MAQOM ASOSLARI “SHASHMAQOM” О ‘zbek mumtoz musiqasining mustahkam, buzilmas poy- devori bo‘lmish olti maqom “Shashmaqom”dir. “Shashmaqom” XVIII asrgacha hali tugal shakllanmagan bo‘Isa
ham, uning shakllanish jarayoni ancha ilgari boshlanganligi tabiiydir.
0 ‘n ikki maqom - “Duvozdahmaqom” turkumi mukammalroq bo‘lib, olti maqom turkumi - “Shashmaqom”ning yuzaga kelishida hal etuvchi ahamiyat kasb etgan. 0 ‘n ikki maqom Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida taxminan XI-XVII asrlarda
yashagan bo‘lsa, “Shashmaqom” XVIII asrda va, ayniqsa, XX asrda butun 0 ‘zbekiston va qardosh Tojikiston bo‘ylab tarqaldi va har tomonlama rivoj topib, o ‘zinmg mukammal olti maqom - “Shashmaqom” shakl- shamoyiliga ega bo‘ldi.“Shashmaqom” olti maqomdan iborat turkum. Unga “Buzruk” (katta, ulug‘), “Rost” (to‘g‘ri, haqqoniy), “Navo” (ohang, kuy), “Dugoh” (ikkinchi yoki ikki parda), “Segoh” (uch yoki uchin-
chi parda), “Iroq” (mamlakat nomi) maqomlari kiradi. Har bir maqom o ‘z navbatida juda katta hajmdagi turkum asar bo‘lib, ulaming har biri tarkibida taxminan 20 tadan 44 tagacha katta va kichik maqom yo‘llari bor.
Har bir maqom ikki yirik bo‘limdan iborat. Birinchisi - cholg‘u bo‘ limi - “Mushkilot” (qiyinchiliklar) deb ataladi. Ikkinchisi - ashula bo‘limi - “Nasr” (zafar, g‘alaba, yordam) deb ataladi. Maqom- laming negizida asosan parda tuzilishi (lad, tuzuk), vazn hamda
shakl qonuniyatlari birligi yotadi. Ularda aw alo muayyan ruhiy
holat, u bilan bog‘liq g‘oya, mavzu va mazmun mumtoz darajada ifoda etilgan. Har bir maqomning mezonlari pardalar uyushmasi, ohang-kuy va vazn-usul tartibi bilan belgilangan. Maqomlaming ijro etilishida tanbur va doira yetakchi cholg‘ulardan hisoblangan.
Shu tufayli har bir maqom to ‘rt torli tanbur cholg‘usiga sozlanadi: “Buzruk”, “Dugoh”, “Segoh” va “Iroq” kvartaga (sol-re-sol-sol), “Rost” - kvintaga (sol-do-sol-sol), Iroq sekundaga (solfasolsol). Bu maqomning lad shaklini tashkil etishda yordam beradi. Har bir maqom o‘z mavzuyi, ohang-kuyi, shakli va ijro uslubi-usuliga
ega. Ulaming birlamchi mezoni lad tuzilmasidir. Isoq Rajabovning ta’riflashicha: “Shashmaqom olti turli pardalarga moslab olingan va olti xil ladga asoslangan kuy va ashulalar yig‘indisidan iborat.
Shashmaqomga kirgan maqom yo‘llari, tanbuming parda tuzilishiga moslashtirib
olingan”.“Shashmaqom” turkumining maqomlari to‘la va yaxlit ijro etiladigan bo‘lsa, avval ulaming cholg‘u yo‘llari birinketin ijro etilib, keyin ashula bo‘limi sho‘balariga o‘tiladi. Har bir maqomning cholg‘u va ashula yo‘llari faqatgina o‘sha maqomlar lad asosi
va badiiy-estetik ta’siri bilan xarakterlidir.
“Shashmaqom”ning Mushkulot bo‘limini 6 tadan 10 tagacha rangbarang cholg‘u asarlar turkumi tashkil qiladi. Ulardanbeshtasi asosiy, muqarrar qismlar bo‘lib, qolganlari ulaming variantlari yoki har bir maqomga xos mansub cholg‘u qismlari ham
uchraydi (maqomlarda har bir qism yoki sho‘ba uchta ma’noda ishlatiladi: 1mustaqil
asar; 2turkum qismi; 3sul nomi). Mushkulotning asosiy qismlari - tasnif, tarje’, gardun, muxammas va saqil. Ulaming har bir kuy yo‘llari mustaqil cholg‘u qismlar hisob-
lanadi va o‘zlariga mansub bo‘lgan maqomlar nomi bilan qo‘shib aytiladi. Masalan, Buzruk tasnifi, Rost garduni, Navo tarje’, Iroq muxammasi va h.k. “Shashmaqom”ning cholg‘u yo‘llari ohang va kuy tuzilishi jihatidan juda murakkab va puxta yaratilganligi bilan
ajralib turadi.
Mushkulot bo‘limi qismlarining kuy mavzulari o‘z xarakteri, doira usuli o‘ziga xoslik bilan ajralib tursa, ulaming “xona” va “bozgo‘y” lad asoslari va asar shakli bir xilligi bilan harakterlanadi. Asarlar “xona” va “bozgo‘y” asosida shakllanadi. “Xona”
va “bozgo‘y” kuy tuzilmalari bo‘lib, cholg‘u asarlari shakli ulaming almashuvi asosida gavdalanadi. “Xona” (uy, xona) asosiy kuy jumlasi bo‘lib, unda asaming asosiy mavzusi va ohangi mujassamlangan va rivojlanish jarayonida u shaklan va mazmunan boyitib boriladi. Kuy o ‘z harakati doirasida yuqoriga intilib,
avjga tomon rivojlana boradi va astaekin o ‘zining boshlang‘ich pardasiga qaytadi. Shu tufayli, xonaning har bir kuy tuzilmasi son belgisi bilan belgilanadi - Xona 1, Xona 2 va h.k. (X]? X2, X3va h.k.). “Bozgo‘y” (qaytaruv) - kuy tuzilma bo‘lib, xona mav
zusi ohang asosida ifodalanadi va ijro jarayonida o ‘zgarmaydigan shaklda muntazam takrorlanib (naqarotga o ‘xshash) turadi.
Cholg‘u asarlarida kuy xonalar bilan takomillashadi va mazmunan boyiydi, bozgo‘y esa takroriy jumlalar kabi musiqiy fikmi yakunlab, umumlashtirib beradi.
Cholg‘u bo‘limidan keyin «Nasr» deb ataladigan ashula bo‘limi rangarang, katta va kichik, sodda va murakkab ashula asarlar turkumidan tashkil topgan. Har bir maqom mazmuni, hajmi, shakli jihatlaridan turlicha bo‘lgan ashula namunalaridan iborat. Ular sho‘ba
(bo‘lim, asar), tarona, shoxobcha kabi iboralar bilan yuritiladi. Ashula bo‘limi ikki turkum - ikki guruh sho‘balardan iborat. Birinchi gu- ruhni tashkil etgan Sarahbor, Talqin,
Nasr va Ufarlar “Shashmaqom” ashula bo‘limining asosiy ashula yo‘llaridan hisoblanadi. Ikkinchi guruh sho‘basiga - Savt, Mo‘g‘ilchalar va turli maqomlaming o‘ziga
xos bo‘lgan ba’zi ashula yo‘llari kiradi. Har bir guruh tuzilishi, shakli va ijro uslublari bo‘yicha birbiridan farq qiladi. Ulaming birlamchi vositasi so‘z va kuy mutanosibligidir. Shu jihatdan Nasr bo‘limida Sharq mumtoz shoirlarining she’rlari so‘z matni sifatida qo‘llanadi.
Ular o‘zbek va tojik tillariva shevasida talqin etiladi. Maqom ashula yo‘llaridaaytilgan she’rla r- Sakkokiy, Lutfiy, AlisherNavoiy, Fuzuliy,
Bobur, Mashrab, Zebuniso, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Ogahiy, Munis,
Avaz О ‘tar, Muqimiy, Furqat, Yusuf Saryomiy, Xurshid, Habibiy kabi shoirlaming lirik-ishqiy, falsafiy va didaktik mazmundagi g‘azallari va xalq she’riyatidan tashkil topgan. Ma’lum maqom yo‘liga turlicha mazmundagi she’rlar tushirib aytilgan.