Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə159/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

47- MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DSQ MA’MURIY AMALIYOT VA NAZORATNI TASHKIL ETISH BO’LIMINING SOLIQ TO’G’RISIDAGI QONUN HUJJATLARINING BUZILISHI YUZASIDAN ISH YURITISHNI
REJA:
  1. DSQ Ma’muriy amaliyot bo’limining faoliyatini tashkil etish.


  2. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan ish yuritishni nazorat qilishi.


  3. Amaliy mashg’ulot.





Tayanch iboralar: DSQ ma’muriy amaliyotni tashkil etish sho’basi xodimlari, nomenklatura, davlat soliq boshqarmasi, bo’limlar, 2-3-4-shakl kitoblari.
Huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan jinoyat alomatlari mavjud materiallarni hisobga olish (1-shakl) kitobi shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalarining Navbatchi qismlarida yuritiladi.
Soliq tekshiruvi materiallarini hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to’grisidagi materiallarni ro’yxatga olish (2-shakl) kitobi shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalarining Navbatchi qismlarida yuritiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’grisidagi materiallarning harakatini hisobga olish (3-shakl) kitobi Davlat soliq boshqarmasining Navbatchi qismida yuritiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’grisidagi materiallar hamda ularning nusxalarining harakatini hisobga olish (4-shakl) kitobi Davlat soliq boshqarmasi va xududiy davlat soliq inspeksiyalarining Soliq tekshiruvlari va Jismoniy shaxslarga soliq solish bo’limlarida hamda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo’limida yuritiladi.

1.DSQ Ma’muriy amaliyot bo’limining faoliyatini tashkil etish.
Ma’muriy amaliyot bo’limlarining shtat jadvali DSQ raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Bo’lim faoliyatini boshliq boshqarali va uning lavozimi DSQ nomeklaturasiga kiradi.
Bo’limning barcha xodimlari DSQ raisi o’rinbosari bilan kelishilgan holda bo’lim boshlig’ining tavsiyasiga ko’ra lavozimga tayinlanadi.
Bo’lim (shu’ba) boshlig’i zimmasiga ma’muriy amaliyot ishlarini tashkil qilish bo’yicha quyidagi vazifalar yuklatilgan:
  • bo’lim faoliyatini tashkil qiladi va boshqaradi hamda yuklatilgan vazifalarni bajarilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi ;


  • bo’lim Nizomini, ish rejalarini, vazifalar taqsimoti va boshqa me’yoriy hujjatlarni tayyorlaydi, ularni amaldagi qonun va normativ aktlar talablariga mos kelishini ta’minlaydi;


  • vakolat doirasida bo’lim xodimlariga topshiriq va ko’rsatmalar beradi hamda ularni ijrosini nazorat qiladi;


  • xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish yoki intizomiy jazo choralarini ko’rish bo’yicha tavsiyalar beradi.


Bo’limga yuridik ixtisos bo’yicha oliy ma’lumotli, rahbarlik lavozimiga tayinlashda kamida 5 yil, inspektorliik lavozimiga esa kamida 3 yil o’z mutaxassisligi bo’yicha ish stajiga ega bo’lgan shaxslar tayinlanadi.


Bo’lim o’z faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalaridan kelib chiqqan holda, vakolat doirasida DSQ ning boshqa tuzilmalari bilan hamkorlikda va muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshiradi.
Taaluqlilik buyicha DSQ ning boshqarma va bo’limlari bilan axborot, hisobot va ma’lumotlar bilan almashadi, hamkorlikda yo’riqnoma, ko’rsatma va boshqa me’yoriy hujjatlar loyixalarini tayyorlaydi, ma’muriy amaliyotning tahlilil asosida tekshiruv hujjatlarni rasmiylashtirish va ro’yxatga olish borasida takliflar beradi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin