat ichida Farg’ona shahar DSI orqali yuqori turuvchi organga yoki sud organlariga shikoyat (protest) kiritish mumkin.






Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin