HURMATLI BILIMDON! BAHOR MUBORAK BO`LSIN! QALBINGIZ BAHOR KABI YOSHARIB, UMRINGIZ QUVONCHLARGA YUZ TUTSIN! ARZIMAS SOVG`AMIZNI QABUL QILING!!!
MANZIL: RANCHONING RANCHOSI KANALI
MUALLIF: ANOROV BAHODIR (@rancho1993)
1 . Saylov jarayoniga chet davlatdan mehmonlar yoki kuzatuvchilar taklif etilishi odat tusiga kirgan. Xo`sh, 1 ta saylov uchastkasida nechta odam bo`ladi? O`sha uchastkani kuzatish uchun nechta xorijlik mehmon jalb qilinadi? Har qanaqasigayam saylovda ovoz beruvchilar xorijlik kuzatuvchilardan ko`ra ancha ko`p. Diqqat savol: Qayerdagi saylovda kuzatuvchilar soni ovoz beruvchilar sonidan ikki barobar ko`p bo`lgani kuzatilgan?
Javob: Xalqaro Kosmik Stansiyada!
Izoh: Bitta rus kosmonavti saylovda ovoz berayotganda uning yonida ikkita amerikalik astronavt bor edi!
2. Filmni suratga olish jarayonida bosh qahramonni o`ynayotgan aktyor kutilmaganda timsohlar to`la ko`lga tushib ketadi. Yaxshiki, aktyor bu holatda zarracha zarar ko`rmaydi. Kim u aktyor?
Javob: Jonni Vaysmyuller!
Izoh: U Tarzan rolini o`ynayotgan edi. O`sha paytda u suzish bo`yicha Olimpiada chempionligini qo`lga kiritgan!
3. ,,Arsenal” futbol klubi tashkil etilgan paytlari darrov mashhur bo`lib ketmagan. Bilasiz, u paytlari reklama juda rivojlanmagan edi. Ammo, 1928-yili amalga oshirilgan bir ish ,,Arsenal” klubini oddiy xalq orasida mashhur qilib yubordi. Bu ish qayerda amalga oshirilgan?
Javob: Metroda!
Izoh: ,,Gillespi Roud” metro bekatini ,,Arsenal” deb qayta nomlashgan. Asosan metroda yuruvchi oddiy xalq shundan so`ng klub nomini eshita boshlagan va asta-sekin samara keltirgan!
4. Pishloq tayyorlab ko`ramiz. Deyarli barcha tayyorlaydigan pishloqlarimiz tarkibida shirdon suvi fermenti bor. Bu fermentni oshqozondan olishadi. Ammo, panir nomli pishloq turida shirdon suvi fermenti yo`q. Shu sababli u bir mamlakatda juda mashhur. Qaysi mamlakatda?
Javob: Hindistonda!
Izoh: Bu ferment buzoq oshqozonidan olinadi. Hindlar esa buni yeyishlari mumkin emas!
5. Bu hayvonning belida mukammal ishlovchi aylana shakldagi muskul joylashgan. Uning miyasida faqat hid sezish xonasi yaxshi ishlaydi. Qaysi jonivor?
Javob: Tipratikan!
Izoh: Muskul yordamida tezda yumaloq shaklga o`tadi. Ko`zi yaxshi ko`rmaydi, hidni yaxshi sezadi!
6. 1970-yillarda Keniyaga qo`shni mamlakatlar urush girdobida qolishdi. Keniyaning o`sha paytdagi siyosiy shiori mahalliy aholi va mamlakatga kelgan qochoqlarni tinchlanishga undardi. Bir necha yillar oldin qirol oilasi vakiliga bu shiorni tushuntirib berishganiga guvoh bo`lganmiz. Qirol oilasi vakilining ismini ayting.
Javob: Simba!
Izoh: Shior: ,,Hakuna Matata” (,,G`am-tashvishlarsiz yasha”).
7. 1986-yili irland qasrida bir necha kun davomida signalizatsiya ishlab ketaverdi. Sabr kosasi to`lgan politsiya oxiri signalizatsiyani o`chiradi va shu kuni qasrni tunab ketishadi. Diqqat savol: Qaysi aktrisa jinoyatchilardan minnatdorchilik xatini oladi?
Javob: Odri Xepbyorn.
Izoh: ,,Qanday qilib millionni o`g`irlash” filmida rol ijro etgan!
8. 70-yillarda g`aroyib plastinka chiqarilgan. 40 davomida sukunat hukm surar, oxirida esa qarsaklar ovozi quloqni qomatga keltirar edi. Plastinka nomida qaysi inson ismini ko`rish mumkin?
Javob: Marsel Marso!
Izoh: Pantomima qiroli
9. DUPLET!
1 . Kosmodromlardan raketa uchirishayotganda sharqqa qarab uchirishni afzal ko`rishadi. Nega?
Javob: Ular Yerning aylanishini hisobga olishadi. Sharqqa qarab uchirishsa, raketaga qo`shimcha tezlik berish mumkin.
2. Lekin ba`zi davlatlar ,masalan, Isroil o`z raketalarini g`arb yo`nalishida uchirishadi. Nega?
Javob: Ularning sharqida joylashgan davlatlar bilan aloqalar yaxshi emas. Bunday qilish xavfli!
10. Koreys topishmog`i: U osmondan xat olib keladi! Uni ayting!
Javob: Xazonrezgi!
11. Bu davlatda aholi taqsimoti quyidagicha: 5-o`rinda serblar, to`rtinchi o`rinda slovaklar, uchinchi o`rinda chexlar turgan. Bundan tashqari xorvatlar va ukrainlar ham bor edi. Diqqat savol: 1- va 2-o`rinda kimlar?
Javob: avstriyaliklar va vengriyaliklar!
Izoh: Davlat Avstriya-Vengriya
12. Fransiyalik bokschi Jan Bo bir mashhur insonning iltimosiga binoan yuziga o`ychan tus beradi. Kim undan bu ishni qilishni so`ragan?
Javob: Ogyust Roden!
Izoh: Shu tariqa mashhur ,,Mutafakkir” haykali yaralgan!
13. O`rta Osiyo xalqlari ko`pincha beshiktebratarlarni uy hayvoni sifatida saqlashadi. Bundan ko`zlangan maqsad nima?
Javob: Ular chayonni yeydi!
14. Bir necha o`n yillar oldin hayvon o`rgatuvchi Kapellini huzuriga tomoshadan so`ng bir inson keladi. Jiddiy ko`rinishli bu odam Kapelliniga bitta savol beradi: Maymunga oyoq kiyim kiyishni o`rgatish uchun qancha vaqt ketadi? Taxminan uch oy, lekin ba`zida bu harakatlar hech qanday samara bermasligi ham mumkin – deydi Kapellini. Diqqat savol: Shundan keyin kelingan qaror natijasini aniq ayting.
Javob: Kosmosga itlar uchirilgan
15. Marhamat yapon anjomi olib chiqilsin. Bu anjom bilan belni himoya qilish mumkin. Yaponchada ,,seIta” deyiladi. Bu so`z yapon tilida ikki ieroglif bilan yoziladi. Siz menga insonga xos bo`lgan ikki ieroglifdan birini ayting.
Javob: Qo`rqoqlik!
Izoh: Buni qo`rqoq odam taqadi degan ma`noda!
16. Uning birinchi turmush o`rtog`i kelishgan Berre Apshou edi. U esa Berrini ,,Qizil” deb chaqirishni odat qilgandi. U kim?
Javob: Margaret Mitchell!
Izoh: Qizil – Red. ,,Shamollarda qolgan hislarim” asari bosh qahramoni Rett Battler. Scarlet so`zi ham Red so`ziga yaqin ma`no beradi, aniqrog`i ,,alvon”!
17. Braziliya chempionati o`yinlaridan birini tomosha qildingiz. Stadiondan chiqayotgan paytingizda qorovullar xavfsizlikni ta`minlash maqsadida Sizdan bir ish qilishni talab qilishadi. Nima ish?
Javob: Ustingizda jamoa libosini yechish.
Izoh: Raqib jamoa muxlislari bilan janjal kelib chiqmasligi uchun!
18. Shaxmatning turli tuman ko`rinishlari bor. Masalan, Marsel shaxmati. Unda o`yinchi ketma-ket ikki yurishni amalga oshiradi. Diqqat savol: Ikki marta yurishlardagi yagona cheklovni mantiqan topib ayting.
Javob: Shoxni faqat ikkinchi yurishda berish mumkin!
19. Timsohlar tuxum qo`yish chog`ida atayin chirigan o`simliklar uyumini izlab topishadi va shu yerga tuxum qo`yishadi. Nega?
Javob: Bunday uyumlar ichida harorat doimiy bir xil – taxminan 40 %. Tuxum ochilishi uchun iliq joy kerak!
20. Falonchi! Qay biri xavfsizroq: samolyot yoki avtomobil? Motosikl yoki velosiped? Ma`lumotlarga qaraganda, U o`z safdoshlari orasida eng xavfsizi ekan. 150 million kilometrda bitta qurbon. Uni ayting.
Javob: Lift!
21. Bu mamlakat fuqarolari shu paytgacha o`tkazilgan barcha futbol bo`yicha Jahon chempionatlarida qatnashgan. Eng ajablanarlisi, bu mamlakat bayrog`i turnirlar davomida biron marta ko`tarilmagan. Qaysi davlat?
Javob: Buyuk Britaniya!
22. XIX asr oxirlari. AQSh. Mehmonga bordingiz. Uy egasi UNDAN ko`mir olib kelib, kaminga tashlaydi. Boshqa bir mehmondorchilikda uy egasi UNGA dasturxonda qolgan qoldiqlarni to`kadi. Yana bir mehmondorchilikda esa uy egasi Sizni UNI oldiga yetaklab, chiroyli gullar iforidan bahramand bo`lishga undaydi. Diqqat savol: Agar hozirgi zamon odami sifatida bu ishlardan hayron qolayotgan bo`lsangiz, U nima?
Javob: Vanna!
Izoh: AQShda ilk paytlari undan boshqa maqsadlarda foydalanishgan!
23. U aslida 262-chi. Biz esa uni Ikkinchi deymiz. UNING istalgan biror ismini ayting.
Javob: Ioann Pavel II yoki Karol Voytila!
24. Futbol o`yinini maydondan kuzatsangiz, murabbiylar futbolchilarni zo`r berib so`kishlarini ko`rasiz. Televizorda bu uncha sezilmaydi. Bir qancha mamlakatlarda murabbiylarning so`kinishiga hech qanday to`siq yo`qdek: Og`ziga kelganini qaytarishmaydi. Ba`zi davlatlarda esa bu harakat ancha sust. Bu murabbiylarning tempramentiga bog`liq emas. Bu teletranslyatsiyalar jarayonidan kelib chiquvchi holat. Diqqat savol: Qanday holatda murabbiylar so`kinishdan tiyiladi?
Javob: Agar murabbiy o`rindig`i yonida mikrofon joylashgan bo`lsa!