NAZORAT SAVOLLARI:
Soliq to’lovchilar qanday huquqlarga ega?
Soliq to’lovchilarning majburiyatlari nimalardan iborat?
Davlat soliq xizmati organlari qanday vakolatlarga ega?
Davlat soliq xizmati organlari qanday majburiyatlarga ega?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
O’zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasi;
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks;
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;
O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi №475-I sonli 1997 yil 29 avgustdagi Qonuni;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 maydagi 98-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori.
12- MAVZU: MA’MURIY HUQUQBUZARLIK ALOMATLARI MAVJUDLIGI ANIQLANGANDA MANSABDOR SHAXSLARGA NISBATAN MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO’G’RISIDA HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH.
REJA:
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qo’llash.
Soliq tekshiruvlari chog’ida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qo’llash.
Ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlanganda mansabdor shaxslarga nisbatan ta’sir chorasini qo’llash.
Tayanch so’z va iboralar: xo’jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyatlarni bajarish, tekshirish, ma’muriy chora ko’rish.
Mulk shaklidan qat’iy nazar korxona, muassasa, tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan shaxs, basharti unga rahbarlik, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog’liq bo’lgan vazifalar yuklatilgan bo’lsa, mansabdor shaxs deb hisoblanadi.
Mansabdor shaxslar o’z xizmat vazifalariga kiradigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi bilan bog’liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |