Diz’yunksiya.
Tа’rif. A va B mulohazalarning kamida bittasi rost bo`lganda rost bo`ladigan hamda “yoki” bog`lovchisi bilan bog`lanuvchi mulohazalar A va B mulohazalarning diz’yunksiyasi deb ataladi, ko`rinishda belgilanadi.
Bu yerdagi yozuv “A yoki B” deb o`qiladi, “ ” belgi diz’yunksiya belgisi deyiladi. A va B lar diz’yunksiyaning mos ravishda birinchi va ikkinchi hadlari deb ataladi.
Diz’yunksiyaning rostlik jadvali quyidagicha bo`ladi:
A
B
R(1)
R(1)
R(1)
R(1)
Yo(0)
R(1)
Yo(0)
R(1)
R(1)
Yo(0)
Yo(0)
Yo(0)
Diz’yunksiya so‘zi – farqlayapman degan ma’noni anglatadi. Masalan, 1) “Yozda toqqa chiqamiz yoki dengizga boramiz” diz’yunksiyasini qaraymiz. Bu mulohaza quyidagi hollarda rost bo`ladi: biz toqqa chiqamiz, ammo dengizga bormaymiz; dengizga boramiz lekin toqqa chiqmaymiz; biz toqqa ham chiqamiz, dengizga ham boramiz. Yangi mulohaza yolg`on bo`ladi: biz toqqa ham chiqmaymiz, dengizga ham bormaymiz.
2) mulohazaning rost yoki yolg`onligini aniqlaylik. Bu diz’yunksiya rost, chunki rost mulohaza va yolg`on mulohazadan tashkil topgan.