Management and marketing


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə4/29
tarix24.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#121401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
m.shirinova desertat

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishining nazariy ahamiyati shundan iboratki, ilmiy izlanishlar asosida olingan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirishda elektron to’lov tizimilarini samarali qoʻllashga va elektron to’lov tizimilarini rivojlantirish mexanizmini chuqurroq tadqiq etishga bag’ishlanib, kelajakdagi ilmiy tadqiqot ishlarida manba hamda oliy o’quv yurtlarida amaliy qo’llanma sifatida qo’llanilishi mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati esa shundan iboratki, tadqiqot ishida olingan ilmiy xulosalar va ishlab chiqilgan ilmiy takliflardan O‘zbekistonda elektron tijorat faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Magistrlik dissertasiyasi uchun rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘ziga xos shart-sharoitlari ham inobatga olindi, hamda shu yuzasidan, mahalliy shart-sharoitga mos ravishda takliflar ishlab chiqildi, bundan oldin berilgan takliflarning kamchiliklarini bartaraf etilib, eelektron tijoratni rivojlantirish jarayonini jadallashtirish va optimallashtirishga erishish uchun asos yaratildi. Undan tashqari ushbu magistrlik dissertasiyasini sohaga qiziquvchilar uchun qo‘llanma hisoblandi hamda bundan keyingi tadqiqotlar uchun foydalanish mumkin.
Dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi. To‘lov xizmatlari sohasidagi elektron tijorat xususiyatlarini yoritishda ilmiy ishlar va tahlillar eng so‘nggi statistik ma’lumotlar asosida bajarildi. Shunday qilib, magistrlik dissertasiyasida olib borilgan tadqiqotlar asosida quyidagi ilmiy va amaliy yangilikni taqdim etildi:
1. Elektron tijoratning yangi izohi ishlab chiqildi;
2. Elektron tijoratning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganib chiqildi va ular orasida O‘zbekistonda ta’sir doirasi to‘g‘risida ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqildi;
3. O‘rta Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston va Qirg‘izistonda e-tijorat rivojlanishi ta’siri o‘rganilib, O‘zbekistonda soha taraqqiyoti uchun asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi;
4. Bir-biriga qarama-qarshi yo‘l bilan lekin birin-ketin rivojlangan Xitoy va AQSH tajribasi qiyosiy tahlil qilindi;
5. Joriy tendensiyalar va shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda electron tijoratni rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish uchun takliflar ishlab chiqildi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin