Mana’viyatning rivojlanish qonuniyatlari Reja


Ma'naviyat qonunlari – ma'naviy sohaga xos narsa va hodisalar, voqyea va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy va takrorlanib turuvchi uzviy aloqadorliklar



Yüklə 21,22 Kb.
səhifə2/3
tarix12.02.2023
ölçüsü21,22 Kb.
#83966
1   2   3
Mana’viyatning rivojlanish qonuniyatlari Reja

Ma'naviyat qonunlari – ma'naviy sohaga xos narsa va hodisalar, voqyea va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy va takrorlanib turuvchi uzviy aloqadorliklar.
Albatta, jamiyat taraqqiyotining umumiy qonunlaridan tashqari, ma'naviyatning faqat o‘ziga xos bo‘lgan qonunlar ham bor. Biz ma'naviy yuksalishning xususiyatlarini hisobga olib uning quyidagi qonunlarini alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
1.Jamiyat taraqqiyoti jarayonida ma'naviy ehtiyojlarning muttasil o‘sib borish qonuni;
2.Ma'naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasiga bog‘liqlik qonuni;
3.Ma'naviyat rivojlanishining ilmiy-falsafiy, diniy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, estetik, axloqiy ong va munosabatlar rivojlanish darajasiga bog‘liqlik qonuni.
Insonning birlamchi moddiy ehtiyojlarining qondirilishi unda ruhoniy, ma'naviy ehtiyojlarni o‘yg‘otadi. Qorni to‘q, xavf-xatardan xoli inson qo‘shiq aytgisi, raqsga tushgisi, xursandchilik qilgisi, biror narsa o‘ylab topgisi, yaratgisi keladi. O‘z navbatida mazkur ehtiyojlarning qondirilishi, ularning yanada sifatliroq, yanada mukammalroq, yanada mazmunliroq bo‘lishiga nisbatan yangi ehtiyoj tug‘diradi. Inson ehtiyojlari, jumladan ma'naviy ehtiyojlari uzluksiz yuksaladigan mavjudotdir. Bu ijtimoiy taraqqiyot, jumladan ma'naviyat rivojlanishi qonunidir. Hayvonot olamida biologik ehtiyojlardan tashqari ehtiyojlar deyarli yo‘q. Ayrim qushlar va hayvonlarning «ishqiy» o‘yinlari, juft bo‘lib yashashini biologik ehtiyoj doirasidan chiqadi, deyishga asos yo‘q. Hayvonot olamida ehtiyojlar yuksalmaydi, faqat o‘zgaradi, natijada biologik organizm tabiatga moslashadi, xolos. Birinchi mavzuda ta'kidlanganidek, insonda esa ehtiyojlar muttasil yuksaladi: moddiylari ham, ma'naviylari ham. Insonda bir ehtiyojning qondirilishi undan yuksakroq bo‘lgan yangi ehtiyojlarni tug‘diradi,
Yanada mukammalroq, yaxshiroq, go‘zalroq buyumni yoki san'at asarini yaratishga intilish, yanada chuqurroq va kengroq, aniqroq bilimni egallashga, yanada mukammalroq texnik asbob-uskunalarni, kompyuterlarni, mashinalar, mexanizmlar va texnologiyalarni ixtiro etishga harakat, turmush darajasini yanada ko‘tarish va farovon qilishga urinish insonning asl insoniy xususiyatidir, ob'ektiv ravishda tug‘iladigan ijtimoiy ehtiyojdir. Inson hyech bir vaqt o‘zining holati bilan qoniqmaydi (gap alohida shaxsning maishiy ahvoli, mansabi va sh.k. haqida emas, insoniyatning tarixiy jarayondagi ahvoli haqida ketmoqda), u doimo o‘z mavjudlik holatini takomillashtirishga harakat qiladi. Hayvonda takomillashish mo‘ljali yo‘q. U o‘z mavjudlik holatini anglay olmaydi, uni takomillashtirishga harakat qilmaydi.

Yüklə 21,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin