Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə135/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

3.Amaliy mashg’ulot.
Xususiy korxona rahbari Fuqaro Dehqonov Avazbek Nabijonovich soliq va boshqa majburiy to’lovlarni soliq kodeksida belgilangan to’lash muddatida xizmat ko’rsatayotgan bankka to’lash uchun to’lov topshiriqnomalari taqdim etmasdan to’lov intizomini buzgan. Natijada soliq qarzi hisobiga shahar DSIning inkasso topshiriqnomasi orqali bankdagi hisob varag’idan mablag’ yechib olingan. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2005 yildagi 110-sonli qarori talablari buzilib, tuman Xalq banki “Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti” bo’limiga o’tkazilgan mablag’ uchun reestr taqdim etilmaganligi aniqlangan.
Ma’lumotlardan foydalanib korxona rahbari uchun ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma tuzing. Ishni ko’rib chiqish uchun sudga xat tayyorlang.
NAZORAT SAVOLLARI:
  1. Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish jarayonida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni yuritish tartibini aytib bering?


  2. Jinoyat haqidagi materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish tartibini tushuntirib bering?


  3. Soliq nazoratining boshqa shakllari jarayonida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni yuritish qanday amalga oshiriladi?


  4. Huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan jinoyat alomatlari mavjud materiallarni hisobga olish tartibi qanday?


Adabiyotlar ro’yxati:


1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 24 yilligini nishonlash to’g’risidagi qarori .T.2015 y 17 iyul.Halq so’zi.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” PQ2124 qarori/6.02.2014.
3.Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir.-T.:O’zbekiston ,2015.
4.O’zbekiston Respublikasi Kanistitutsiyasi .2014 y.
5.O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik tug’risidagi kodekisi. 2014 y.
6.O’zbekiston Respubliksi Soliq kodekisi. 2014 y.

MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO’G’RISIDA


BAYONNOMA
2014 yil « » _____________ Farg’ona shahar

Men, Farg’ona shahar DSI xodimi Z.Maxmudov O’zbekiston Respublikasi MJtKning 279–280–moddalariga asosan ushbu bayonnomani tuzdim.


Fuqaro Dehqonov Avazbek Nabijonovich 16.05.1985-yilda tug’ilgan, o’zbek, O’zbekiston fuqarosi, ma’lumoti o’rta, muqaddam DSI tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilmagan, “Shahriyor” xususy firmasida boshliq vazifasida ishlaydi, Farg’ona shahar A.Yassaviy ko’chasida yashaydi.
Fuqaro Dehqonov Avazbek Nabijonovich quyidagi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan:
Farg’ona shahar DSI xodimlari tomonidan kameral tekshirish o’tkazilgan.
O’tkazilgan kameral tekshirishda Farg’ona shahar DSIda soliq to’lovchi sifatida ro’yxatda turuvchi “Shahriyor” xususy firmasi bosh hisobchisi Tolipov Haydarali O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 59-moddasiga muvofiq “Shahriyor” xususy firmasining 2013 yil uchun taqdim etilgan 3606,1 ming so’m soliq va boshqa majburiy to’lovlarni soliq kodeksida belgilangan to’lash muddatida xizmat ko’rsatayotgan bankka to’lash uchun to’lov topshiriqnomalari taqdim etmasdan to’lov intizomini buzgan. Natijada “Shahriyor” xususy firmasining soliq qarzi hisobiga Farg’ona shahar DSIning inkasso topshiriqnomasi orqali bankdagi hisob varag’idan 2014 yil yanvar oyida 3606,1 ming so’m mablag’ undirib olingan.
Bundan tashqari “Shahriyor” xususy firmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2005 yildagi 110-sonli qarori talablari buzilib, Farg’ona shahar Xalq banki “Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti” bo’limiga 79201,4 so’m o’tkazilgan mablag’ uchun reestr taqdim etilmaganligi aniqlangan.
Fuqaro Dehqonov Avazbek Nabijonovichning harakatlarida O’zbekiston Respublikasi MJtKning 175-moddasi 3-qismi va 179-2-modda 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik(lar)ning alomatlari mavjud.
Huquqbuzarlikning guvoxlari:

__________ ____________________ __________ ____________________


(imzo) (f.i.sh.) (imzo) (f.i.sh.)

Huquqbuzarning tushuntirish xati ilova kilinadi.


Bayonnomani tuzdim ____________ Z.Maxmudov
(imzo)
Huquqbuzarga MjtKning 294–moddasida nazarda tutilgan huquq va burchlari tushuntirildi.

Huquqbuzar _____________________ A.Dehqonov



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin