Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə49/64
tarix03.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#86424
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

53




N.I.Veselovskiyning ishlariga yuqori baho berib o’tgan. Arsixovskiy quydagilarni yozib qoldirgan: XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, O’rta Osiyo Rossiya tarkibiga kiritildi. O’rta Osiyo shaharlari qadimiylikda qolishmaydi. Ularning ko’pchiligi o’rta asrlarda madaniyat markazi bo’lib hisoblangan. Qimmatbaho arxeologik topilmalar mavjud bo’lsada, izlash, qazuv ishlarini o’tkazish katta qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Dastlabki arxeologik razvedkalar samara beradi. «O’rta Osiyoda ham tepaliklar ko’pchilikni tashkil etadi. Ammo Veselovskiy qazish ishlarini oxiriga qadar amalga oshira olmagan.1890-yil Turkistonga Rus arxeologik qo’mitasining raisasi P.S.Uvarova tashrif qildi. To’garak ochilishi arafasida tadqiqotlar doimiy yoritilib borilgan. V.A.Jukovskiy qadimiy Marv haqida ko’plab ma’lumotlarni to’plagan. V.A.Jukovskiyning amalga oshirgan ishlari to’g’risida zamondosh tadqiqotchilar ko’plab fikrlarni yozib qoldirgan Bartold masalan quydagilarni yozadi: «ishonch bilan aytish mumkinki, boshqa tadqiqotlar qatorida, V.A.Jukovskiyning Marv to’g’risidagi kitobi alohida o’rin egallaydi. O’lkadagi juda ko’p shaharlarni tahlil qilgan. Shaharlarni o’tmishi haqida juda ko’plab fikrlarni bildirib o’tgan». Yana boshqa joyda V.V.Bartold, V.A.Jukovskiy ishlari to’g’ risida quydagilarni yozadi: «Jukovskiyning ishi birinchi manba bo’la oladi. Biror bir Yevropa adabiyotida O’rta Osiyo shaharlari U kabi ma’lumotlarni keltirib o’taolmagan». V.A.Jukovskiyning Marv to’g’risidagi monografiyasi hozirgi vaqtda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. O’rta Osiyodagi fors tilidagi epigrafikalar ham sharqshunos olimlar tomonidan tahlil qilingan. V.A.Krachkovskiy manbalarni o’rganish holatini yoritib bergan. A.Yu.Yakubovskiy ham V.A.Jukovskiyning keyingi ishlarini umumiy tavsiflab o’tgan. Turkiston o’lkasini o’rganishda V.A.Jukovskiy yaxshi yondosha olgan.53
Yesper Uxtomskiyning «Qalmiq cho’lidan-Buxorogacha» nomli diletant asosida yozilgan kitobini qaytadan tahlil qilib chiqdi. Bu kitobda Yesper Uxtomskiy qadimgi Marv va boshqa hududlar haqida bir qator ma’lumotlarni keltirib o’tgan.54 Ammo V.A.Jukovskiy Turkiston o’lkasini jiddiy o’rganish kerakligini ta’kidlab o’tgan. O’rta Osiyo qadimiy moddiy madaniyati, tarixiy bosqichlarini o’rganish ishlari qizg’in davom ettirilgan. O’rta Osiyo xalqlarining mashg’ ulotlari, tarixiy-madaniy o’tmishini o’rganishda Vladimir Vasilevich Stasovning xizmatlari o’rinlidir. XV-XVII asrlardagi O’rta Osiyo qo’lyozmalarini o’rgangan. 1887-yil ushbu qo’lyozmalar Peterburg ommabop kutubxonasida tahlil qilingan. V.V.Stasov qadimgi sa’nat tizimiga e’ tibor qaratib, O’rta Osiyo uslubiga sharx berib o’tgan. 1867-1868-yillar V.V.Verashagin O’rta Osiyoga kelgan. 1869- 1870-yillar uning katta kartinasi yuzaga keldi. Bu «Samarqand Registon maydonidagi Sherdor madrasasi» deb nomlanadi. « Temur eshigi», «Masjidlar eshigi», « Samarqanddagi Shohi Zinda maqbarasi» ham shular jumlasidan hisoblanadi. V.V.Verashagin me’morchilikda qurilgan eshiklarni o’ziga xos yasalish uslublarini o’rgangan. Rassom moddiy madaniyat haqida batafsil asoslarni ilgari surgan. V.V.Verashagin O’rta Osiyo arxeologiyasida ham alohida qiziqish

53Лыкошин Н. С. Очерк археологических изысканий в Туркестанском крае до учраждения Туркестанского Кружка любителей археологии. Ташкент, 1896, Стр. 50.
5 Лунин Б.В.Из истории русского востоковедения и археология в Туркистане, Туркистанский кружок любителей Археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр. 31-33.

54




bildirgan. Uncha katta bo’lmagan qazish ishlarini amalga oshirgan. Ko’plab qadimiy buyumlarni ro’yhatga olgan. Turkiston o’lkasining me’moriy yodgorliklari ro’yhatga olinishi jarayoni tezda amalga oshgan emas. 1882-1888- yillar O’rta Osiyoga kelgan rassom L.Ye.Dimitriyev-Kavkaziski ham moddiy madaniyat tarixiga ham qiziqishini ko’rsatgan. Badiiy Akademiya topshirig’iga asosan O’rta Osiyoga tadqiqot uchun rassom N.N.Sherbin-Kramarenko qiziqarli ma’lumotlarni qayd qilib o’tgan. 1897-yil 10-noyabr kuni ushbu rassom o’z ma’ruzasini e’lon qilgan. 1895-yil Sherbin-Kramarenko Samarqanddagi Bibixonim masjidini o’rganishni boshlab, hovlisida qazish ishlarini amalga oshirdi. Boy kolleksiya yig’ishga muvaffaq bo’ldi. Rassom 1897-yil Samarqanddagi Shohi Zinda masjidini o’rganish ishlarida ham faol ishtirok etdi. Bir qator muhim kuzatuvlar amalga oshirildi. N.N.Sherbin-Kramarenko birinchilardan bo’lib, (Fedchenko va Seversevalarning qarab chiqishidan so’ng) O’zgand yodgorligi haqida batafsil ma’lumotlarni yig’a oldi. (1896-yil). Yuz-yillikning oxirida Shahrisabz tarixiy-me’moriy yodgorligi o’rganib chiqildi. Bu 1883-yilgi Simakov al’bomida ham o’z aksini topgan.
XIX-asrning ikinchiyarmiga kelib, qadimgi manzilgohlardagi ashyolarni to’plash ishlari takomillashib bordi. Ushbu tadqiqotchilarning ko’pchiligi Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi a’ zolari edi. Kolleksioner-tangashunoslar tangalarini ham yig’a boshladi. Oltin va kumush tangalarni A.S.Galkin yig’ib chiqqan. O’zining ko’lami jihatidan kolleksiya-tangalar muhim ahamiyatga ega XIX-asrning 90-yillariga kelib, numizmatik kolleksiyalar ichida 687 ta tanga mavjud edi. Ular bilan rus sharqshunosi V.G.Tizengauzen qiziqish bildirgan. Harbiy muhandis I.T.Poslovskiy numizmatik kolleksiyalar tarkibini yanada kengaytirdi. M.Ye.Massonning fikricha bunday topilmalar soni asta-sekin oshib borgan.55
V.V.Bartoldning yordamchisi M.F.Gavrilov Qo’qonda qo’lyozmalar va arxeologik predmetlarni yig’di. Yu.K.Kazbekov davrida Farg’onada bir qator qo’lyozmalar yig’ilgan. Ularni V.V.Bartold qaytadan o’rganib chiqqan. L.S.Barshevskiy o’zidan katta meros qoldirdi. Yu.O.Yakubovskiy Barshevskiy to’g’ risida quyidagilarni yozib qoldirgan: «bizning o’lkadagi hohlagan tadqiqotchidan so’rang, Barshevskiy o’ziga xos izlanish ishlarini olib borgan». N.I.Veselovskiy, A.A.Vobriniskiy,V.S.Lipskiy, N.N.Sherbin-Kremarenko, Benvalo, professor V.V.Bartold ham ushbu tadqiqotchining ishiga ijobiy baho berishgan. Samarqandda tadqiqot olib borgan sharqshunoslar katta kolleksiyalarni tashkil qildilar. I.A.Kastaniye Toshkentda qadimiy predmetlarni yig’ish ishlarini amalga oshirdi. Masalan Samarqanddagi fabrika egasi Mirzo Buxarin Mirza Abdullin arxeologik-numizmatik kolleksiya ishlariga o’z xissasini qo’shdi. Uning kolleksiyalari tadqiqotchilar tomonidan tahlil qilib chiqilgan. Mirza Barat Mulla Qosimov (Samarqand) rasssom-kolligraf bo’lib, Samarqanddagi qadimgi yodgorliklarni al’bom tariqasida tuzib chiqishni amalga oshirdi. Samarqanddagi

55Лунин Б.В.Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок

любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр. 36-39.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin