MAʼMURIY HUQUQ
Maʼmuriy huquq – huquq sohasi. Davlatni idora etish jarayonida, yaʼni ijro va farmoyish faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar majmuini oʻz ichiga oladi. Boshqaruv faoliyati turlarining xilma-xilligi Maʼmuriy huquqning keng koʻlamli va koʻp tarmoqliligini taqozo etuvchi asosiy omildir. Maʼmuriy huquq meʼyorlari barcha ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatini aniqlaydi hamda davlat boshqaruv organlarini tuzish, ularni qayta tashkil qilish va tugatish tartibini belgilab beradi. Ular fukarolarning davlat boshqaruv sohasidagi huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi, ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati va mansabdor shaxslarning xulq-atvoriga yagona qonunqoidalarni belgilab beradi, maʼmurii huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va uni qoʻllash tartibini koʻrib chiqadi.
Maʼmuriy huquq meʼyorlari turli maʼmuriyhuquqiy munosabatlarning katnashchilari orasida yuzaga kelayotgan maʼmuriyhuquqiy munosabatlar doirasida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasida respublika Prezidenti, barcha darajadagi davlat boshqaruv organlari, davlat xizmatchilari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jismoniy shaxslar (UzR fuqarolari, chet mamlakatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar) maʼmuriyhuquqiy munosabatlarning qatnashchilari jumlasiga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquq tizimi umumiy va maxsus qismlardan iborat. Umumiy qism meʼyorlari davlat boshqaruvining asosiy tomoyillarini, Maʼmuriy huquq subʼyektlarining huquqiy holatini, davlat xizmati asoslarini boshqaruvining huquqiy shakllari va usullarini davlat boshqaruv tizimidagi qonuniylik va institutizomni taʼminlash usullari va tartibini mustahkamlaydi. Maxsus kiyim esa davlat boshqaruvining turli tarmoqlari va sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarning oʻziga xos jihatlarini aks ettiruvchi meʼyorlarga bagʻishlangan. Unda iqtisodiy, ijtimoiymadaniy hamda maʼmuriysiyosiy faoliyat sohasidagi boshqaruvni yoʻlga solish meʼyorlari yoritib berilgan. Tarmoqlararo davlat boshqaruvini tartibga soluvchi meʼyorlar ham shular jumlasiga kiradi.
Turli davlat organlari tomonidan chiqariladigan meʼyoriyhuquqiy aktlar Maʼmuriy huquqni bayon qilish shakli, uning manbalari boʻlib xizmat qiladi. UzR Konstitutsiyasidagi mavjud meʼyorlarning aksariyat qismi bevosita maʼmuriyhuquqiy yoʻnalishga ega boʻlgan eng muhim meʼyorlar jumlasidandir. Bular, mas, ijro etuvchi hokimiyat organlarining shakllanish va faoliyat koʻrsatish asoslarini belgilab beruvchi hamda fuqarolarning davlat boshqaruv tizimidagi huquq va erkinliklarini mustahkamlovchi konstituiiyaviy meʼyorlar sanaladi. Maʼmuriy huquq asosiy meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim, mudofaa, joylardagi davlat hokimiyati, sanitariya nazorati va boshqa toʻgʻrisidagi qonunlarida oʻz ifodasini topgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshkaruv organlarini tuzish, ularni qayta tashkil qilish va tugatish toʻgʻrisidagi, shuningdek, boshqaruv tizimlarini iqtisodiy, ijtimoiymadaniy, maʼmuriysiyosiy qurilish va h. k. sohalaridagi, turli tarmoqlarni takomillashtirish toʻgʻrisidagi koʻplab qarorlari Maʼmuriy huquq manbalari boʻlib xizmat qiladi.
Davlat boshqaruvini tartibga solish ishi OʻzR hukumatining , tarmoq va tarmoqlararo davlat boshqaruv organlarining , shuningdek, joylardagi vakolatli va ijro etuvchi organlarning meʼyoriyhuquqiy aktlari bilan amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruv organlarining huquqiy maqomini belgilab beruvchi aktlarni qabul qiladi, Maʼmuriy huquq manbalari hisoblanadigan turli xil krnunkridalarni tasdiklaydi. Maʼmuriy huquq manbalari katoriga, jumladan, qarorlar, buyruqlar, tarmoq va tarmoqlararo boshqaruv organlari (vazirliklar, mahkamalar, davlat qoʻmitalari, respublika agentliklari)ning turli xil yoʻriqnomaviy materiallari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi.
Mustaqillik yillarida Maʼmuriy huquq meʼyorlari ancha yangilandi. Chunki, davlatning iqtisodiy funksiyalari, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi va ular faoliyatidagi asoslilik, omilkorlik singari jihatlar ham tubdan oʻzgardi. Markazlashmagan tizimga oʻtish va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlmagan qator vakolatlarning markaziy organlardan quyi boʻgʻinlarga oʻtkazilishi jarayoni roʻy bermoqda.
Maʼmuriy huquqning ijro etuvchi hokimiyat tuzilishini tokomillashtirishda, davlat xizmatining huquqiy asoslarini vujudga keltirishda, bozor iqtisodi-yotini tartibga solishda, fuqarolar va tadbirkorlik tizimlari qonuniy huquklari va manfaatlarining qatʼiy himoya ostiga olinishini taʼminlashda ahamiyati katta.
Maʼmuriy huquq meʼyorlarini takomillashtirish jarayoni ijro etuvchi hokimiyat organlarida 2 yoʻnalishda ketmoqda. Vir tomondan, ijro etuvchi hokimiyatning markaziy va mahalliy organlari orasidagi vakolatlarni chegaralash yoʻli bilan, ikkinchi tomondan esa — bajaradigan vazifasiga kura bir xil tipdagi davlat boshqaruv organlarining HUQUQIY maqomini belgilashda bir xillikni taʼminlash hamda davlat va ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi boshqaruv darajasini yuksaltirish yoʻli bilan ushbu jarayon amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy munosabatlarni boshqarib borishning bozor mexanizmiga oʻtish sharoitida Maʼmuriy huquq meʼyorlari yangi iqtisodiy boshqaruv omillarining joriy etilishini nazarda tutadi (li-senziyalash, kvota belgilash, soliq solish va undirish). Bozor iqtisodiyotining maʼmuriyhuquqiy taʼminlanishi iqtisodiy va ijtimoiy sohalar rivojini prognozlash va dasturiy rahbarlik qilish, Oʻzbekistonning ilmiytexnikaviy salohiyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda davlat mulkini samarali boshqarish va tadbirkorlikni ragʻbatlantirishga doyr tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan.
MA’MURIY-HUQUQIY MAJBURLOV l-§. Majburlov tushunchasi Majburlov — bu bo'ysinuvchi subyektning irodasini rad etish va uning xulq-atvoriga tashqi ta’sir ko'rsatish hisoblanadi. O'matilgan tartibning (ko'rsatmaning) bajarilmaganligi sababli, hokimiyat subyektining irodasi buziladi. Hokimiyat subyekti irodasini qayta tiklash va bo'ysinuvga erishish maqsadida, ikkinchi subyektning irodasiga — axloqiy, mulkiy, tashkiliy, jismoniy ta’sir ko'rsatiladi. Majburlov orqali — huquq tartibot, mulkchilik, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari va manfaatlari, ommaviy hokimiyatning normal faoliyat yuritishi ta ’minlanadi. Majburlov — hokimiyatni amalga oshirishning asosiy uslubidir. Jamiyatda majburlovning turli ko'rinishlari mavjud bo'lib, ta’sir etish obyektiga qarab: ruhiy, moddiy, tashkiliy va jismoniy ta’sir etishga bo'linadi. Masalan, shaxsga, uning mulkiga qaratilgan ta’sir etish — jismoniy, ishdan bo'shatish, huquqdan mahrum etish, tashkilotni tugatish — tashkiliy ta’sir etish hisoblanadi. Lekin majburlovning bunday turlarga bo'linishi shartlidir. Majburlov choralari huquqning individual subyektlariga ham, jamoa subyektlariga ham qo'llanilishi mumkin. Majburlov choralarini yurdik tabiatiga ko ra qonuniy va qonunga zid choralarga bo'lish mumkin. Qonuniy majburlov choralari — vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qonunga zid majburlov, masalan, boshqa davlatlarning agressivasi, o'zga hududni bosib olishi, tashqi tazyiq va boshqalarda namoyon bo'lishi mumkin. Mamlakat ichida esa hokimiyat tuzilmalarining mansab suiiste’molliklari, vakolat doirasidan chetga chiqish, mansabdor shaxslaming xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashida ifodalanishi mumkin. Majburlov choralari, huquqshunoslami, birinchi navbatda huquq tartibotni ta’minlash va davlat faoliyatining ma’lum bir uslubi sifatida qiziqtiradi. Huquqshunoslik fani huquqiy normalar asosida qo'llaniladigan hamda ommaviy hokimiyat ko'rsatmalariga rioya etilishiga olib keladigan huquqiy majburlovm o'rganadi. Huquqiy majburlov: — birinchidan — insonlaming qonunga zid, jamiyat uchun zararli bo ‘Igan xulq-atvoriga nisbatan davlat organlarining ta 'siri sifatida namoyon bo'ladi. Majburlov choralari — huquqiy aktlarda ifodalangan iroda bilan uni buzgan shaxsning individual irodasi o'rtasidagi qarama-qarshilikka asoslanadi. Agar qonun talablarini buzadigan harakatlar sodir etilmasa, majburlov choralari ham mavjud bo'lmaydi. Aynan shu yerda huquqiy normaning chegarasi namoyon bo'ladi. Shtatning qisqarishi munosabati bilan ishdan bo'shatish, ijtimoiy ehtiyojlar uchun yerni olib qo'yish, sog'lig'ini yo'qotgan shaxsni avtomobil transportini boshqarish huquqidan mahrum etish, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish erkinligini cheklash va h.k.lar insonlaiga salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga qaramasdan, majburlov choralari hisoblanmaydi. Har qanday «noxush» oqibat ham, yuridik aktlarda ifodalangan bo'lishidan va shaxslaming ongli harakatlaridan kelib chiqqanligidan qat’i nazar, majburlov chorasi hisoblanmaydi. — ikkinchidan — qonun normalari talablarini buzgan huquqning aniq subyektiga nisbatan qo'llaniladi. Bu — subyektning xulq-atvoriga tashqi ta’sir ko'rsatish bo'lib, huquqiy ko'rsatmalarni bajarishga majbur qiladi. yangi huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo'l qo'ymaydi, aybdomi va o'rab tuigan muhitni tarbiyalashga xizmat qiladi. — uchinchidan — yurisdiksiyaviy, huquqni qo ‘llash aktlari orqali amalga oshiriladi. S.S.Alekseevning ko'rsatishicha, huquqiy normalarning o'zi, faqatgina majburlov imkoniyatini nazarda tutadi. Haqiqatda esa huquqiy tartibga solishning hokimiyat-majburlov xususiyati — hu% quqni qo'llash. aktlarida ifodalanadi.1 — to'rtinchidan, huquq asosida qo'llaniladi. Huquqiy normalar — qanday choralar, qanaqa sharoitlarda, kim tomonidan va qanday tartibda amalga oshirilishini belgilab beradi. Qonunchilik hujjatlari bilan hokimiyat organlari tomonidan qo'llaniladigan majburlov choralarining asoslari va xususiyatlari o'matiladi. Qonuniy asoslar mavjud bo'lganda qanday majburlov choralari va qanday tartibda qo'llanilishi normativ tartibda o'matiladi. Majburlov choralarini qo'llash jarayonini, majberlov subyektlari doirasi va ulaming kompetensiyasini huquqiy tartibga solish katta ahamiyatga ega. Majburlov ta’sirini ko'rsatish jarayoni huquq bilan o'm atiladi hamda fuqarolar va tashkilotlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning muhim kafolatlarini shakllantiradi. Har qanday majburlov chorasini — huquq normasi bilan ruxsat etilgan shaxsning maqomini o'zgartirish ma’nosida tushunish lozim. Vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar, faqatgina huquqiy doirada, majburlov choralarini qo'llash huquqiga ega bo'ladi. — beshincftidan, huquqiy majburlovni tartibga solishda davlat «monopoliyasi» mavjud. Davlat qaysi organlar tomonidan, qanday tartibda va qanday majburlov choralarini qo'llashini tartibga soluvchi huquqiy aktlarni qabul qilish vakolatiga ega. Majburlovning maxsus apparatiga ega bo'lgan davlatgina, fuqarolarga va tashkilotlarga nisbatan majburlov choralarini qo'llashi mumkin. Davlatning huquqiy normalari asosida fuqarolar va nodavlat tashkilotlariga o'zini himoya qilish huquqi beriladi, shuningdek, mahalliy va xususiy tashkilotlarga — intizomiy majburlovni qo'llash huquqi beriladi. Rossiya Federatsiyasida davlatning majburlov choralarini qo'llash huquqi, masalan ma'muriy-huquqiy majburlovning ayrim choralari, mahalliy tashkilotlarga (xalq drujinachilari) va ba’zi bir jamoat tashkilotlariga (jamoat inspeksiyalari) berilishi mumkin.1 Nodavlat tashkilotlari va fuqarolar qonun hujjatlarida belgi- - langan tartibda, davlat ko'rsatmasiga binoan va davlatning bevosita nazorati ostida majburlov choralarini qo'llashlari mumkin. Demak, huquqiy majburlov — huquq tartibotni ta’minlashning asosiy uslublaridan biri bo'lib, qonunda belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan huquqqa xilof xatti-harakatni sodir etgan huquqning aniq bir subyektiga qo'llaniladi. Huquqiy majburlovning turli choralarga va ko'pgina o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi sababli, ularni turli asoslarga ko'ra tasniflash mumkin. Masalan, birinchi navbatda, ular sud va suddan tashqari qo'llaniladigan majburlov choralariga bo'linadi. Majburlov choralarini o'm atuvchi huquq tarmoqlariga ko'ra, ular davlat, fuqarolik, jinoyat, jinoyat-protsessual, mehnat va ma’ muriy majburlovga bo'linadi. Ma’muriy-huquqiy majburlov mazmuni va xususiyatlari Ma’muriy huquq normalari — boshqaruv jarayonida huquqiy tartibotni ta’minlash maqsadida, keng doiradagi majburlov ta ’siri choralarini mustahkamlaydi. Shuni alohida ta’kidlab o'tish lozimki, mazkur majburlov choralari nafaqat ma’muriy-huquqiy normalami, balki amalga oshirilishi ijro hokimiyati subyektlari tomonidan ta’minlanadigan fuqarolik, mehnat, yer va boshqa huquq tarmoqlarining normalarini ham muhofaza qiladi. Yuridik adabiyotlarda «та ’muriy-huquqiy majburlov» va «та - muriy huquq normalari bilan o'rnatiladigan majburlov choralari» tushunchalari farqlanadi. Ma’muriy qonunchilik2 — ma’muriyhuquqiy, intizomiy-huquqiy, ijtimoiy-huquqiy majburlov choralarini o'matadi. Ma’muriy-huquqiy majburlov to'la hajmda, intizomiy majburlov choralari esa, qisman ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari, ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solinadigan intizomiy majburlov choralarini va intizomiy javobgarlik choralarini farqlash mumkin. Huquq nazariyasiga binoan, javobgarlik — davlat majburlovining ko'rinishi, javobgarlik choralari esa, majburlov choralarining alohida turi hisoblanadi. Demak, ma’muriy-huquqiy majburlovning tarkibiy qismini m a’muriy javobgarlik, intizomiy majburlovning tarkibiy qismini intizomiy va moddiy javobgarlik tashkil etadi. Umuman olganda, ma’muriy huquq boyicha javobgarlik — ma’muriy huquq boyicha majburlovning bir qismidir. Yu.M.Kozlovning ko'rsatib o'tishicha, ma’muriy majburlov — asosiy maqsad emas, balki davlat majburlovining bir ko'rinishi bo'lib, undan huquqiy tartibotni himoya qilish va ta’minlashning oxirgi vositasi sifatida foydalaniladi. M a’muriy majburlov choralaridan — huquqbuzarliklarni ogohlantirish va cheklash, m a’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko'rib chiqishni, shuningdek, tegishli ravishda jamoat tartibi va xavfsizligini ta ’minlash vositasi sifatida foydalaniladi. Keng ma’noda, m a’muriy majburlash — m a’muriyhuquqiy normalarda ifodalangan xulq-atvor qoidalarining ijro etilishini ta’minlaydi. M a’muriy majburlov, odatda, suddan tashqari qo'llaniladigan choralar bo'lib, ijro hokimiyati organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan ulaming kundalik faoliyati jarayonida qo'llaniladi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, ular sud organlari tomonidan ham qo'llaniladi.1 Ijro hokimiyati organlari turli majburlov choralarini qo'llashda ishtirok etadilar. Ular o'z faoliyatlarini amalga oshirishda m a’muriy va intizomiy majburlov vositalaridan foydalanadilar. Ayrim hollarda, ijro hokimiyati organlari jinoiy-protsessual majburlov vositalaridan ham foydalanishlari mumkin. Masalan, ichki ishlar organlari yoki xavfsizlik xizmati organlari jinoiy ishlami qo'zg'atib, dastlabki tergov harakatlarini olib boradilar va jinoiy-protsessual majburlov choralarini qo'llaydilar. Ma’muriy-huquqiy majburlov choralari barcha ijro hokimiyati organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan emas, balki qonun va qonunosti hujjatlari bilan belgilangan vakolatli davlat organlari (mansabdor shaxslari) tomonidan qo'llaniladi. M a’muriy-huquqiy majburlov ijro hokimiyati organlarining umumiy tizimiga kiruvchi huquqni muhofaza qilish organlarining funksiyasi hisoblanadi. Masalan, bunga ma’muriy-nazorat vakolatlariga ega bo'lgan barcha organlar kiradi. M a’muriy-huquqiy majburlov — umummajburiy xulq-atvor qoidalarini nazarda tutuvchi ma’muriy-huquqiy normalarga (masalan, harakatlanish xavfsizligi qoidalari, tabiatni muhofaza qilish qoidalari) rioya etilishini ta’minlash maqsadida qo'llaniladi. M a’muriy-huquqiy majburlov — ma’muriy hokimiyatni amalga oshirish bo'lib, unda ijro hokimiyatini, davlat-boshqaruv faoliyati subyektlari yuridik hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishning vositalari namoyon bo'ladi. Ijro hokimiyati organlari (mansabdor shaxslar)ning vakolatlari doirasida ma’muriy-huquqiy majburlov vositalarining mavjudligi, boshqaruv ta’sirining faqatgina majburlashga asoslanganligini anglatmaydi. Bu choralar yordamida ma’lum bir holatlarda (tabiiy ofatlar, favqulodda holatlarda) ijtimoiy hayotning normal sharoitlari ta ’minlanadi; ular huquqni muhofaza qilish, ya’ni ijobiy (pozitiv) maqsadlarga xizmat qiladi va ayrim hollarda, jazo chorasi sifatida (majburlovning asl m a’nosida) qo'llaniladi. Ma’muriy majburlov, X.R.Alimovning fikricha, insonlaming ongiga va xulq-atvoriga ruhiy yoki jismoniy ta’sir ko'rsatish uslubi bo'lib, davlat boshqamvi sohasida aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish, ma’muriy huquqbuzarliklarni ogohlantirish va cheklash maqsadida qo'llaniladi. Ma’muriy majburlov: a) odatda, davlat boshqaruvi organlari tomonidan qo'llaniladi; ayrim hollarda, sudya, vakillik organlari, shuningdek, jamoat birlashmalari tomonidan qo'llanilishi mumkin; b) huquqni qo'llash organi bilan xizmat bo'ysinuvida bo'lmagan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi; d) ularni qo'llovchi organlar doirasining kengligi; e) insonlarni huquqiy tartibotga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash singari umumiy maqsadga qaratilgan — huquqbuzarlarni jazolash, huquqbuzarliklarni ogohlantirish va cheklash maqsadida qo'llaniladi; f) shaxslaming huquqlarini cheklashga qaratiladi; g) o'matilgan tartibga qarshi qaratilgan harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi; h) protsessual tartibga ega; i) ulami qo'llash jinoyatchilikni oldini olishga xizmat qiladi; j) aksariyat hollarda, huquqbuzarlarga nisbatan, ayrim hollarda esa bunday xatti-harakatni sodir etmagan shaxslarga nisbatan (masalan, favqulodda hollatlarda, huquqbuzarlik sodir etilishini ogohlantirishda) qo'llanilishi mumkin; k) ular boshqaruv faoliyatining barcha subyektlari emas, balki qonun hujjatlari bilan maxsus vakolat berilgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.1 Yuridik adabiyotlarda, boshqaruv faoliyati subyektlari tom onidan qo'llaniladigan ma’muriy-huquqiy majburlov «ma ’muriy maj burlov» deb ko‘rsatiladi. Lekin bu ikkala termin nomlanishi jihatidan biri-biriga o'xshab ketsa ham aynan bir narsaning o'zi emas. Chunki m a’muriy majburlov ma’muriy-huquqiy majburlovga qaraganda kengroq tushuncha bo'lib, huquqqa zid ko'rinishida (masalan, o'zboshimchalik, tazyiq) ham bo'lishi mumkin. Shu sababli, ma’muriy huquqning yoki boshqaruv faoliyatining asosiy uslubi to'g'risida gapirganda, aynan huquqiy majburlovni nazarda tutish lozim. M a’muriy-huquqiy majburlov — huquqiy majburlovning bir turi bo'lib, barcha umumiy xususiyatlar (huquqni qo'llash faoliyati sifatida namoyon bo'lishi, huquqiy tartibotni ta’minlashi, muhofaza qilinadigan huquqiy munosabatlar doirasida amalga oshirilishi va h.k.lar)ga ega. Shu bilan bir vaqtda, uning sifat jihatlarini belgilab beruvchi о ‘ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir. Jumladan: 1) ma’muriy-huquqiy majburlov choralari — ma’m uriy-huquqiy vositalar bilan himoya qilinadigan normalarning buzilishiga olib keladigan va jamiyatda o'matilgan tartibga qarshi qaratilgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) uchun qo'llaniladi; 2) ma’muriy-huquqiy majburlov — xizmat bo'ysinuvi dorasidan tashqarida, ya’ni ushbu huquqiy munosabatlar ishtirokchilari o'rtasida tashkiliy bo'ysiniivning mavjud bo'lmaganida, amalga oshiriladi; 3) m a’muriy • yurisdiksiyaning (ma’muriy-huquqiy majburlovning) ko'pgina subyektlar tomonidan amalga oshirilishi; 4) m a’muriy-huquqiy majburlov nafaqat jismoniy shaxslarga, balki tashkilotlar va jamoa subyektlariga nisbatan ham qo'llanilishi mumkin; 5) m a’muriy-huquqiy majburlov — ma’muriy huquq normalari bilan har tomonlama tartibga solinadi. M a’muriy huquq normalari ma’muriy-huquqiy majburlov choralarining turlarini, asoslarini va ularni qo'llash tartibini belgilab beradi. Demak, ma’muriy-huquqiy majburlov — bu huquqiy majburlovning alohida turi boiib, huquqqa xilof qilmishga nisbatan ommaviy hokimiyat subyektlari tomonidan ma’muriy huquq normalarida nazarda tutilgan majburlov choralarining qo'llanilishidir. M a’muriy-huquqiy majburlov — huquqiy tartibotni himoya qilishda, shuningdek, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda katta ahamiyatga egadir. Bu shu bilan izohlanadiki, ichki ishlar oiganlari, davlat inspeksiyalari va boshqa ijro hokimiyati subyektlari tegishli tartib va qoidalarga rioya etilishi ustidan doimo nazoratni olib borib, ulaming har qanday buzilishiga darhol ta’sir ko'rsatishlari mumkin. M a’muriy-huquqiy majburlov — jamiyat tartibiga tajovuz qiluvchi qilmishni to'xtatish va unga barham berishni, ijtimoiy xavfli oqibatlaming kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslikni nazarda tutuvchi ko'pgina cheklov (ehtiyot) vositalarini ham o'z ichiga oladi. M a’muriy-huquqiy majburlov vositalarining aksariyat hollarda, birinchi marotaba huquqbuzarlikni sodir etgan va bunday qilmishning jamiyat tartibiga qarshi qaratilganligini anglamagan fuqarolarga nisbatan qoilanilganligi sababli, ularning jinoyatlami oldini olishdagi tarbiyaviy ahamiyati juda yuqoridir.
Dostları ilə paylaş: |