Manufaktura bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud boʻlmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi


TEXT.comLEYBNIS (Leibniz) Gotfrid Vilgelm



Yüklə 230,86 Kb.
səhifə11/17
tarix07.02.2023
ölçüsü230,86 Kb.
#83305
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
TEXT.comLEYBNIS (Leibniz) Gotfrid Vilgelm (1646.1.7, Leypsig – 1716.14.11, Gannover) — nemis faylasufi, fizik, matematik, tarixchi. Berlin FA ning asoschisi va prezidenti (1700). 1676-y. dan Gannover gersoglari xizmatida. Petr I iltimosiga koʻra, Rossiyada maorif va davlatni boshkarishni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqqan. Leybnis fikricha, real dunyo oʻzaro boʻlinmas ruhiy substansiya — monadalardan iborat. Monadalar barcha narsalarning, hayotning asosini tashkil qiladi. Tabiat quyi darajadagi, inson esa oliy darajadagi monadalardan tashkil topgan. Bilish nazariyasida ratsionalizm mavqeida turgan. Lokk sensualizmiga qarshi chiqqan. Umumiy, zaruriy bi-limning asosi faqat akl boʻlishi mumkin deb hisoblagan. Fizikada fazo va vaqt harakatnshg nisbiyligi toʻgʻrisidagi, mantikda analiz va sintez toʻgʻrisidagi taʼlimotni rivojlantirdi, yetarli asos qonuniii birinchi boʻlib izohlab berdi. U matematik mantiq asoschilaridan biridir. Leybnis differensial hisob va integral hisobni kashf qildi, katta sonlarni hisoblash mashinasini yaratdi. Tilshunoslikda tillarning paydo boʻlish tarixini, genealogik tasnifini yaratdi, nomlarning kelib chiqishi haqidagi taʼlimotni rivojlantirdi. Siyosat va huquq sohasida tabiiy huquq konsepsiyasi va ijtimoiy kelishuv haqidagi taʼlimotni himoya qilgan. U optik asboblar va gidravlik mashinalar loyihasini yaratgan. 1926-y. dan Berlinda Leybnis jamiyati mavjud.

7-savol Fan va texnika Fanining maqsadi

Savol. «Fan tarixi» kursini asosiy maqsadi nimalardan iborat?
Javob: Xozirgi zamon ilm fani va uning tarixini tatbiq etish har bir tarixchi
uchun bilish shart bo'lgan ijtimoiy ehtiyojlaridan biridir. Tabiat, inson, jamiyat
orasidagi munosabatlarni uyg'unlashtiruvchi fanlarni o'rganish «Fan tarixi» kursini
asosiy maqsadidir. Inson jamiyatning faol bo'lagidir. Shundan kelib chiqib, inson
iqtisodiy munosabatlarning, siyosiy hamda ma’naviy hayotning bevosita
ishtirokchisiga aylantirilmas ekan, ijtimoiy jarayonlarga uzviy jalb etilmas ekan,
davlatning ravnaqi, jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti va kelajagi haqida gapirish
mumkin emas.
Inson va jamiyat, inson va davlat o'rtasidagi munosabat, shaxsning huquqiy
holati masalalari qadimdan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy tafakkurning dolzarb mavzui
sanalib keladi.
Inson jamiyatda o'sib ulg'ayadi, shaxs sifatida shakllanadi va faoliyat
ko'rsatadi. Jamiyat shaxslarng oddiy yig'indisi emas. Balki u kishilar o'rtasidagi
ijtimoiy aloqalar va munosabatlarning mujassam majmui, mushtarak mahsuli sifatida
maydonga chiqadi. Jamiyat - bu insonlarning umumiy manfaatlar hamda ehtiyojlari
birligi asosida, ularni qondirish maqsadidagi birikuvi va kishilar o'rtasidagi ijtimoiy
munosabatlar, aloqadorlik, hamkorlik ifodasidir.
Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti o'rtasidagi yaqinlashuv
XIV—XVIII asrlarda manufaktura ishlab chiqarish bilan bog'liq holda sodir bo'ldi.
Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida
shakllangan. Teologiya va sxolastika ta’siridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy
bilimlar ham ishlab chiqarishga hech qanday salbiy ta’sir qilmasdan sekinlik bilan
rivojlangan. Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan
mustaqil yo'nalishi sifatida yuksala borgan.
XVI asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub o'zgarishlar bir qancha
aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan
Uyg'onish davri g'oyalari ta’sirida sxolastika an’analarini parchalab, amaliyotga
murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiy-texnikaviy faoliyatga asos
solgan 3 ta yirik kashfiyot bo'ldi.

10-savol


XVI asrning ikkinchi yarmi - XVII asrning boshlarida Yevropa tarixi sahnasiga o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan falsafiy soha - tabiat falsafasi kirib keldi. Tabiat falsafasi Renessans falsafasining o‘ziga xos tipik ifodasi edi. Uning Vatani ham Italiya edi.

Renessans tabiat falsafasining ildizlari qadimgi yunon falsafiy merosiga, xususan platonizmga, stoiklar panteizmiga, ionik falsafaga borib taqaladi. Shuningdek, Renessans tabiat falsafasi o‘rta asr falsafiy tafakkurining noortodoksal an’analariga, Sharq falsafiy merosiga, xususan Ibn Rushd qarashlariga (averroizmga), neoplatonistik panteistik qarashlarga tez-tez murojaat qiladi. Renessans davri tabiat falsafasi o‘zining aristotelizm sxolastikasidan yuz o‘girganligi bilan o‘tmishdan mutlaqo farq qiladi. Bunday tendensiyani Nikolay Kuzanskiy (1401-1464), Bernardino Telezio (1509-1583), Franchesko Patritsi (1529-1597), Jordano Bruno (1548-1600) ijodlarida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Tabiat falsafasi bilan bir qatorda eski fikrlash madaniyati an’analarini radikal qayta baholovchi va unga intiluvchi yangi tabiatshunoslik ham rivojlanib bordi. Bunday tendensiya natijasida bir qator jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik kashfiyotlar qilindiki, ular yangi tabiat falsafasining rivojlanishi uchun muhim ilmiy manba vazifasini bajardi. O‘rta asrda hukmronlik qilib kelgan falsafa va fanning metodologik asoslari uloqtirib tashlandi va yangisi yaratildi. XV asrda Parij va Oksford falsafa maktablari tomonidan yaratilgan tabiat to‘g‘risidagi ta’limotning eng baland cho‘qqisi o‘z mohiyati jihatidan hech qachon nazariy chayqovchilik chegaralarini yorib o‘tmagan edi. Renessans banday ta’limotlarga qarama-qarshi o‘laroq, tajriba asosida tabiat hodisalarini har tomonlama o‘rganishni, tadqiqotlarning eksperemental uslubini birinchi o‘ringa olib chiqdi. Matematika ilmiy-tadqiqot ishlarida muhim o‘rin egallay boshladi. Matematikalashtirish prinsipi fan taraqqiyotida eng muhim ilg‘or uslublardan biri, ilmiy-falsafiy tafakkurning asosi deb qarash shakllandi. 

Astronomiya yangi dunyo bilan eski dunyo, jamiyatning konservativ kuchlari bilan ilg‘or kuchlari, din bilan fan orasidagi kurash maydoniga aylandi. Hech kimga sir emas, o‘rta asrda olam haqidagi tasavvurlar teotsentrizmga asoslangan edi. Yangi tabiatshunoslik olam to‘g‘risidagi o‘rta asrning teotsentrik qarashlariga zarba berdi.


2.1. Nikolay Kuzanskiy (1401-1464)

a) Hayoti va ijodi. Italyan naturfilosofiyasining o‘tmishdoshi, Yevropa Renessans davri dialektikasining asoschisi, nemis kardinali Nikolay Kuzanskiy 1401 yilda janubiy Germaniyaning Mozel daryosi qirg‘oqlarida joylashgan kichik Kuza qishlog‘ida tavallud topdi. Mozellik dehqonning o‘g‘li Deventeradagi “Umumiy hayot birodarlari” uyushmasida umumiy ma’lumot oldi. Keyinchalik o‘qishni Gaydelberg, Paduya va Kelin universitetlarida davom ettirdi. O‘qishni tugatgach, avval oddiy dindor, keyinroq esa Rim katolik cherkovining kardinali lavozimlarida ishladi.

N. Kuzanskiy o‘qib yurgan kezlaridayoq o‘z zamonasining mistik ta’limotlari bilan, xususan Master Ekxart, nominalizmining yirik namoyondalaridan biri, ingliz faylasufi Uilyam Okkam ta’limotlari bilan har tomonlama tanishdi. Turli diniy lavozimlarda ishlashidan qat’iy nazar, uning ijtimoiy va falsafiy dunyoqarashida, o‘sha zamon ijtimoiy ongida sodir bo‘lgan sekulyarizatsiya jarayonining ta’siri sezilarli bo‘ldi. Shuningdek, N. Kuzanskiy ijodiga zamonasining antropotsentrik xarakteri shubhasiz o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

N. Kuzanskiy zamonasining ilg‘or ilmiy-tabiiy bilimlarini ham sabot-matonat bilan o‘rgandi. Paduya universitetida huquq muammolarini o‘rganish jarayonida gumanizm g‘oyalari bilan batafsil tanishdi. 1438 yilda teologiyadan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Doktorlik dissertatsiyasini yoqlagandan so‘ng bilmaslik to‘g‘risidagi bilimlarni o‘rganishga kirishdi. O‘rganish natijalarini o‘zining mantiqiy-falsafiy asari “Asoslar haqida”, teologik traktati “Yashiringan Xudo haqidagi” asarlarida umumlashtirdi.

Uning ijodiga Master Ekxart panteistik mistikasidan tashqari, sharterlik platonchilar, David Dinantskiyning o‘rta asarlarga xos panteizmi ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. U Platon va Prokl asarlarining asl nusxasini o‘qiy olar edi. O‘zining asarlarida aristotelizmning o‘rta asarlarga xos ratsionalistik sistemasini rad etdi.

b) Kuzanskiyning panteistik va dialektik qarashlari. Kuzanskiy falsafasida markaziy o‘rinlardan birini egallaydigan muammo Xudo haqidagi ta’limotdir. O‘rta asr sxolastik an’analariga asoslanib fikr yuritgan mutafakkirning tushuntirishicha, Xudo borlig‘i tabiat borlig‘i va inson borlig‘ining shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin u Xudoni o‘rta asrga xos ortodoksal sxolastik talqin qilishdan chekinib, antik panteizmga yaqinroq g‘oyani ilgari suradi va Xudoni dipersonalizatsiya qiladi. Xudo “o‘zgacha”, “borliq-imkoniyat”, “o‘zi imkoniyat”, eng muhimi “absolyut maksimum” kabi cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Olam esa cheklangan maksimumlar cheksizligidir. 

Kuzanskiyning tushuntirishicha, Xudoning o‘zi ham turli qarama-qarshiliklardan iborat. Bunday holatni unga o‘z bisotidagi cheksizlik ifodasi bo‘lgan mutlaq maksimallikning o‘zi yaratib bergan. Boshqacharoq qilib aytganimizda, Xudoning bisotida qarama-qarshiliklarni vujudga kelishining muhim shart-sharoitlaridan biri uning o‘zida mavjud bo‘lgan mutlaq maksimallikdir. Xuddi shuning uchun Xudo har qanday operatsiyalardan ham ozor topmaydi. Bundan tashqari Xudo bo‘linmasligi bilan ham o‘zidagi mutlaq maksimallikni namoyon etadi. Xudo o‘zida turli qarama-qarshiliklar birligini mujassamlashtiradi. Xudo bisotida turli qarama-qarshiliklar birligining mujassam bo‘lishi undagi matlaq maksimallik va mutlaq minimalliklar birligining ifodasidir.

Xudoda maksimallik va minimallikning uyg‘unlashuvi ba’zi xulosalarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, Xudo olamdagi hamma narsada namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham olamni Xudodan tashqarida deb o‘ylash be’manilikdir. Ikkinchidan, Xudo sabab va oqibat birligidir, ya’ni uning o‘zi, ham yaratuvchi, ham yaraluvchidir. Uchinchidan, olamda ko‘zga ko‘rinadigan narsalarni mohiyati ham Xudoga borib taqaladi, ya’ni olamdagi barcha narsalar, hodisalar, voqealar Xudo bilan bog‘liq. Bunday holat olamning birligidan dalolat beradi. Xudoni faqat qarama-qarshiliklar birligidan iborat deb qarash, uning shaxs sifatidagi bunyodkorlik, yaratuvchilik funksiyalarining ahamiyatini pasaytiradi. Cheksiz-chegarasiz Xudoni chegarasi, oxiri bor olam bilan yaqinlashtiradi. Oxir-oqibatda krayetsionizm prinsiplaridan chekinishga olib keladi.

Kuzanskiyning yuqorida biz eslatib o‘tgan fikr-mulohazalaridan ko‘rinib turibdiki, uning asosiy e’tibori, olam va Xudo munosabatlarini tushuntirib berishga qaratilgan. Olam va Xudo munosabatlarini tushuntirib berishda Kuzanskiy teotsentrik pozitsiyada turgani rost. Lekin unda o‘rta asr katolik ilohiyotidan mutlaqo farq qiluvchi elementlar va tendensiyalar borligini e’tirof etmaslik o‘ta nodonlik bo‘lur edi. 

Xudo va olam munosabatlari haqidagi fikr-mulohazalarini davom ettirgan Renessans davrining buyuk mutafakkiri Nikolay Kuzanskiy Xudo borlig‘i olamdagi butun mavjudotlar ichida eng buyugidir, chunki Xudo bisoti cheklanmagan imkoniyatlari mavjud bo‘lgan mutlaq yaxlitlik, yagona birlikdir, deydi. Shuningdek, Xudo o‘zida olamdagi barcha narsalarning rang-barang xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Bunday holat olamning Xudodan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. O‘z navbatida, Xudodagi cheklanganlik cheklanmaganlikni, mavhumlik murakkablikni yuzaga chiqaradi. Bunday aloqadorlik zanjiri abadiy davom etadi. Xuddi shu tendensiya rang-barang qiyofaga ega bo‘lgan tabiat va inson borlig‘ini Xudoga yaqinlashtiradi, ya’ni Xudoga qaytish boshlanadi. Bunday jarayonni o‘z navbatida Xudoning inson tomon burilishi deyiladi. 

Shunday qilib, Nikolay Kuzanskiy o‘rta asr sxolastikasining teistik qarashlari bilan aloqalarini uzmasdan turib, mistik panteizm g‘oyalarini ilgari surdi. Yaratuvchi bilan yaratilganlik, bunyodkor bilan bunyodkorlikning aralashuvidagi uyqashlikni aniqlashga harakat qildi. Kuzanskiy o‘rta asr sxolastik fikrlash uslubi uchun xarakterli bo‘lgan yer bilan osmon, Xudo bilan tabiat orasiga chegara, to‘siq qo‘yuvchi g‘oyalarga toqati yo‘q edi. Uning fikriga ko‘ra, “Xudo borlig‘i olam borlig‘idan boshqa narsa emas, chunki olam borlig‘ining o‘zi Xudo borlig‘idir”. Ko‘rinib turibdiki, Kuzanskiy shakllantirgan prinsiplar, qoidalar Renessans davri, madaniyati va falsafasiga talluqli bo‘lib, ruhiy olam bilan yerdagi olam bir butun yaxlit ekanligini ilg‘ab olishga yordam beradi. 10.10. Renessans davrining yirik namoyandalari. Nikolay Kuzanskiy uyg‘onish davri naturfalsafa namayondasi.


Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar) va Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. „Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, hurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Michelangelo, Rafael, Shakespeare, Miguel de Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar.

Yangiliklar Va Jamiyat, Falsafa


Kuzanskiy Nikolay: Qisqa Falsafa Va Biografiyasi. Falsafa Nikolaya Kuzanskogo Qisqacha Asosiy G'oyalar
katta faylasufi, olim va siyosatchi Nikolay Kuzansky biri 1401 yilda qishloq Cuza yilda, janubiy Germaniya tug'ilgan. uning sarson-sargardonlikdan boshpana soni Theodoric von Manderscheid, kim hayoti davomida uni himoya keyin bir yosh yigit bo'lib, Nikolas uydan qochib ketdi. Taxminlarga boshqaruvchi Gollandiyada o'rganish yubordi. U erda, maktab "birodarlarim umumiy hayot", u yunon va lotin, sharhlab va falsafa va ilohiyot bilan bog'liq kitoblar nusxa ko'chirish bilan shug'ullangan o'rganib. O'qishni bitirgach, u Germaniyaga qaytib keldi va Heidelberg universitetida o'qishni davom ettirdi.
NIKOLAY KUZANSKY FALSAFA, TARJIMAI HOLI VA MOS
1417 yilda Padua kelgan Nikolay Kuzansky canon qonun o'rgana boshladi. Lekin bir qonun iste'dodli yoshlar u dori hamda matematika, geografiya va astronomiya, tabiiy tarix va ilm-fan o'rgana boshladi, etarli emas edi. Padua, uning kelajagi do'stlari Paolo Toscanelli va Yulianom Tsezarini, ular falsafa va adabiyot uchun Nicholas muxtoj tomiziladi uchrashdi.

U o'zining doktorlik unvonini olgan canon qonun, Nikolay Kuzansky u ilohiyot o'z surish manfaatdor kantsleri Rim Podzho Brachcholini bilan uchrashdi Italiya, borib 1423 yilda. Germaniyaga qaytib, u, Köln'de ilohiyot faoliyatini o'rgana boshladi. 1426-yilda, ruhoniy sifatida, u Papa sarkardasi, kardinal Orsini kotibi etib tayinlandi va keyinchalik u Koblenz jamoatning rektori bo'ldi.

15-asrning birinchi yarmida, katolik cherkovining obro'si sobori va Papa o'rtasidagi ko'p feuds tomonidan çürütülmüş, feodallar va ruhoniylar jamoati dunyoda bir bo'lingan yo'l. Cherkovi zarur islohotlar ta'sirini tiklash uchun, ko'p kardinallar papa ta'sir cheklash va soborning kuchini mustahkamlash taklif. 1433 yilda sobori va Papa oliy hokimiyat mahrum uchun gapirgan Nikolay Kuzansky, kelUyg‘onish davrida Yevropada falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlardan biri nemis Nikolay Kuzanskiydir (1401-1464). Kuzanskiy ta’limoticha, xudo hamma narsalarda mavjud, shuningdek, hamma narsalar xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi.
U xudoni borliqning oliy va yagona asosi deb hisoblaydi. Bu masalada Kuzanskiy shunday muhim kosmologik fikrlarni bayon qiladiki, hatto ma’lum darajada uni Kopernik va Brunolarning o‘tmishdoshi deb hisoblash mumkin. Ikkinchi masala esa bilish nazariyasiga nisbatan uning butunlay yangicha yondoshishidir. Ushbu masalalar bo‘yicha Kuzanskiy tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar ayrim hollarda XVIII asr oxiri va XIX asr boshidagi nemis filosoflari tomonidan bayon qilingan fikrlarning debochasi edi.

11-savol
Isaak Nyuton - (inglizcha: Isaac Newton) Ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaning asoschisi Isaak Nyuton tarixdagi eng mashhur olimlardan biri. Nyuton 1643 –yil 4-yanvarida Angliyaning Linkolnshir shahrida fermer oilasida tugʻildi. U Kembrij universitetining matematika fakultetiga oʻqishga kirdi va uni 1665-yil tamomladi. Oʻsha yili chuma epidemiyasi kasalligi keng tarqala boshladi va bu kasallik Kembrij shahrigayam yetib keldi, natijada universitet yopildi. Keyinchalik Nyuton oʻz shahri Linkolnshirga qaytdi. 1668-yilda Nyutonga magistr unvoni berildi va shundan soʻng u Kembridj universitetida fizika-matematika kafedrasiga boshchilik qila boshladi. 1672-yilda u London Qirollik jamiyatining aʼzosi qilib saylandi, 1703-yilgacha esa uning prezidenti boʻldi. Isaak Nyutonning ilm-fanga, xususan matematika, fizika faniga qoshgan hissasi benihoyat ulkandir. U fizika va matematika fanlariga juda koʻplab qonunlarni va teoreyalarni kiritdi. Harakat va tortishish qonunlarini, butun olam tortishish qonuni, yorugʻlik qonuniyatlari, yorugʻlikning tarqalishi ni oʻrgandi. Nyuton matematik hisoblarni qoʻllab koʻp asrlik muammo boʻlgan koinotdagi samoviy jismlar harakati muammolarini hal etdi. Yerning tortish kuchi borligini isbotladi, Aytishlaricha uning bu boradagi izlanishiga sabab: daraxt tagida o’tirganda boshiga olma tushgani ekan. O’zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini Nyuton muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tadbiq qildi. U ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari zamonasining ilmiy muammolari bilan uzviy bog’langan edi. Masalan, optika sohasidagi tadqiqotlar optik asboblarning kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratilgan edi. “Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasi” (1672) nomli optikaga oid qarashlarini bayon qildi. Bu ish qizg’in bahsga sababchi bo’ldi. Nyutonning yorug’lik tabiati haqidagi korpuskulyar qarashlariga ingliz olimi R.Guk qarshi chiqdi. U vaqtda Nyuton yorug’lik haqidagikorpuskulyar va to’lqin tasavvurlarni o’z ichiga oluvchi gipotezani olg’a surdi. 1704-yilda nyuton o’zining ko’plab mehnati natijasida yozgan “Optika” deb nomlangan kitobini chiqardi. Unda yorug’likning xususiyatlari, uning tarkibi, umuman olganda bu kitob optikaga bag’ishlangan edi. Nyutonning optika sohasidagi tajribalaridan biri, u quyosh nurini shisha prizma orqali qorong’i xonaga o’tkazib spektrdagi 7 xil rangni hosil qildi. U shuni isbotladiki: Oq yorug’lik tarkibida 7 xil rang mavjud ekan. Nyuton barcha sayyoralar quyosh atrofida aylanishini ilmiy ravishda isbotlab, Keplerning sayyoralar harakati haqidagi qonunlarini tasdiqladi. Nyuton matematika faniga koʻplab qonunlar kiritdi, masalan, kombinatorika elementlari, guruhlash, yoki sonlarni oʻrnini almashtirishdagi usullar soni va hokazolarni fanga kiritdi. Aytishlaricha, Nyuton yoshligidan oʻta kamgap inson boʻlgan ekan. hech qanday ortiqcha yoki behuda gaplar aytishni xush koʻrmas ekan.

12- savol

Rim falsafasi yunon, xususan, ellinistik, falsafiy tafakkurning hal qiluvchi ta'siri ostida shakllangani mantiqan to'g'ri keladi.Rimda yunon falsafasining kengayishiga aniq turtki, uning eng mashhurlari bo'lgan Afina elchilarining tashrifi edi. o'sha paytda (miloddan avvalgi II asr o'rtalarida) mavjud bo'lgan yunon falsafiy maktablari vakillari.

Taxminan shu davrdan boshlab, Rimda ellinistik Yunonistonda shakllangan uchta falsafiy tendentsiya rivojlandi - stoizm, epikurizm va skeptitsizm.

Stoizm. Stoizm respublikada ham, keyinchalik imperator Rimda ham keng tarqalgan. Ba'zan bu Rim davrida yangi ma'noga ega bo'lgan yagona falsafiy oqim hisoblanadi. Uning boshlanishini Selevkiy Diogen va Tars Antipateri (yuqorida aytib o'tilgan Afina elchixonasi bilan Rimga kelgan) ta'sirida ko'rish mumkin. Rimda stoizmning rivojlanishida, shuningdek, o'rta pozitsiya vakillari - Rimda Paneti va Posidonius ham muhim rol o'ynagan, ular Rimda ancha uzoq vaqt ishlagan. Ularning xizmatlari shundaki, ular stoizmning Rim jamiyatining o'rta va yuqori qatlamlarida keng tarqalishiga hissa qo'shgan. Panetiy shogirdlari orasida Kichik Skipio va Tsitseron kabi qadimgi Rimning taniqli shaxslari bor edi.

Panetiy o'z ta'limotining asosiy tamoyillarida asosan eski stoizmga amal qilgan. Shunday qilib, u kontseptsiyaga o'xshash logotiplar kontseptsiyasiga javob beradi, masalan, xuddi shunga o'xshash ontologik qarashlarga sodiq qolgan Krizippda. Axloq sohasida u stoik donishmandning idealini amaliy hayotga biroz yaqinlashtirdi.

Rim stoizmining keyingi rivojlanishiga Posidonius katta ta'sir ko'rsatdi. Ontologiya sohasida u Aristotel ta'limotining asosiy falsafiy muammolarini, shuningdek, tabiatshunoslik va kosmologiya bilan chegaradosh masalalarni ishlab chiqadi. U yunon stoizmining asl falsafiy va axloqiy qarashlarini Aflotun ta'limoti elementlari bilan, ba'zi hollarda esa Pifagor tasavvufi bilan birlashtiradi. (Bu aniq narsani ko'rsatadi

o'sha davr Rim falsafasiga xos bo'lgan eklektizm.)
Epikurning mashhurligi, o'sha davrda yashagan Rim asli, Lucretius Kara (miloddan avvalgi 99 - milodiy 55 -yillar) (Lucretius - ism, Kar - taxallus) ning "Narsalar tabiati to'g'risida" she'ri bilan targ'ib qilingan. Sulla va Meri tarafdorlari va Spartak qo'zg'oloni o'rtasidagi fuqarolar urushi. Lucretius nazariyotchi emas, balki shoir edi; shoirdan ham epikurchi, chunki u o'zi aytganidek, asosiy narsa lazzatdir, deylik, bemorga achchiq beriladi, degan tamoyilga amal qilib, ularni idrok etishini osonlashtirish uchun she'riy shaklda Epikuraning fikrlarini bildirishga majbur bo'lganman, deb da'vo qilgan. dorini asal bilan birga ichish yoqimsiz bo'lmasligi uchun ...
Lucretius Epicurusning ko'pgina qarashlarini tushuntirdi, uning asarlari faqat parchalarda saqlanib qolgan. U atomlar haqida yozgan, ular ko'rinadigan narsalardan farqli o'laroq, yo'q bo'lib ketmasligi kerak, shunda ulardan doimiy ravishda yangi narsa paydo bo'ladi. Atomlar shamol va changning eng kichik zarralari kabi ko'rinmas, lekin ulardan (so'z harflaridan) narsalar, odamlar va hatto xudolar paydo bo'ladi.
Hech narsa xudolarning irodasi bilan paydo bo'lmaydi. Hamma narsa biror narsadan kelib chiqadi va tabiiy sabablarga ko'ra biror narsaga aylanadi. Darhaqiqat, dunyodagi barcha o'zgarishlar tasodifiy, mexanik va odamlarga ko'rinmas atomlarning harakatidan sodir bo'ladi.
Lucretius dunyo evolyutsiyasining ajoyib rasmini hech qanday g'ayritabiiy kuchlar ishtirokisiz sodir bo'ladigan jarayon sifatida tasvirlaydi. Uning fikricha, hayot jonsiz tabiatdan o'z -o'zidan paydo bo'lgan avlod tomonidan paydo bo'lgan. Hamma narsalarning xossalari ular tarkibidagi atomlarning xususiyatlariga bog'liq va ular bizning his -tuyg'ularimizni ham aniqlaydi, uning yordamida inson atrofdagi dunyoni o'rganadi. Ruh va ruh ham moddiy va o'likdir.
Odamlarning ijtimoiy hayoti ularning o'zaro erkin kelishuvining natijasidir. Tangrilar odamlarning hayotiga aralashmaydi, buni yovuzlikning mavjudligi va aybsizlarga jazo berilishi mumkinligi, va aybdorlar saqlanib qolishi dalolat beradi.
Ko'ryapsizmi?

Tabiat faqat bitta narsaga qichqiradi va nimani talab qiladi,

Shunday qilib, azob -uqubat tanasi bilmaydi, lekin fikr zavqlantiradi

Ehtiyotkorlik va qo'rquv ongidan uzoqda bo'lgan yoqimli tuyg'u?

13-savol
Yunonlarning yaratilish tarixi insoniyatning yozma tarixidagi olamning kelib chiqishini tushuntirishga qaratilgan birinchi urinishlaridan biri hisoblanadi.

Afsonaga ko'ra, dastlab faqat betartiblik bo'lgan. Ushbu bo'sh cheksizlikdan Gaia (Yer) va boshqa sevgi, bo'shliq va zulmat kabi mavjudotlar yaratildi.

Gaya osmonni ifodalaydigan Uran ismli o'g'il ko'rdi. Uran Gaiyani urug'lantirdi va shundan 12 ta Titan tug'ildi. Shundan so'ng, bugungi kunda xalqqa ma'lum bo'lgan barcha xudolar paydo bo'ladi, ularning har biri o'ziga xos afsonaga ega, ba'zilari esa boshqalarga qaraganda ko'proq ahamiyatga ega.Minotavr yunon mifologiyasidagi yirtqich hayvon edi, u yarim odam va yarim buqa edi. U ma'buda va Krit buqasi o'rtasidagi ittifoqdan tug'ilgan, bu shahar u yashagan deb aytilgan. U xuddi shu Krit shahrida joylashgan labirintda yashagan.

Afsonalarga ko'ra, u o'sha erda yashagan, chunki shahar shohi Minosga zo'ravonlik xususiyatini hisobga olgan holda, uni yashirish kerak, deb aytgan. Darhaqiqat, u g'ayritabiiy mavjudot bo'lganligi sababli, u odamlarni faqat o'z dietasida iste'mol qilgan.

Afinadagi bir tadbirda Minosning o'g'li tasodifan o'ldirilganda, qirol har yili 14 yosh yigitni Minotavrni boqish uchun yuborishni buyurgan.

Biroq, hikoyaga ko'ra, qahramon Tessus labirintga borgan, yo'lda qolish uchun kalay to'pidan foydalangan va minotavrni o'ldirgan.

sikloplar odam qiyofasidagi, lekin ulkan kattalikdagi va faqat bitta ko'zi bor jonzotlar edi. Tsikloplar orasida eng ko'p tan olingan - Gomerning taniqli adabiy asarida Odissey tomonidan ko'r bo'lgan Polifem. Polifem Poseydonning (dengiz xudosi) o'g'li, qolgan sikloplar esa uning ukalari edi.

Rivoyatlarga ko'ra, ular qonunga unchalik bog'lanmagan yoki yaxshi ijtimoiy urf-odatlarga ega bo'lgan jonzotlar bo'lgan. Ular xudolardan qo'rqmadilar; ular yovvoyi hayotga ega edilar, chunki ular atrofdagilarning yaxshi mol-mulkiga ozgina e'tibor berishgan.Midas hikoyasi - bu ochko'zlikning oqibatlari haqida gapirish uchun ishlatiladigan mashhur afsonadir. Midas katta boylikka ega bo'lgan Frigiyaning qudratli shohi edi.

Biroq, u har doim ko'proq pulni xohlagan, shuning uchun u xudolardan unga tegadigan hamma narsani oltinga aylantirish barakasini berishini so'ragan.
Xudolar Midasning istagini bajardilar, ammo uning yangi qobiliyati la'natdan boshqa narsa emas edi. U ovqat yeyolmasdi, chunki shoh bilan aloqa o'rnatishi bilanoq o'sha ovqat oltinga aylandi. U umidsizlikka tushib, xudolardan uning ochko'zligini kechirishini va uni normal holatiga qaytarishini so'radi.

Xudolar uning tilagini bajardilar. O'sha paytdan boshlab Midas o'z boyligini odamlar bilan baham ko'rishni boshladi, u ancha saxiy shohga aylandi va uning xalqi tomonidan sevildi.


14 savol
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunonislonga tegishlidir.Bu davrdagi falsafiy qarashlar - antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maklabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy - ilmiy, ijtimoiy - ahloqiy talimotlari o`rganiladi. Yunonistonda dastlabki falsafiy talimotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o`rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bolib, o`z davrining yetuk siyosiy arbobi, geogrofi, faylasufi bo`lgan. Fales talimotiga ko`ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido suvdan paydo bo`lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o`zgarishda bo`ladi, Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o`rtalarida yashab ijod etgan.

U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni qo`ygan bo`lsa, Anaksimandr dunyo - cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va ovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishini ta'minlaydi, deb hisoblagan. Uning talimotni zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen (eramizdan avvalgi yillar) havo olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa otov paydo bolgan. Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi yillar) Kichik Osiyoning G`arbiy qirg`og`idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg`unlik yo`q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Abadiy harakat abadiy o`zgarishdir.

Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo`ladi. «Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar o`rtasida urushlarni targib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto`g`ri. Geraklitning fikricha, doimiy o`zgarish, harakat va o`zaro qarama-qarshi tomonlarga o`tish jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog`liq. Masalan, dengiz suvi inson istemoli uchun yaroqsiz bo`lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta'sir ko`rsatgan, Pifagor (eramizdan avvalgi yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o`tgan. U qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsaily maktab, ya'ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o`zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko`chib kelgan, o`sha yerlarda o`z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak.Pifagorchilarning talimotiga ko`ra, olamning asosida modda bam, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. Pifagorchilar birinchi bolib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi, Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bolgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U «tartib». to`g`risidagi ta'limotini yaratib, faqat aristokratlar o`rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol o`ynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir.

Suqrot chindan ham donishmand odam ideali hisoblanadi. Lekin Suqrotning ozi, chinakam donishmandlik ozining sariqchaqaga arzimasligini anglashdadir, deb uqtirgandi. U Yunonistonda, Afinada taxminan eramizdan avvalgi 470- yillarda tugilgan. Uning bolaligi va ota-onasi togrisida ma'lumot juda kam. U ozidan keyin hech qanday asar qoldirmagan. Biroq uning shogirdi, qadimgi yunon faylasufi Aflotun Suqrot ta'limoti va goyalarini ustozi hayotidan olingan lavhalar bilan uygunlashtirib, muloqot shaklida bayon qilib bergan.

Aflotun ta'kidlashicha, Suqrot butun vaqtini Afina bozorlarida, oz sozlarini tinglashga rozi bolgan har qanday odam bilan gaplashib otkazardi. U, ayniqsa, biron-bir masalada ozining qat'iy fikriga ega bolganlar bilan suhbatlashishni yoqtirardi. Suqrot bunday odamlarga yol-yolakay savollar berib, ularni gaplashishga majbur qilar, song esa ular bu qadar ishonch bilan fikr yuritayotgan masalada johil ekanliklarini korsatib berardi. Shu bois savollar berish orqali bahs olib borish uslubi Suqrot uslubi, degan nom oldi. Uning asosiy hayotiy qoidasi «Oz-ozingni anglab yet» qoidasi bolgan.

Afinaliklar ozlaryning olam togrisidagi asosiy goyalarini Suqrot rad etganligi tufayli uni yoqtirishmasdi. Ular Suqrotga u xudolarga, haqiqatga va adolatga ishonmasligini aytishardi. Eramizdan avvalgi 399- yilda dushmanlar uni Afina yoshlarini buzishda hamda diniy majburiyatlarini mensimaslikda ayblab, sudga chaqiradilar. Bunday ayblovlarga hech kim ishonmasdi. Buni Suqrot ham yaxshi bilardi. Uning sudda ozini himoya qilib sozlagan, keyinchalik Aflotun tomonidan yozib olingan nutqi mardona, hazil va istehzoga boy edi. U oziga olim jazosini tayinlashlarini bilgani holda, ozini haqiqatni topishga bagishlab, avvalgidek yashayverishi darkorligini bayon etadi. Suqrot ozining songgi kunini ham dostlari bilan jonning abadiyligi togrisidagi masalani muhokama qilgan holda hibsda otkazdi. U oziga berilgan, ogu solingan idishni dadil qolga olib, aslo ikkilanmay, sipqarib yuboradi. Dostlari koz yosh qilishadi, ammo Suqrot ulardan sukut saqlashni iltimos qiladi hamda mamnun lablarida tabassum bilan jon taslim qiladi.

Arastu (Aristotel) Qadimgi Yunonistonda buyuk kishilardan bolgan. U hamma davrlarda yashab otgan buyuk faylasuflar sirasiga kiradi. Arastu faylasuf Aflotun huzurida yigirma yilga yaqin ta'lim oladi. Aflotun vafot etgandan song Arastu oz ta'lim uslubini rivojlantira boshlaydi. U amalda inson duch keladigan barcha muammolar bilan qiziqardi. Aql qay tarzda ishlaydi? Haqiqat qayerda-yu yolgon qayerdaligini qanday ajratib olishimiz mumkin? Hokimiyatning qanday shakli afzalroq? Arastu atrof muhitni kuzatgan va dalillar toplagan holda bu savollarga javob topishga intildi. U har bir hodisa ozining mantiqiy izohiga ega deb hisoblagan hamda tadqiqotlar va kuzatuvlardan hu$sm chiqarib, uni ta'riflab bergan ilk olimlar qatorida turadi. ARASTU

Arastu oz maktabiga asos soladi va unga «Liseum» deb nom beradi. U har bir kishi yaxshi va foydali yashab otish imkoniyatini bilish yoli bilan olamda oz ornini egallashi mumkinligiga ishontirishga harakat qiladi. U yoshlik va qarilik oraligidagi umrga «oltin ortalik»ka ishonardi. Guvohlik berishlaricha, Arastu astronomiya, fizika, poeziya, zoologiya, notiqlik san'ati, biologiya, mantiq, siyosat, boshqaruv, axloq ilmi boyicha tort yuzga yaqin asar yozgan. Arastu asarlarini butun jahonda odamlar yuzlab yillar davomida oqib- organishmoqda. Hyech bir olim shuncha uzoq davr mobaynida odamlar tafakkuriga bu qadar ta'sir kursatmagandi. Hozirgi olimlar Arastuning ikki ming yildan ziyodroq vaqt ilgari olib borgan kuzatishlari bugungi kun nuqtai nazaridan ham togri ekanligini tasdiqlashmoqda. U har bir fikr isbotlanishi darkorligini hamda bilimlar asosi dalillar ekanligini bizga anglatadi.

15 savol
kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041—48-yillarda amalga oshi-rilgan.

Yevropada bosma kitob ixtirochisi logann Gutenberg bo’ldi. Uning hayoti to’g'risida ma'lumotlar juda oz. Biz ixtirochi Germaniyaning Mayns shahrida 1394-99-yillar orasida tug'ilganligini, Strasburg shahrida usta bo’lib ishlaganligini bilamiz, xolos. Gutenberg o’z ixtirosini yashirincha tayyorlagan.

Xo’sh, Gutenberg nimani ixtiro qildi?

Gutenberg yog' siqib chiqarish uchun mo’ljallangan oddiy pressni bosmaxona dastgohiga aylantirdi va uni kitob bosishga moslashtirdi. Ammo asosiy narsa bunda emas, balki matndan xohlagan miqdorda nusxa ko’chirishga imkon beruvchi bosma shaklni ixtiro etganligida. Bu ixtiro tezda butun dunyoga yoyildi. 15-asr oxiriga kelib Yevropaning o’nlab shaharlarida kitoblar bosilib chiqdi. Bu birinchi kito-blarning ko’pi saqlanib qolmadi.

16 -savol
Oʻrta asr, oʻrta asrlar — tarix fanida jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi bilan yangi tarix oraligʻidagi davrni ifodalash uchun qabul qilingan atama. Oʻrta asr tushunchasi 15—16-asrlarda italyan tarixchilari asarlarida vujudga kelgan, fanda 18-asrdan qaror topgan. Dastlab Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari tarixiga nisbatan ishlatilgan. Oʻrta asrlar V asrdan XVasrgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Milodiy 476-yilda gʻarbiy rim imperiyasi qulagandan soʻng oʻrta asrlar boshlangan. Oʻrta asrlar 2davrga boʻlinadi:ilk oʻrta asrlar va rivojlangan oʻrta asrlarga boʻlinadi. Ilk oʻrta asrlar davri V-XI asrlarni oʻz ichiga oladi. Rivojlangan oʻrta asrlar esa XI-XV asrlarni oʻz ichiga oladi.O‘rta asrlar» atamasi - «medium awum» Antik («qadimgi») davr bilan Renesans (antik madaniyatning «tiklanishi») o‘rtasidagi vaqt oralig‘ini Jaholat davri sifatida ko‘zdan kechirganlar tomonidan retrospektiv (o‘tmishga qaratilgan) tarzda berilgan.

«O‘rta asrlar» atamasi deyarli yangi termin bo‘lib, XVI-XVII asrlarda o‘tgan tarixchilar tomonidan kiritilgan. Tarixchilar esa, til va adabiyot mutaxassislarining lotin tilini qadimgi, o‘rta va yangi (Renesans yoki Uygonish davri - yangi davr deb atalgan) til deb olgan tushunchalari asosida tarixiy davr qilib olganlar. Bu atama tarix sahifalarida XVIII asrda uzil- kesil qaror topgan.

O‘rta tarix yoki o‘rta asrlar tarixi deb atalgan tarixning vaqt chegaralari fanda tarixchilar tomonidan turli vaqtlarda turlicha belgilanib kelingan. Masalan, ayrim tarixchilar o‘rta asrlar tarixini Buyuk Konstantin podshoxlik qilgan (306-337 yy.) IV asr boshlaridan boshlanib, 1453 yildagi Konstantinopolning qulashi bilan tamomlaydilar. Ba’zi tarixchilar, ya’ni XIX asr tarixchilari o‘rta asrlar tarixini chegaralashda 476 yildan, ya’ni G‘arbiy Rim imperiyasining qulashidan boshlab, 1492 yilda Amerika qi’tasini kashf qilingan yilni oxirgi chegara deb hisoblaydilar.

17- savo
Buyuk Karl ilgari surgan umumiy islohotlar ba'zi tarixchilar "Karolinglar Uyg'onishi" deb nomlagan narsalarning boshlanishi edi. Imperator o'z chegaralarida bilimlarni rivojlantirishga katta qiziqish ko'rsatdi.

Tez orada Buyuk Karl o'zi qurmoqchi bo'lgan imperiyaning rivojlanishiga erishish yo'lini o'rganayotganini tushundi. Shu sababli u davlat maktablarini yaratishga ishonch hosil qildi, shuningdek, ziyolilar va rassomlarni o'zlarini turli xil o'qish va vazifalarga bag'ishlashga da'vat etdi.

ad
Akademiklar, rassomlar, mualliflar va me'morlarning ulkan o'sishi kuzatildi, ularning asarlari imperiyaning barcha burchaklarida, ayniqsa Buyuk Karl uchun tanlangan Axen shahrida rivojlandi.

Uning g'alabalari, shuningdek, boshqa madaniyatlar bilan aloqa o'rnatganligi va ularning bilimlari va texnologiyalarini qanday rivojlantirganligini ko'rish imkoniga ega bo'lganligi sababli, monarxning islohotchi qarashlariga katta ta'sir ko'rsatdi.

Charlemagne ta'lim byudjetini oshirishga qaror qildi va cherkovni ta'lim muassasasi sifatida tasarruf etdi.

O'qish va yozishni biladiganlar asosan katolik cherkovining a'zolari edilar, shu sababli u ularga monastirlar va abbatliklar yonida tashkil etilgan maktablar va ta'lim muassasalarini ishonib topshirdi.

ad
Oqibatlari


Buyuk Karl G'arbiy Evropaliklar uchun juda xilma-xil kelib chiqadigan, ammo keyinchalik uning nazorati ostida bo'lgan umumiy madaniyatni yaratishga qiziqish bildirgan. Lotin tilining tarqalishi lingua franca bu, ayniqsa, qo'shgan hissalaridan biri edi.

Buyuk Karlning ta'lim sohasidagi o'zgarishlari orasida diniy, ma'muriy va huquqiy sohalarda yozma hujjatlardan foydalanishning ko'payishi bor edi. Bunga asosan qirollikda savodxonlik darajasi oshgani sabab bo'lgan.

Klassik yoki diniy matnlar kabi eng muhim kitoblarning ko'p nusxalarini saqlab qolish uchun ko'plab matnlarni ko'paytirish markazlari ham yaratilgan. Xuddi shu tarzda, kitob do'konlari soni sezilarli darajada oshdi.

Buyuk Karl o'z farzandlari va nabiralarini ixtiyoridagi eng taniqli o'qituvchilar tomonidan o'qitishni buyurdi va o'zi ritorika, dialektika, grammatika, arifmetik va hattoki astronomiya kabi turli sohalarda saboq oldi.

tarixchi-rohib Eyngard asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Eyngardni ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamondoshlari “mehnatsevar chumoli” deb ataganlar. Saroy akademiyasining у ana bir a’zosi Alkuin va uning shogirdlari maorifni yo-yishda katta xizmat qilgan. Aytishlaricha, Karlning o’zi ham lotin hamda yunon tillarini mukammal bilgan.781 йилда Алcуин Буюк Карлнинг Ахенга ўша даврнинг етакчи олимлари йиғилишига бориш таклифини қабул қилди. Ушбу учрашувдан сўнг у Ахендаги Буюк Карл сарой мактабининг раҳбари етиб тайинланди ва у ерда у Каролинг минускуласини ишлаб чиқди, бу аниқ ёзув бўлиб, ҳозирги Рим алифбосидаги ҳарфлар ёзилишининг асосига айланди. Ахенни тарк етишдан олдин Алcуин ҳозирда Олтин хушхабар деб номланган Каролинг кодексияларининг енг қиммати учун жавобгар еди. Булар асосан олтин рангда, кўпинча бинафша рангли веллумда ёзилган бир қатор ёритилган дурдоналар еди.
Каролинг минускулининг ривожланиши, билвосита бўлса ҳам, математика тарихига катта таъсир кўрсатди. Бу ескисига қараганда анча ўқиладиган скрипт еди жойлаштирилмаган капитал скрипт бундан олдин ишлатилган ва натижада математик асарларнинг аксарияти 9-асрда ушбу янги скриптга янги кўчирилган. Қадимги юнон математикларининг омон қолган асарларининг аксарияти ушбу нусха кўчириш жараёни туфайли шундай қилишади ва бу минускула ёзувида ёзилган ва омон қолган ъ сўнгги ъ версиясидир.
Алcуин нафақат Ахендаги Буюк Карлнинг сарой мактабининг директори, балки у Буюк Карлнинг шахсий дўсти еди ва икки ўғлининг ўқитувчиси бўлди. Аслида Алcуин Ахенда икки давр, 782 йилдан 790 йилгача ва ундан кейин яшаган

18 -savol


Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning taʼlimoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan qilishni sevgan tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli taʼsir koʻrsatdi. Arastu ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. Oʻzining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning gʻoyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma yerda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik – fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin.

Arastu olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini toʻrt guruhga boʻladi: 1) moddiy sabab yoki materiya; 2) shakliy sabab yoki shakl; 3) yuzaga keltiruvchi sabab; 4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garchi Arastu materiyani dastlabki sabablardan biri, deb eʼtirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan uch sababni esa – faol sabab, deb hisoblaydi. Masalan, uning fikricha, shaklsiz hech qanday narsaning boʻlishi aslo mumkin emas, shakl – borliq mohiyatidir, shakl – abadiy, oʻzgarmas va moddiy sababdan ustunroqdir. Yuzaga keltiruvchi sabab harakat yoxud turgʻunlik manbaidir. Harakat, deydi Arastu, biron-bir narsaning imkoniyatdan voqelikka oʻtishidir. Harakatning toʻrt turi bor, bular: sifatli harakat yoki oʻzgarish; miqdoriy harakat yoki koʻpayish va kamayish; joyni oʻzgartirish yoki makondagi harakat; vujudga kelish va yoʻq boʻlishdan iborat. Oxirgi sabab yoki maqsad – harakat, oʻzgarish, inson faoliyatining oqibatidir.

Arastu taʼlimotiga binoan, xudo – oʻz qonunlari boʻyicha rivojlanayotgan barcha shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma mavjud narsalarning oliy maqsadi, „shakllarning shakli“, maqsadi, olamni harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. Arastu nazariyasiga koʻra, har qanday real mavjud boʻlgan ayrim narsa „materiya“ bilan „shakl“ning birligidan iborat, „shakl“ esa narsaning oʻziga xos „koʻrinishi“dir, unga ham „materiya“, ham „shakl“ deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe olam „materiya“dan – „shakl“ ga va „shakl“dan – „materiya“ga izchil ravishda oʻtish jarayonidan iborat.

Arastu bilish haqidagi taʼlimotida „dialektik“ bilish bilan „apodiktik“ bilishni bir-biridan farqlaydi. „Dialektik“ bilish – tajriba samarasi boʻlmish „fikr“ni, „apodiktik“ bilish esa ishonchli bilimni vujudga keltiradi. Ammo Arastu tajribani ishonchli bilimning oliy darajasi, deb hisoblamaydi, uning fikricha, bilimning eng oliy qonun qoidalari bevosita aql vositasidagina idrok etiladi.

Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va „analitika“ deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno qonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq „ilk falsafa“ („metafizika“) bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi. Biologiya sohasidagi Arastu ilmiy xizmatlaridan biri – oʻsimlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi taʼlimotidir. Oʻsimliklarning urugʻdan oʻsib-rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, aʼzolarining oʻzaro mutanosib ravishda harakat qilishi – tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.
Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari:

"Politika",


„Gʻoyalar haqida“,
„Farovonlik haqida“,
„Birinchi analitika“,
„Ikkinchi analitika“,
"Organon",
"Fizika",
"Metafizika",
"Jon haqida",
"Nikomax axloqi",
„Yevdem axloqi“,
„Axloqi kabir“,
„Ekonomika“,
„Etika“,
"Poetika",
"Ritorika".
Strabon (Strabon) (mil. av. 64/63 — mil. 23/24) — yunon geografi va tarixchisi. Koʻp sayohatlar (Yunoniston, Kichik Osiyo, Italiya va Misr) qilgan. Antik davr geografik bilimlari yakuni boʻlgan "Geografiya" (mil. av. taxminan 7y., 17 kitobdan iborat) va "Tarixiy xotiralar" degan (bizgacha yetib kelmagan) asarlar muallifi. Asarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa, Kichik Osiyo, Shimoliy va Sharqiy Qora dengiz sohillari haqida geografik maʼlumotlar toʻplangan. Shu bilan birga asarda koʻplab tarixiy, etn. maishiy tafsilotlar keltirilgan, xususan, Qrim yarim orol va Dnepr boʻyiga kelib joylashgan qabilalar, skiflar, roksolanlarning xoʻjaligi va maishiy turmushi haqida, Shimoliy va Sharkay Qora dengiz sohillarida joylashgan antik shaharlarning qurilishi, turmushi, xoʻjaligi, tarixi, Bosfor davlatining tarixi va xoʻjaligi haqida qimmatli maʼlumotlar joylashgan. "Geografiya"da, shuningdek, qad. Oʻrta Osiyo geogr.si, unda yashagan qabilalar (saklar, parfyanlar, baqtriyaliklar, daxlar va boshqalar) va ularning urfodati, tili, Buyuk ipak yuli oʻtgan joylar haqida qimmatli maʼlumotlar ham bor.

19 savol


Turli ko‘rinishlardagi to‘siqlarga qaramasdan fan bu davrda o‘zidan oldingi davrlarga nisbatan ancha ilgarilab ketganligini e’tirof etish mumkin. Ilm-fanning rivojlanishi ko‘proq ishlab chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan zaruriyat va ijtimoiy taraqqiyotga intilishdan kelib chiqadi. Vizantiya imperiyasida imperator Yustinian I (527-565 yy.) xukmronligi davrida juda ko‘plab jamoat binolari qurildi. Ilk Vizantiya arxitekturasi orasida eng muhimi 532-537 yillarda qurilgan avliyo Sofiya ibodatxonasi arxitektura san’atining yuksak namunasidir. Bunda hashamatli badiiy yodgorlik qurilishi jarayoni orqali arxitekturaga doir o‘nlab fanlarning rivojlanayotganligini ko‘rish mumkin. Yustinian davrida yirik tarixchi Prokopiy Kesariyskiy forslar, gotlar va boshqalar bilan bo‘lib o‘tgan urushlar haqida «Urushlar tarixi» va «Qurilishlar», «Sirli tarix» singari asarlari bilan Vizantiyada tarix fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Vizantiyaning VI asrda o‘tgan yana bir tarixchisi Agafiy o‘zining «Yustinianning podshohlik qilishi» asarida Prokopiy asarlariga ancha muhim qo‘shimchalar kiritdi, ularni to‘ldirdi, o‘rnida u bergan ma’lumotlarni tasdiqlab o‘tdi.

Vizantiyaning VI asrdagi yirik olimlari: Aleksandr Tallskiy va Pavel Eginskiylar tibbiyot, Isidor Miletskiy va Anfimiy Trallpskiy (bular avliyo Sofiya ibodatxonasining asosiy quruvchilari bo‘lgan) matematika-mexaniqa, Kozma Indikoplavt geografiya singari aniq fanlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. Indikoplavt asarlarida geografik noaniqliklar bo‘lishiga qaramasdan, u Afrika va Hindiston, Qizil dengiz va Hind okeani haqida fanga bir qancha qimmatli ma’lumotlar bergan. Uning koinotga nisbatan geosentrik qarashlari o‘rta asr faniga qo‘shgan buyuk xizmati bo‘ldi.

IX-XI asrlarda Vizantiya olimlari qadimgi dunyoning fan, san’at, adabiyotga oid asarlarini to‘pladilar, muttasil o‘rgandilar va ulardan turli to‘plamlar tuzdilar.

Imperator Konstantin VII Bogryanorodniy (912-959 yy.)ning «Imperiyani idora qilish to‘g‘risida», «Marosimlar to‘g‘risida», «Femlar to‘g‘risida» singari kompilyativ (ulama-qurama) asarlari hozirgacha saqlanib qolgan. Bu asarlarning qimmati shundaki, unda Vizantiya bilan qo‘shni bo‘lgan mamlakatlar va ularning halqlari tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.

Konstantin VII dan ilgari o‘z zamonasining eng atoqli asarlar to‘plovchisi, bibliofil1 va epsiklopedisti patriarx Fotiy (820-891 yy.) bo‘lib, u o‘zidan keyin «Miriobiblion» deb atalgan to‘plam qoldirgan, bu to‘plamga qadimgi yunon mualliflarining 800 ga yaqin asarlaridan ko‘chirmalar kirgan bo‘lib, ularning har qaysisiga tegishli sharhlar berilgan.

Vizantiyada VI-IX asrlarda yilnomalarni yozish rivoj topdi. Atoqli voqeanavislar: Ioann Malala, Feofan va Georgiy Amartollarning asarlari slavyan tiliga tarjima qilingan bo‘lib, bu asarlar ko‘pgina yilnomachilarning asarlarida ham tilga olinadi.

Vizantiyada dunyoviy adabiyot: qissalar, dostonlar, hajviy asarlar ham mavjud bo‘lib, adabiyot fanning turli sohalarini rivojlantirishga katta xissa qo‘shgan. Adabiy yodgorliklardan biri o‘z davrining muxim bir soxasi agiografik2 -asarlar bo‘lib, o‘rta asrlar Vizantiyasining turush-turmushi xaqida fanga aniq ma’lumotlar beradi. Bular o‘z-o‘zidan keyingi davr fan va texnikasi taraqqiyotiga poydevor bo‘lib xizmat qildi.

O‘rta asrlarda Sharq dunyosida fan va texnika.

O‘rta asrlarda arab madaniyati deb atalgan Sharq halqlari madaniyatining jaxon sivilizatsiyasiga qo‘shgan xissasi beqiyosdir. Sharq halqlari olimlari Aristotel (er.avv. 384-322 yy.), Gippokrat (er.avv. 460-375 yy.), Ptolimey, Yevklid (er.avv. III asr), Epikur (er.avv. 341-270 yy.) asarlarini yaxshi bilar edilar.

Arab matematikasi, astronomiyasi, meditsina va boshqa fanlari G‘arbiy Yevropa ilm-fani taraqqiyoti jarayoniga muhim ta’sir qildi. Arab Sharqi matematika fani sohasida geometriya, trigonometriya fanlarini rivojlantirdi. Butun G‘arbiy Yevropa tibbiyoti uchun o‘rta asrlar davomida Arab Sharqi tibbiy bilimlari dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy.) tibbiyot, fiziologiya, fizika, falsafa va boshqa fanlarni rivojlantirishga o‘zining 450 dan ortiq asarlari bilan xissa qo‘shgan buyuk olimdir. Arablar xind raqam sistemasini takomillashtirib, «O» (nol) alomatini qo‘shdilarki, bu bilan matematika fani sohasida buyuk kashfiyot bo‘lib, har qanday katta sonni ham ifodalash imkoni tug‘ildi.

Xind fani o‘rta asrda xind munajjimlarining nomi va shuxratini dunyoga dong taratdi. V-VI asrlarda yashagan, yunon fani bilan tanish bo‘lgan xind olimlari: Aroyavxata, Varahamixira va Braxmaguptalarning fanga qo‘shgan xissalari katta bo‘ldi. Bu davrda Hindistonda tibbiyot fani, ayniqsa giyohlardan dori-darmonlar tayyorlash va ular orqali turli kasalliklarni davolash yuksalib bordi.

IV asr oxiri V asr boshlarida mislsiz iste’dod egasi, xind shoiri Kalidasa afsonaviy va tarixiy mavzularda ko‘plab drama asarlari yozdi. «Olqishlangan Shakuntala» dramasida nazokatli, yo‘lda uchragan xar qanday to‘siqlarni yenga oladigan jasoratli oddiy xind ayoli obrazini yoritib bergan. Bu drama G‘arbiy Yevropani o‘ziga tortib, dunyodagi asosiy tillarning barchasiga tarjima qilingan asarlardan biri bo‘ldi.

Xitoy eng qadim zamonlardayoq ilm-fan rivojlangan mamlakatlardan biri sanaladi. O‘rta asrlarda fanda erishilgan buyuk kashfiyotlardan VIII asr boshlarida Xitoyda «Poytaxt axboroti» nomli gazeta nashr qilina boshlandi, u xukumatning rasmiy gazetasi bo‘lib, bu gazeta XX asrning boshlarigacha nashr qilib kelindi.

Xitoyda dunyodagi eng qadimgi ilmiy muassasalardan biri hisoblangan Xanlin fanlar Akademiyasi VIII asrda tashkil qilingan bo‘lib, u fanlarning matematika, astronomiya, geografiya, tarix soxalarini juda yaxshi rivojlanishiga xissa qo‘shdi. Kompasni va poroxni xitoyliklar IX-X asrlarda ixtiro qildilar, filologiya fanlari bo‘yicha lug‘at tuzish, grammatika va sintaksis shakllarini taqqoslab o‘rganish yuksaldi.

Ilk o‘rta asrlarning fan va madaniyati
Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolonya shahrida),
Angliyada (Oksford shahrida), Fransiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va
studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporatsiyasi)dan iborat edi. Keyinchalik XIII asrda
bu korporatsiyalar o‘z-o‘zini idora qilish huquqini saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy
tasdiqlandi. Cherkov esa universitetni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o‘qituvchilik huquqini

berishni o‘z ixtiyoriga oldi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o‘quv muassasasiga aylanib qoldi. XIV—


XV asrlarga kelib universitetlar Yevropa mamlkatlarining hammasida ochilgan edi.
O‘rta asr universitetlarida to‘rt fakultet bo‘lar edi. Tayyorlov fakultetida “etti erkin san’at” (travium
va kvadrilium) fanlari o‘qitilar edi. Bu fakultet o‘rta maktab vazifasini bajarardi. Bu fakultetda 6—7 yil
o‘qib, “san’at magistri” darajasini olar edi. Shundan so‘ng ular asosiy uch fakultetdan birida: ilohiyot,
medisina yoki yuridik fakultetida o‘qishni davom ettirish imkonyatiga ega bo‘lar edi. Bu faultetlarda o‘qish
muddati 5—6 yil bo‘lib, uni tamomlaganlar doktor, yoki olim unvonini olar edi.
O‘rta asr universitetlari cherkov nazorati ostida ishlaganliklari oqibatida sxolistika ruhidagi
maktabga aylanib qolgan edilar. Bunda atrof-tevarakda real fakt va hodisalarni o‘rganish bilan emas, balki
cherkov ruhoniylari tomonidan ma’qullangan va tavsiya qilingan kitoblarni yodlab olish bilan
shug‘ullanardilar. Shu sababdan bunda o‘qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo‘lib qoldi. Universitetlarda
o‘qitish metodlari leksiya, cherkov tomonidan tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput
(munozara)lardan iborat edi. Universitetlarda o‘qish faqat lotin tilida olib borilar edi.
Universitet ta’limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan qat’i nazar, O‘rta asr
universitetlari Yevropa madaniyatining rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Ular ma’rifat tarqatish va o‘sha
davrdagi ma’lumotli kishilarni yetishtirishda katta xizmat qildi.
Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. XII—XIII asrda bir qancha G‘arbiy
Yevropa mamlakatlarida oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo‘la
boshlaydi. Universitetlarning vujudga kelishiga o‘sha vaqtlarda ko‘p yevropaliklarning arab madaniyati
(xususan, medisina va falsafa) bilan tanishuvi katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G‘arbiy
Yevropa feodallarining XI asr oxirida Sharqdagi arab musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan harbiy
harakatlari sabab bo‘ldi. O‘sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ma’rifat G‘arbiy Yevropadagi
madaniyatga nisbatan ko‘p jihatdan taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo
qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun ma’lum darajada
namuna bo‘ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida
tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, medisina fanlari o‘qitilar edi.
Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan ko‘p talabalar Kordovada o‘qib, oliy ma’lumot olardilar.
Shuningdek, katolik va cherkov aqidalariga xilof bo‘lgan turli diniy ta’limot va bid’atlar ham
Yevropada universitetlar tashkil qilinishiga ta’sir etdi, chunki mana shu bid’atlarga qarshi kurash olib
boradigan oliy ma’lumotli katolik ruhoniylarga ehtiyoj tug‘ildi. Mavjud cherkov maktablari esa, bunday
xodimlar tayyorlash vazifasini bajara olmas edilar. Katolik cherkoviga xilof diniy ta’limotlarning tarqalishi
va rivojlanishi munosabati bilan katolik cherkovi maorif ishini batamom o‘z qo‘liga olishga majbur bo‘ldi.
Natijada katolisizmga sodiq bo‘lgan oliy malakali o‘qituvchilarga ham ehtiyoj yuzaga keldi.
Universitetlarning paydo bo‘lishiga yana bir sabab shu ediki, Yevropada katta davlatlar barpo
qilinganligi va markazlashtirilgan monarxiya hokimiyatining kuchayganligi munosabati bilan ilmli va
yuksak malakali huquqshunoslarga talab tug‘ildi. Mazkur sabablardan tashqari XII-XIII asrlarda G‘arbiy
Yevropa hayotida yuz bergan iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, ya’ni hunar va savdoning rivojlanishi,
shaharlarning o‘sib borishi va shunga bog‘liq holda dunyoviy shahar madaniyatining taraqqiy qilib borishi,
xalqaro aloqalarning kengayishi, yoshlar o‘rtasida oliy ma’lumot olish harakatini tug‘dirdi, bu hol o‘z
navbatida universitetlarning paydo bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

20-asr boshidagi yirik kashfiyotlar va ixtirolar. 20-asrning muhim ixtirolari


20-asrda ko'plab ilmiy kashfiyotlar amalga oshirildi, bu avvalgi davrlarga qaraganda ko'proq. Insoniyatning bilimi yildan-yilga barqaror o'sib bormoqda, agar rivojlanish sur'ati davom etsa, bizni yana nima kutayotganini tasavvur ham qilib bo'lmaydi. 
20-asrda asosiy kashfiyotlar asosan ikki sohada amalga oshirildi: biologiya va fizika. 
Keling, yigirmanchi asrning eng muhim kashfiyotlarini ko'rib chiqaylik.

Yüklə 230,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin