№
|
Topshiriq matni
|
1
|
N o`lchamli massiv berilgan. O`zining chap yonidagi elementdan katta bo`lgan massiv elementlarining nomerlari va shunday elementlar soni topilib, topilgan nomerlar kamayish tartibida chiqarilsin.
|
2
|
N o`lchamli massiv berilgan. Uning birinchi local minimumining nomeri topilsin. (local minimum – o`zining har ikki yonidagi elementdan kichik bo`lgan element)
|
3
|
N o`lchamli massiv berilgan. Uning oxirgi local maksimumining nomeri topilsin. (local maksimum – o`zining har ikki yonidagi elementdan katta bo`lgan element)
|
4
|
N o`lchamli massiv berilgan. Uning local minimumlari ichida eng kattasi topilsin. (Agar bunday element bo`lmasa 0 chiqarilsin.)
|
5
|
N o`lchamli massiv berilgan. Uning local maksimumlari ichida eng kichigi topilsin. (Agar bunday element bo`lmasa 0 chiqarilsin.)
|
6
|
N o`lchamli massiv berilgan. Uning local maksimumini ham local minimumini ham tashkil etmaydigan eng katta elementi topilsin.
|
7
|
N o`lchamli massiv berilgan. Uning monoton o`suvchi bo`laklari soni topilsin.
|
8
|
N o`lchamli massiv berilgan. Uning monoton kamayuvchi bo`laklari soni topilsin.
|
9
|
N o`lchamli massiv berilgan. Uning monoton oraliqlar (ya’ni elementlar o`suvchi yoki kamayuvchi bo`lgan bo`laklar) soni topilsin.
|
10
|
R soni va N o`lchamli A massiv berilgan. R soniga eng yaqin bo`lgan massiv elementlari topilsin.(shunday Ak element bo`lsa |Ak-R| qiymat minimal bo`ladu)
|
11
|
N o`lchamli massiv berilgan. Massivning yig`indisi eng katta bo`ladigan 2 ta yonma-yon turuvchi elementlari topilib bu elementlarning indekslari o`sish tartibida chiqatirilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.
|
12
|
R soni va N o`lchamli massiv berilgan. Yig`indisi R soniga eng yaqin bo`lgan 2 ta yonma-yon massiv elementlari topilib, bu elementlarning indekslari o`sish tartibida chiqatirilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.
|
13
|
N o`lchamli butun tipli massiv berilgan, hamma elementlari(o`sish yoki kamayish bo`yicha) tartiblangan. Faqat toq nomerdagi elementlari ekranga chiqarilsin.
|
14
|
Ikkita bir xil elementga ega bo`lgan N o`lchamli butun tipli massiv berilgan. Bir xil elementlar nomeri topilib o`sish tartibida chiqarilsin.
|
15
|
N o`lchamli massiv berilgan. Massivning ikkita eng yaqin elementlari nomerlari topilib(ya’ni elementlar ayirmasi moduli eng kichkina bo`lgan) o`sish tartibida chiqarilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.
|
16
|
R soni va N o`lchamli massiv berilgan. Yig`idisi R ga eng yaqin bo`lgan 2 ta elementlar topilib, indekslari berilgan tartibda chiqarilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.
|
17
|
N o`lchamli butun sonli massiv berilgan. Berilgan massivdagi har xil elementlar soni topilsin.
|
18
|
N o`lchamli butun sonli massiv berilgan. Undagi eng ko`p uchraydigan bir xil element miqdori topilsin.
|
19
|
N o`lchamli butun sonli massiv berilgan. Agar u o`rin almashtirishlardan iborat bo`lsa ya`ni 1 dan to N gacha hamma sonlarni o`z ichiga olsa 0 chiqarilsin aks holda 1-yo`l qo`ymaydigan element nomeri chiqarilsin.
|
20
|
N o`lchamli A butun sonlar massivi berilgan. Berilgan o`rin almashtirishlarda inversiyalar soni topilsin. (ya’ni uning 2 ta Ai va Aj elementlari kattasi kichkinasidan chapda joylashsa, Ai >Aj. Bunda i>j)
|
21
|
Bir xil N o`lchamli A va B massiv berilgan. A va B massivlardagi mos elementlarning qiymatlari almashtirilsin. Avval A massivning o`zgargan elementlari keyin B massivning o`zgargan element-lari chiqarilsin.
|
22
|
N o`lchamli A massiv berilgan. Xuddi shunday o`lchamli elementlari quyidagi ko`rinishda aniqlanadigan yangi B massiv hosil qilinsin.
Bk=2Ak agar Ak<5
aks holda Ak/2.
|
23
|
Bir xil N o`lchamli 2 ta A va B massiv berilgan. Elementi bir xil indeksli A va B massiv elementlarining eng kattasiga teng. Shunday o`lchamli yangi C massiv ifodalansin.
|
24
|
N o`lchamli butun sonli A massiv berilgan. Kiritilgan massivdagi barcha juft sonlarni yangi butun tipli B massivga yozilsin(shu tartibda) va hosil qilingan B massivning o`lchami hamda uning elementlari chiqarilsin.
|
25
|
N(N≤15) o`lchamli butun tipli A massiv berilgan. Toq nomerdagi barcha elementlarini yangi butun tipli B massivga yozilib, hosil qilingan B massivning o`lchami hamda uning elementlari chiqarilsin. Shart operatoridan foydalanilmasin.
|
26
|
N(N≤15) o`lchamli butun tipli A massiv berilgan. Massivdagi tartib nomeri 3 ga karrali bo`lgan (3, 6, …) elementlar yangi butun tipli B massivga yozilib, hosil qilingan B massivning o`lchami va elementlari chiqarilsin. Shart operatoridan foydalanilmasin.
|
27
|
N o`lchamli butun tipli A massiv berilgan. Shunday o`lchamli yangi butun tipli B massivga A massivning avval barcha juft nomerdagi elementlari keyin toq nomerdagi elementlari yozilsin. A2, A4, …. A1, A3, ….
Shart operatoridan foydalanilmasin.
|
28
|
N o`lchamli A massiv berilgan. Quyidagi tartib bo`yicha shunday o`lchamli yangi B massiv ifodalansin. Bk elementi A massivning 1-dan K gacha nomerli elementlar yig`indisiga teng.
|
29
|
N o`lchamli A massiv berilgan. Quyidagi qoida bo`yicha shunday o`lchamli yangi B massiv tuzilsin: Bk elementi A massivning 1-dan K-gacha nomerli elementlarining o`rta arifmetigiga teng.
|
30
|
N o`lchamli A massiv berilgan. Shunday o`lchamli yangi B massiv quyidagi qoida bo`yicha ifodalan-sin: Bk elementi A massivning K-dan N-gacha nomerli elementlari yig`indisiga teng.
|