Management boshqarish, tashkil etish maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish



Yüklə 142,42 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.04.2023
ölçüsü142,42 Kb.
#101798
Menejment - Vikipediya



Menejment
Menejment (
inglizcha

management) — boshqarish, tashkil 
etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish 
to g risidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish 
samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda 
ishchi kuchining sifatiga taʼsir ko rsatadi. Menejment 
fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti 
orasidagi o zaro munosabat bo lib, uning asosiy vazifasi 
boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati 
sirlarini o rganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror 
qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish 
jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari 
sharoitida barcha bo g inlarda ishlay oladigan yuqori 
malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment 
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, 
kibernetika
 va boshqa 
fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy 
nazariya fani bilan yaqindan bog liq. U iqtisodiy 
qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish 
jarayonida iqtisodiy usullarni qo llashga, har bir xodimga 
va jamoaga taʼsir ko rsatishga asoslanadi. Bir qancha 
iqtisodiy fanlar: 
makroiqtisodiyot

mikroiqtisodiyot

statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani 
bilan chambarchas bog liqdir. O zbekistonda Menejmentning 
nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIV-XV 


asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk 
sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qo shin va 
boshqalarni boshqarish sanʼati to g risida o z qarashlarini 
bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy 
asosini bir necha yuz yillar davomida to plangan amaliy 
tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan 
asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy g oyalar, ish 
prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan 
sohasi sifatida menejment XIX asrga kelib shakllana 
boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik 
muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish 
tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri 
Fayol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha 
operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, 
mol-mulk va shaxslarni qo riqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga 
bo lib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki 
boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti 
esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning 
xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik ko rgan, 
boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali 
mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — 
menejerlar
 
shug ullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini 
tashkil qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini 
ishlab chiqish), o rta (ishlab chiqarish, sotish, narx 
belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, bo lim 
doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish 
topshiriqlari bajarilishini boshqarish) bo g inlari bor. 
Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, o rta 
toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga bo linadi.
Ayrim 
tadqiqotlar
 menejment kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb
hisoblaydilar. Mukammal menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga
tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni
taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil
idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq
tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash.


Firmalarning menejment tizimi umumiy menejment, funksional menejment, moliyaviy
menejment, marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish menejmenti,
ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Menejment nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi turli xil qarashlarda oʻz ifodasini topdi.
Masalan, XX asrning 50—60-yillarida asosiy eʼtibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga
qaratilgan boʻlsa, 60—70-yillarda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga
oʻtish davri boʻldi.
XX asrning oʻrtalariga kelib menejment Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlandi.
1966-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutining
tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib borilgan nazariy, uslubiy,
amaliy ilmiy tadqiqot ishlari respublikada M. fanining rivojlanishiga asos boʻldi.
XX asr oxiri XXI asr boshlarida menejment Oʻzbekistonda maxsus fan sifatida oliy
oʻquv yurtlarida oʻqitila boshladi, menejmentga doir tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi,
darsliklar yozildi.
Gʻulomov S. S, Abdullayev Yo., Menejment, T., 2002
[1]
.
1. Sadir Salimoye, Dilfuza Rahimova. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?titl
e=Menejment&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
 almashtirish kerak.
Adabiyotlar
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
 
92.63.205.138
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/in
dex.php?
title=Menejment&oldid=3011154

dan olindi

Yüklə 142,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin