Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar Reja



Yüklə 26,86 Kb.
səhifə1/3
tarix07.06.2023
ölçüsü26,86 Kb.
#126210
  1   2   3
Ma\'muriy huquq A.Quvonch.



Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar
Reja:

  1. Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar

  2. M a’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs

  3. M a’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish

  4. Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish va protest bildirishi

Annotatsiya: Mustaqil ishimda ma’muriy huquqbuzarlik natijasida javobgarlikka tortishda qatnashuvchi shaxslar haqida ma’lumot berishga harakat qilaman. Ularning javobgarlikka tortishda qatnashish jarayonidagi huquq va majburiyatlari shu bilan birgalikda ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi va qoidalari, kerakli vositalar va shu jarayinda huquqiy mamba sifatida qo’llanilishi mumkin bo’lgan huquqiy adabiyotlar bilan qisqacha tanishtiraman va ma’lumot beraman. Undan tashqari mavzu yuzasidan savol va test topshriqlari ham o’rin egallagan.
"Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar"
Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda — ma’muriy javobgarlikki tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat, guvoh, ekspert, taijimon va boshqalar ishtirok etadi. M a’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs — ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o'z iltimosini bayon etishga, ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Mazkur shaxsga ishni ko'rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi to'g'risida ma’lumotlar bo'lgan va undan ishni ko'rib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan hollardagina ish uning ishtirokisiz ko'rib chiqilishi mumkin.Basharti sodir etgan huquqbuzarligi uchun ushbu Kodeksda ma’muriy qamoqqa olish, ashyolarini musodara qilish yoki haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish choralarini qo'llash nazarda tutilgan bo'lsa, ma’muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vaqtida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning qatnashishi shart. Mazkur shaxs bunday ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishda qatnashishdan bo'yin tovlagani taqdirda u ma'muriy ishlar bo'yicha sudyaning ajrimiga binoan ichki ishlar (militsiya) oigani tomonidan majburan olib kelinishi mumkin.
Eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulot O'zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi bilan bog'liq bo'lib, musodara chorasi qo'llanilishi mumkin bo'lgan ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi ish bojxona organi tomonidan alohida hollarda, agar ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo'lsa yoki uning qayerdaligini aniqlashning iloji bo'lmasa, ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokisiz ko'rib chiqiladi.Ma’muriy huquqbuzarlik yo'li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxs — jabrlanuvchi deb topiladi. Jabrlanuvchi ishga oid hamma materiallar bilan tanishib chiqishga, ko'rsatmalar berishga, dalillar keltirishga, iltimoslar qilishga, ishni ko'rib chiqish paytida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o'z ona tilida so'zlashga va taijimon xizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.Voyaga yetmagan yoki o'zining jismoniy nuqsonlari yoxud ruhiy kasalliklari sababli ma’muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar yuzasidan o'z huquqini o'zi amalga oshirolmaydigan — ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yoki jabrlanuvchining manfaatlarini ular uchun mazkur shaxslaming qonuniy vakillari (ota-onalari, er yoki xotinlari, voyaga yetgan bolalari, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar) ifodalashga haqlidirlar. Qonuniy vakillar ish materiallari bilan tanishishga va manfaatlarini o‘zlari ifoda etayotgan shaxs nomidan iltimoslar qilishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidirlar.Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko'rib chiqishda shu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni ushlab turish paytidan boshlab advokat qatnashishi mumkin. Advokat ishga oid materiallar bilan tanishib chiqishga, uni taklif qilgan shaxsning topshirig‘iga binoan va uning nomidan iltimoslar qilishga va ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha aniqlanishi kerak boigan biron bir holatdan voqif boiishi mumkin boigan har qanday shaxs shu ish yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan guvoh ko‘rsatilgan vaqtda kelishi, haqqoniy ko‘rsatuvlar berishi, shu ish xususida o'ziga ma’lum boigan hamma narsalami aytib berishi va qo'yilgan savollarga javob berishi shart.
Ekspert — ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan maxsus tushunchaga ega bo'lish zarurati tug'ilgan hollarda tayinlanadi. Ekspert ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqirig'i bo'yicha kelishi va o'z oldiga qo'yilgan savollar yuzasidan xolis xulosalar berishi shart. Ekspert ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishib chiqishga, xulosa berish uchun iltimoslar qilishga, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga, jabrlamivchiga, guvohlarga ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) ruxsati bilan ekspertiza predmetiga oid boigan savollami berishga, ishni ko'rib chiqish vaqtida qatnashishga haqlidir.
Tarjimon — ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan tayinlanadi. Tarjimon mazkur organning (mansabdor shaxsning) chaqirig'iga binoan kelishi, o'ziga topshirilgan tarjimani to'la-to'kis hamda aniq bajarishi shart.O'zR MJtKning 301-moddasiga binoan jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va taqimonlar ma’muriy huquqbuzarlik to'g'­risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) huzuriga kelishlari munosabati bilan ulaming qilgan xarajatlari belgilangan tartibda qoplanadi. Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlar sifatida chaqirilgan shaxslaming ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) huzuriga kelishlari munosabati bilan ular ishda boMmagan vaqtda o ‘z ish joyidagi maoshi belgilangan tartibda saqlanadi.
Ekspert va tarjimon xizmat topshirig’i tartibida bajarilgan hollardan tashqari, o'zining vazifalarini bajarganligi uchun mukofotlanish huquqiga egadir. Ma’muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganlik natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqqan organning (mansabdor shaxsning) aybidan qat’i nazar davlat tomonidan to'liq hajmda to'lanadi. Zarami qoplash huquqi ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish tugatilgan taqdirdagina vujudga keladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) fuqaroga buzilgan huquqlarini tiklash tartibini tushuntirib berishi va ma’muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganligi natijasida fuqaroga yetkazilgan zararni qoplash uchun qonunda nazarda tutilgan choralarni ko'rishi shart.

Yüklə 26,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin