xususiyatiga ega bo’lgan savdo-sanoat faoliyatini keng avj oldirib yuborishdi. Bu yerda savdo aperasiyalari va boshqa sohalarga to’xtashmasdan, shuni aytib o’tadilarki Turkistonga ayniqsa, Sirdaryo, Farg’ona viloyatlariga, Zarafshon okruglariga kelgan rossiyalik savdogar va tadbirkorlar paxta, pillani qayta ishlash, ulgirji sotish, shuningdek to’qimachilik sanoatini egallab olishdi. Rossiya va Turkistonlik tadbirkorlar bilan qo’shma savdo-sanoat shirkatlari, firmalarini ochishga intilish Toshkentning bosib olinishi va Turkiston viloyatini tuzish arafasidayoq boshlangan edi. Masalan 1863-yilda Peterburgda general-leytenant S.A.Xrulev tomonidan ishlab chiqilgan «O’rta Osiyo uchun savdo bo’yicha nizomi» ning loyihasi e’lon qilingandi. Bu loyihani Rossiya hukumati ma’qullamadi, lekin shaxsan imperatorning roziligi bilan 1866-yilda «Moskva- Toshkent tovar shirkati» tuzildi. Metropoliyaning yirik savdogarlari, fabrikantlari Xludovlar, Karetnikovlar, Savva Marozov va boshqalar uning muassislari bo’lishdi. Bu shirkat Rossiya sanoati uchun qishloq xo’jalik va mineral xom ashyo ishlab chiqarishni ko’paytirishga, shuningdek yangi mustamlaka bozorini metropoliya moli bilan to’ldirishga yordam berishni o’zining Turkistondagi asosiy vazifalaridan biri deb hisoblardi. Keyinchalik bir qator mahalliy tadbirkorlar, ko’proq Buxoro yaxudiylari mustamlakachi amaldorlarni pora berib sotib olish orqali ma’muriy to’siqlarni yengib, dastgoh yaratishga hamda asosan paxta tayorlash, qayta ishlash bilan bog’liq savdo-moliya tizilmalarini vujudga keltirishga erishdilar. Bunday tuzilmalar orasida aka-uka Vadyayevlar, Yaushev, Yu.Davidov, R.Potelyaxev, B.Penxasiv o’zbeklar Komilboy Rahimboyev, Tillaboy Sobirboyev, Muhammad Boboyev, Muhammad Ahmadboyev, Saidg’ani Saidazimboyev, Bekmuhammad Nurmuhammadov, Ahmadbek Temurbekov, Mirkomilboy Mirmo’minboyev va boshqalarning savdo uylari va firmalari kattaligi va faoliyat ko’rsatishi bilan ancha taniqli edi.9 Rossiya Davlat banki bo’limlari metropoliyaning turli mintaqalardagi yer banklari Turkistonda g’oyat muhim mustamlakachilik rolini o’ynadi. Ular o’z kapitalini Turkiston iqtisodiyotini muayyan maqsadni ko’zlab, eng avvalo paxta, pilla etishtirishni boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko’paytirish, aholini ko’chirish amaliyotini kengaytirish manfaatlari yo’lida yekspulatasiya qilish uchun faol joriy etishga katta e’tibor berishgan. Aleksandr II ning farmoni bilan 1874-yil dekabrda Toshkentda Davlat bankining bo’limi ochildi. Turkiston viloyati mavjud bo’lgan davrdayoq mustamlakachi ma’muriyat davlat hisobiga o’tkazilgan bo’lib, tub aholidan natural soliq tarzida olingan qishloq xo’jalik mahsulotlaridan rus armiyasini ta’minlash uchun foydalanilgan edi. Turkiston general-gubernatorligi tuzilib, Toshkent, Avliyoota, Pishpak, Verniy, Samarqand, Xo’jand, Yangi Buxoro, Chorjuy, Kattaq o’rg’ on, Ashxabodda garnizonlar qurish shuningdek, qator qismlarda rus qo’shinlarini bunyod etish zarurati tufayli mustamlaka boshqaruv tizimi barpo etilgach, tub aholiga yangi soliqlar, bir yo’ la pul yig’imlarini solish,
9Жуковский С.В. Сномения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Изд. Прегресс. М., 1915.