Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar


Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish va protest bildirish



Yüklə 98,82 Kb.
səhifə3/3
tarix01.04.2023
ölçüsü98,82 Kb.
#92408
1   2   3
Aloviddinov Mironshoh

Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish va protest bildirish. O'zbekiston Respublikasi mamuriy javobgarlik to'g'risidagi ko­ deksining 314-moddasiga binoan, mamuriy huquqbuzarlik to'g'­ risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek, ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan shikoyat berilishi mumkin. Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki mamuriy ishlar bo'yicha tuman (shahar) sudyasiga. sudyaning mamuriy ishlar bo'yicha qarori ustidan esa — tuman (shah^) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga shikoyat berilishi mumkin. Xo'jalik sudining mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarori ustidan O'zbekiston Respublikasi Xo'jalik-prot- sessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi. Shikoyat mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) orqali yoki bevosita shikoyat yo'llangan sudga yuboriladi. Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qaror chi­ qargan organ (mansabdor shaxs) shikoyatni olgach, uni uch sutka ichida ish bilan birga ushbu moddaga muvofiq shikoyatni ko'rib chiqish huquqiga ega bo'lgan organga (mansabdor shaxsga) yubo­ radi. Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji to'lashdan ozod etiladi.
Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shu qarorning nusxasini olgan kundan boshlab o'n lain ichida shikoyat berilishi mumkin. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan o'tkazilib yuborilgan taqdirda, bu muddat shikoyatni ko'rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Prokuror mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan: 1) tuman (shahar) sudining mamuriy ishlar bo'yicha sudyasi qarori ustidan — tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori. turuvchi sudga; 2) boshqa organ (mansabdor shaxs) qarori ustidan — qaror chi­ qargan organga (mansabdor shaxsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin. Xo'jalik sudining mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarori ustidan O'zbekiston Respublikasi Xo'jalik- protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi. Belgilangan muddatda shikoyat berish mamuriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorning ijrosini shikoyat ko'rib chiqilgunga qadar to'xtatib turadi, mamuriy qamoq jazosi qo'llash to'g'risidagi qaror va mamuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari bundan mustasnodir. Prokurorning protest bildirishi mamuriy huquqbuzarlik to'g'­ risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest ko'rib chiqilgunga qadar to'xtatib turadi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 98,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin