Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


Huquqbuzarlikni hisobga olish varaqasini yuritish tartibi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə138/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

2.Huquqbuzarlikni hisobga olish varaqasini yuritish tartibi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma bir sutkadan kechiktirilmay tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy amaliyot sho’basida kompyuter dasturiy mahsulida hisobga olinadi.
Bozorlar va savdo komplekslari hududlarida aniqlangan huquq buzilishi holatlari bo’yicha ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani tuzgan Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi yoki uning hududiy bo’limi xodimi huquqbuzarlikni hisobga olish varaqasini ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan (sodir etilgan) joydagi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy amaliyot sho’basiga taqdim etadi.
Hisobga olish huquqbuzarlikni hisobga olish varaqasi orqali amalga oshiriladi va bunda quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim:
- ma’muriy ish yoki soliq tekshiruvi materiallari ro’yxatga olingan tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasi nomi, navbatchi qismida 2-shakl kitobga ro’yxatga olish sanasi va raqami;
- ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma tuzilgan sana va joyi;
- huquqbuzarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili, oyi va kuni;
- huquqbuzarning yashash joyi;
- huquqbuzarning ish joyi, mansabi, faoliyat turi;
- huquqbuzarlik(lar) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi MJTK moddasi(lari), qism(lar)i;
- huquqbuzarlik aniqlangan (sodir etilgan) joy, vaqti.
Huquqbuzarlik bir necha shaxs tomonidan sodir etilgan bo’lsa, hisobga olish varaqasi har bir huquqbuzar uchun alohida tuziladi.
Huquqbuzarlikni hisobga olish varaqasi ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani tuzgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan to’ldirilib imzolanadi.
Olib qo’yilgan ashyolar, predmetlar, buyumlar (mol-mulk), mol-mulkni olib qo’ygan mansabdor shaxs tomonidan bir sutka ichida Davlat soliq qo’mitasi belgilagan tartibiga binoan ma’muriy ish ro’yxatga olingan joydagi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining Jismoniy shaxslarga soliq solish bo’limida hisobga olinadi.
Davlat soliq inspeksiyalarining ma’muriy amaliyot tuzilmalari taalluqliligi bo’yicha ko’rib chiqish uchun vakolatli organlar (sud, ichki ishlar, bojxona organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar va hokazo)ga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar va ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar haqida har oy yakuni bo’yicha, keyingi oyning 5-sanasiga qadar o’zaro solishtiruv dalolatnomalari tuzilishini ta’minlaydi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin