barpo eta boshladi. Shu bois ko’p rus savdogarlari, tadbirkorlari rus qo’shinlari ortidan bu mintaqaga kelib kazaklar bilan birga Rossiya imperiyasining bo’lajak mustamlakalarining ilk rus aholisini tashkil qilishgan. Keyinchalik esa, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, Rossiya imperiyasi hukumatining Turkistondagi ma’muryati mustamlakachilik maqsadlari hamda buyuk davlatchilik me’zonlariga muvofiq, ko’chirish amaliyotini o’lkaning ishlab chiqarish zaxiralari tabiiy, madaniy boyliklaridan metropoliya manfaatlari yo’lida faol foydalanish ishiga, tub xalqlarga milliy va ijtimoiy zulm o’tkazish siyosatiga bo’ysindirish uchun barcha choralarni ko’rgan edilar. Ma’lumki, Turkiston general-gubernatorligini tashkil etgan viloyatlar sug’orma dehqonchilik, ko’nchilik va ko’p tarmoqli xalq hunarmandchiligi (to’qimachilik, zargarlik, gilamdo’zlik va hakozalar)ga asoslangan ancha rivojlangan tavor ishlab chiqarish bilan ajralib turardi. Ayniqsa qishloq xo’jaligida serdaromad paxtachilik va ipakchilik Rossiya savdo-sanoat doiralarining o’lkaga qiziqishini nihoyatda ko’paytirdi. Metropoliyada to’qimachilik, yengil sanoat va metallurgiya sanoati ustun bo’lgani uchun rus tadbirkorlari Turkistonda paxta tolasi, ipak tolasi, chorvachilik mahsulotlari, mineral hamashyoni ko’plab etishtirishga va tashib ketishga asosiy e’tibor qaratdilar. Rossiya imperiyasi hukmron doiralarining fikricha, Turkistonda paxtachilikni yanada rivojlantirish zarurati rus dehqonlarining ko’p hosilini mustamlakaga ko’chirish ehtiyojini to’la mos tushunardi. Qishloq xo’jaligidan eng avvalo dehqonchilikdan mustamlakachilik maqsadlarida to’laroq foydalanish uchun Rossiya imperiyasi o’zining buyuk davlatchilik qonunlari bilan Turkiston yerlarini davlat, ya’ni Rossiya mulki deb e’lon qildi. Yuqorida takidlaganidek, o’lkaning o’troq aholisiga yer meros bo’lib o’tadigan jamoa uy-joyi sifatida foydalanish huquqi bilan berildi. Ilgari ko’chmanchi aholiga tegishli bo’lgan, endi esa ko’chirib keltirilgan ruslar tomonidan ham, mustamlakachi ma’muruyat tomonidan ham qisqartirilgan yerlar esa , ko’chmanchilarda yerdan foydalanish bo’yicha tarixan tarkib topgan odatlar asosida jamoa bo’lib, muddatsiz foydalanish uchun ularda qoldirildi. Musulmon muassasalari (madrasa, maktab va masjidlar) mulki bo’lgan yerga, ya’ni vaqf mulkiga kelganda esa Turkiston yerlari Rossiya imperiyasi mulki deb, e’lon qilinguniga qadar, agar hukumdorlar muhri va boshqa hujjatlar bo’lgan taqdirdagina uni bu muassasa ixtiyoriga o’tkazish, qayta ro’yxatga olish ishlari olib borilardi. Bu hukumatning tub aholi hayotida islomning, musulmon muassasalarining va ruhoniylarning o’rnini zaiflashtirish boyicha buyuk davlatchilik-shovinistik yo’liga ham javob berardi. Bu amaliyotni turli davrlarda rus amaldorlari va olimlari, jumladan, A.P.Nalivkin ham qo’llab quvvatlagan. Ular yerni musulmon muassasalari va ruhoniylari mulkidan Rossiya imperiyasi mulkiga o’tkazishni foydali va o’rinli deb hisoblashgan. Turkistondagi yerdan foydalanish tartibini metropoliya manfaatlari, birinchi navbatda paxta boshqa qishloq xo’jaligi xom ashyosini etishtirish iqtisodiy hukmronlikni ta’minlash asosiy talablaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shahar aholisining hayoti ikkinchi darajali bo’lib qolgan.
7Жуковский С.В. Сномения России с Бухарой и Хивой за последнее трежотлетие. Изд. Прегресс. М., 1915.