2.Ma’muriy amaliyotni tashkil etish sho’basi xodimlarining asosiy ish faoliyati. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarining Ma’muriy amaliyot sho’balari boshliqlari (inspektorlari):
- ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi hujjatlarni kompyuter dasturiy mahsulida hisobga oladi;
- ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi hujjatlarni hisobga olish bilan birga davlat soliq xizmati organining vakolatli mansabdor shaxs(lar)i tomonidan ma’muriy bayonnoma va boshqa protsessual hujjatlarning tuzilishi qonunga muvofiqligini bir sutkadan oshmagan muddatda o’rganib chiqadi.
Hujjatlar to’liq rasmiylashtirilmagan yoki unda huquqbuzarlik holatini tasdiqlovchi asosli dalillar mavjud bo’lmasa, hujjatlarni kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni rasmiylishtirgan xodimga yozma bildirgi orqali qaytaradi;
- “Ma’muriy amaliyotni hisobga olish” dasturiy mahsuli yordamida shaxsning muqaddam ma’muriy javabgarlikka tortilgan-tortilmaganligini tekshiradi;
- soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilayotganda bevosita ishtirok etadi;
- davlat soliq inspeksiyasida ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi hujjatlarning harakatini tashkil qiladi;
- davlat soliq inspeksiyasi tomonidan huquqbuzarga nisbatan qo’llanilayotgan choralar to’g’ri va asosli ekanligini muntazam nazorat qiladi;
- davlat soliq xizmati organining tekshirish va nazorat qilish qonun hujjati bilan zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxs(lar)i tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi hujjatlar belgilangan muddatda hisobga olish hamda o’rganib chiqish uchun, shuningdek kamchiliklari bartaraf etish uchun qaytarilgan hujjatlar bir sutka ichida ma’muriy amaliyot sho’basiga taqdim etilmagan taqdirda, qayd etilgan kamchilikni bartaraf etish va mas’ul xodimlarning javobgarligini ko’rib chiqish haqida davlat soliq xizmati organi rahbariga bildirgi kiritadi;
- davlat soliq xizmati organlari tomonidan sud va boshqa vakolati doirasida ko’rib chiquvchi idoralar (mansabdor shaxslar)ga ma’muriy ishlarni qonunda ko’rsatilgan muddatda yuborilishini ta’minlaydi va nazoratini olib boradi;
- jinoyat alomatlari mavjud hujjatlarni belgilangan muddatda prokuratura, surishtiruv va tergov organlariga yuborilishi ustidan nazoratni hamda hisobini olib boradi;
- jarima belgilash to’g’risidagi qarorlar o’z vaqtida va to’g’ri ijro etilishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’radi;
- huquqbuzarlarga nisbatan ta’sir etish choralarini qo’llash, shuningdek ma’muriy hujjatlarni sifatli tuzish masalalari yuzasidan davlat soliq inspeksiyasi xodimlariga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatadi;
- davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy amaliyotga oid faoliyatini har oyda umumlashtiradi, huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish to’g’risida inspeksiya rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- “Ma’muriy amaliyotni hisobga olish” dasturiy mahsulini belgilangan tartibda yuritadi.
- davlat soliq xizmati organi shaxsiy tarkibining kasb malakasi saviyasini oshirish maqsadida huquqbuzarlarga nisbatan hujjatlarni rasmiylashtirish, ta’sir choralarini qo’llash masalalari yuzasidan kasbiy o’quv mashg’ulotlar o’tkazadi;
- hujjatlarni rasmiylashtirish va ma’muriy ta’sir choralarini qo’llash chog’ida davlat soliq inspeksiyasi xodimlari sodir etgan nojo’ya hatti-harakatlar ustidan fuqarolardan tushgan shikoyat va arizalarni ko’rib chiqadi, ular yuzasidan ma’lumotnoma va xulosalar tayyorlaydi;
- har oylik va choraklik ish yakuni bo’yicha ma’muriy amaliyot sohasiga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni jamlab, davlat soliq qo’mitasi belgilagan tartib va muddatlarda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarining Ma’muriy amaliyot bo’limiga taqdim etadi;
- davlat soliq inspeksiyasida ko’rib chiqilgan ma’muriy ishlar yig’ma jildi, shuningdek sud va boshqa vakolatli organlarga yuborilgan ma’muriy ishlar, hujjatlar yuzasidan yuritilgan kuzatuv yig’ma jildlarini belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlaydi.