Menejment
Menejment (
inglizcha
:
management) — boshqarish, tashkil
etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish
to g risidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish
samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda
ishchi kuchining sifatiga taʼsir ko rsatadi. Menejment
fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti
orasidagi o zaro munosabat bo lib, uning asosiy vazifasi
boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati
sirlarini o rganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror
qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish
jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari
sharoitida barcha bo g inlarda ishlay oladigan yuqori
malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy,
kibernetika
va boshqa
fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy
nazariya fani bilan yaqindan bog liq. U iqtisodiy
qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish
jarayonida iqtisodiy usullarni qo llashga, har bir xodimga
va jamoaga taʼsir ko rsatishga asoslanadi. Bir qancha
iqtisodiy fanlar:
makroiqtisodiyot
,
mikroiqtisodiyot
,
statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani
bilan chambarchas bog liqdir. O zbekistonda Menejmentning
nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIV-XV
asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk
sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qo shin va
boshqalarni boshqarish sanʼati to g risida o z qarashlarini
bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy
asosini bir necha yuz yillar davomida to plangan amaliy
tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan
asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy g oyalar, ish
prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan
sohasi sifatida menejment XIX asrga kelib shakllana
boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik
muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish
tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri
Fayol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha
operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya,
mol-mulk va shaxslarni qo riqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga
bo lib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki
boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti
esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning
xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik ko rgan,
boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali
mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar —
menejerlar
shug ullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini
tashkil qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini
ishlab chiqish), o rta (ishlab chiqarish, sotish, narx
belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, bo lim
doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish
topshiriqlari bajarilishini boshqarish) bo g inlari bor.
Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, o rta
toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga bo linadi.
Ayrim
tadqiqotlar
menejment kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb
hisoblaydilar. Mukammal menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga
tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni
taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil
idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq
tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash.
Firmalarning menejment tizimi umumiy menejment, funksional menejment, moliyaviy
menejment, marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish menejmenti,
ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Menejment nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi turli xil qarashlarda oʻz ifodasini topdi.
Masalan, XX asrning 50—60-yillarida asosiy eʼtibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga
qaratilgan boʻlsa, 60—70-yillarda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga
oʻtish davri boʻldi.
XX asrning oʻrtalariga kelib menejment Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlandi.
1966-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutining
tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib borilgan nazariy, uslubiy,
amaliy ilmiy tadqiqot ishlari respublikada M. fanining rivojlanishiga asos boʻldi.
XX asr oxiri XXI asr boshlarida menejment Oʻzbekistonda maxsus fan sifatida oliy
oʻquv yurtlarida oʻqitila boshladi, menejmentga doir tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi,
darsliklar yozildi.
Gʻulomov S. S, Abdullayev Yo., Menejment, T., 2002
[1]
.
1. Sadir Salimoye, Dilfuza Rahimova.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?titl
e=Menejment&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyotlar
Manbalar
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
92.63.205.138
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/in
dex.php?
title=Menejment&oldid=3011154
"
dan olindi
Dostları ilə paylaş: |