Maqol turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko'pincha she’riy shakldagi hikmatli so'zlar, chuqur m a’noli iboralardir. Maqollar xilm a-xil mavzularda bo'lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. K o'pincha maqol o'git, nasihat xarakterida bo'ladi: „Yer haydasang — kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda", „Hunari yo'q kishining, mazasi yo'q ishining" kabi. Maqol xalq og'zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo'lib, unda xilm a-xil badiiy ifoda vositalari — ohangdosh tovushlar takrori bo'ladi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo'lgan ajoyib so'z ustalarining o'lm as satr va hikmatli so'zlari ham ko'pincha xalq maqollariga o'xshab ketadi. Masalan, A. Navoiyning „Mahbub ul-qulub“da aytgan bir qancha hikmatli so'zlari shular jumlasidandir: ,,O z-oz o'rganib www.ziyouz.com kutubxonasi
dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo bo‘lur“, „Tilga ixtiyorsiz — elga e ’tiborsiz“ va boshq. M a’lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. M aqollami o'rganishda ham bu bosqichlarga e ’tibor qaratish kerak. I—2-sinflar maqollarni o'rganishning birinchi bosqichi bo'lsa, savod o'rgatish davri maqollarni o'qish va o'rganishning tayyorlov bosqichidir. Savod o'rgatish davridayoq o'quvchilar maqollarni o'qiydilar. Alifbe davrida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog'liq bo'lib, ular matn g'oyasini o'quvchilarga lo'nda, aniq yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu vaqtda o'quvchilarga maqollar o'qitiladi, ma’nosini bilganlaricha izohlab berishlari so'raladi. O'quvchilar javobini o'qituvchi to'ldirib, misollar bilan dalillab beradi. Maqollarni o'rgatish o'qituvchidan katta tayyorgarlikni talab