Ma’naviyat targʻibotchisi



Yüklə 18,06 Kb.
tarix02.05.2023
ölçüsü18,06 Kb.
#106210
“Maʻnaviyat targʻibotchisi” stipendiyasi NIZOMI


Termiz davlat universiteti talabalari uchun “Ma’naviyat targʻibotchisi” stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-60 sonli qarorida moliyaviy va akademik-boshqaruv mustaqilikka ega oliy taʼlim muassasalari oʻz mablagʻlari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Oliy va oʻrta taʻlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomilashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 59-son qarori, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 8-fevraldagi 97-sonli buyrugʻi hamda “Oliy taʻlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida universitet stipendiyasi joriy etiladi.
Termiz davlat universiteti “Ma’naviyat targʻibotchisi” stipendiyasi universitet Kengashining qaroriga asosan faol talabalarga tayinlanadi.
I-bob. Umumiy qoidalar
1.Tanlovda jamoat va fakultet ijtimoiy ishlarida faol qatnashayotgan kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan (2-3-4-bosqich) 50 nafargacha boʻlgan talabalarga toʻlab beriladi.
II-bob. Stipendiyalarni tayinlash uchun nomzodlarni saralashda quyidagi mezonlar asos etib belgilanadi
1. Universitet Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faol a’zosi boʻlishi;
2. Respublika, viloyat va universitet miqiyosida oʻtkazilgan tadbirlarda faol qatnashgan boʻlishi;
3. 5 muhim tashabbus doirasida tadbirlar tashkil qilishi hamda ularda ishtirok etishi;
4. Kitobxonlik darajasi yuqori boʻlishi kerak.
5. Oʻzining ijtimoiy, tashabbuskor loyihasi boʻlishi;
III-bob “Ma’naviyat targʻibotchisi” stipendiyasini tayinlash uchun talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
1. “Ma’naviyat targʻibotchisi” stipendiyasi fakultet kontingentiga qarab ajratiladi. stipendiya uchun dekanat tavsiyanomasi asosida nomzod koʻrsatiladi.
2. Pasport nusxasi;
3. Talabaning ma’lumotnomasi (obyektivka);
4. Tavsiyanoma (dekan, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari imzosi bilan tasdiqlanadi);
5. Oʻzining ijtimoiy, tashabbuskor loyihasi taqdimoti;
6. Ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantira oladigan oʻz gʻoyasini taqdim qilishi;
7. Barcha hujjatlar jildga tikilgan holda va elektron shaklda taqdim etiladi.
Muqovada stipendiyaning nomi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi, (fakultet, ta’lim yoʻnalishi kurs va guruhi) koʻrsatiladi.


IV-bob. “Ma’naviyat targʻibotchisi” stipendiyasi bilan taqdirlash tartibi
1. Rektor buyrugʻi asosida saralash komissiyasi tuziladi, ushbu komissiya nomzodlarning hujjatlarini saralash bosqichidan oʻtkazib, munosib deb topilgan nomzodlar universitet Kengashiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
2. Universitet Kengashining qaroriga asosan rektor tomonidan stipendiya tayinlanishi haqida buyruq rasmiylashtiriladi.
3. Ushbu tadbir oʻquv yilining boshida 25-sentabrdan 15-oktabr sanasiga qadar , Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimiga hujjatlar qabul qilinadi. Stipendiya bir oʻquv yil davomida 1-sentabrdan 1-iyulgacha toʻlanadi.
4. “Ma’naviyat targʻibotchisi” stipendiyasi talabaga oʻqigan davrida faqat bir oʻquv yilida tayinlanadi.
5. G‘oliblar 10 oy davomida bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida har oyda stipendiya oladi.
V-bob. Yakunlovchi qoidalar
1. Faol va iqtidorli talabalar tomonidan oʻrnatilgan mehnat intizomi va universitet ichki tartib qoidalari buzilganda hamda universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ma’sulyatsizlik qilgan hollarda dekanat bildirishnomalari asosida rektor buyrugʻi bilan ma’naviyat stipendiyasi toʻxtatiladi.
2. Talabalarga “Ma’naviyat targʻibotchisi” stipendiyasini tayinlash, ushbu stipendiyani toʻxtatish boʻyicha talabalarning ariza va shikoyatlari universitet rektori tomonidan bir oy muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Yüklə 18,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin