Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə144/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

Tayanch so’z va iboralar: Davlat soliq siyosatini amalga oshirish, umumiy vakolatli davlat organlari, maxsus vakolatli davlat organlari, davlat vakolatli organlari faoliyatida qonuniylik tamoyili.
1.Materiallarning kuzatuv yig’ma jildlariga saqlash uchun olish.
Ma’muriy amaliyot sho’basi mas’ul xodimi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko’rib chiqilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar, shuningdek sud va boshqa organlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar va jinoyat haqidagi materiallar hamda ular yuzasidan ko’rilgan choralar to’g’risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda «Ma’muriy amaliyotni hisobga olish» dasturiy mahsuliga kiritadi.
Davlat soliq xizmati organlarida ko’rib chiqilgan ma’muriy ishlarning yig’ma jildi hamda vakolatli organlarga yuborilgan ma’muriy ishlar va materiallarning kuzatuv yig’ma jildlari davlat soliq xizmati organlarining ma’muriy amaliyot tuzilmalarida saqlanadi.
2.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarning yig’ma jildida bo’lishi lozim bo’lgan hujjatlar.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ijro etib bo’lingach, ish bo’yicha to’plangan hujjatlar yig’ma jildlarga tikilgan holda ma’muriy ish ko’rilgan joydagi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy amaliyot sho’basi (inspektori) zimmasida saqlanadi.
Davlat soliq organlarida yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarning yig’ma jildida quyidagi hujjatlar bo’lishi lozim:
- hujjatlarning ro’yxati;
- ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma;
- soliq tekshiruvi materiallari yoki/va soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ma’lumotlar;
- hujjatlar yoki huquqbuzarlik predmetlari olib qo’yilgan bo’lsa, olib qo’yish bayonnomasi, mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, ekspertning xulosasi va mol-mulkni baholash to’g’risidagi xulosa yoki dalolatnoma;
- soliq to’lovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga oshirayotgan shaxslari, boshqa moddiy javobgar xodimlari, guvohlar bo’lgan taqdirda mazkur shaxslarning tushuntirishlar xatlari;
- huquqbuzarlarning shaxsiga oid ma’lumotlari;
- huquqbuzar(lar) muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligi to’g’risida ma’lumotnoma;
- huquqbuzar(lar)ga ishni ko’rib chiqish vaqti va joyi haqida yuborilgan xabarnoma nusxasi;
- ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasi;
- ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror;
- qaror nusxasi huquqbuzarga topshirilganligi to’g’risida tilxat yoki unga jo’natilganligini tasdiqlovchi hujjat;
- ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko’rish to’g’risidagi taqdimnoma nusxasi va uning muhokamasi, agar kiritilgan bo’lsa;
- ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qaror ijrosi to’g’risidagi ma’lumot.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan sud, prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi departament, MXX, IIV va boshqa nazorat qiluvchi organlarga qonuniy chora ko’rish uchun yuborilgan materiallarning kuzatuv yig’ma jildida quyidagi hujjatlar bo’lishi lozim:
- hujjatlarni yuborish haqidagi aloqa xati;
- yuborilgan hujjatlarning ro’yxati;
- soliq tekshiruvi materiallari yoki/va soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ma’lumotlar nusxasi;
- sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qaror nusxasi yoxud qabul qilingan qaror haqidagi ma’lumot.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin