MAQVZU:TARIXIY KARTOGRAFIYA YA UNING ASOSIY YO‘NALISHLARI.
Reja:
Karta va kartografiya haqida qisqacha tushuncha.
O’zbekistonda kartografiya fani tarixi XX asrga qadar respublikamiz hududini kartografik jihatdan o‘rganilganlik ancha past bo‘lgan.
Tarixiy kartografiya
Karta — bu tarixiy hujjat bo‘lib, voqealar davomiyligi haqida hikoya qiluvchi, sodir bo'lgan voqealar, vayron bo‘lgan va yana tiklangan shaharlar, daryo o‘zanlarining o‘zgarishi, unutilgan qadimgi sug‘orish inshootlari, xalqlar tarixini hududlar bilan bog‘lab o'rganadi. Antik davrda kartalar uchun maxsus atama bo‘lmagan. Rim imperiyasida kartografik tasvirlami tabula (doska) deb atashgan. Keyinroq ilk o‘rta asrlarda karta lotincha ,,mappa“ (dastlab polotno qismi yoki dastro'm'ol ma’nosini anglatgan), “mappa mundi“' shaklida esa (dunyo kartasi) o‘sha davrda Yerning barcha kartalariga nisbatan qo‘llanilgan. Kartografik tasvirlarga nisbatan ,,karta“ so‘zining qo‘llanilishi Uyg‘onish davrida lotinchadan ,,charta“(varaq, qog‘oz) so‘zidan, o‘z navbatida u qadimgi yunon tilidagi ,,xartes“ (papirusdan tayyorlangan qog‘oz) so‘zidan olingan. Bu so‘z ilk bor Portugaliyadagi XIV asr kartalarida uchraydi. Karta so‘zi aslida lotincha ,,chartes“ — xartes so‘zidan olingan bo‘lib, yozuv uchun mo‘ljallangan papirus varag‘i degan ma’noni bildiradi. Zamonaviy kartalar mazmuniga ко ‘ra ikkiga bo ‘linadi: 1. Umumgeografik kartalar (gidrografiya, rel’ef, sanoat, siyosiy-ma’muriy bo‘linishlami o‘z ichiga oladi). 2. Maxsus kartalar. Maxsus ma’lumotlar keltirilgan (masalan, iqtisodiy) kartalar. Masshtabiga ко ‘ra esa kartalar uch guruhga bo ‘linadi: 1. Yirik masshtabdagi kartalar: 1:200000 va undan yirik. 34 2. o’rta masshtabdagi kartalar: 1:300000 dan 1:1000000 gacha. 3. Kichik masshtabdagi kartalar: 1:1000000 dan kichik. Hozirgi zamon kartalarida quyidagi element (unsur)lar mavjud: 1. Gidrografiya: suv inshootlari (dengiz, daryo, ko‘l, kanal, sun’iy suv omborlari, buloqlar, quduqlar) ni o‘z ichiga oladi.
2. Aholi punktlari: shahar, shahar tipidagi posyolka, qishloq aholi maskanlari kiradi.
3. Aloqa yo‘llari: temir yo‘llar, yo‘llar, suv yo‘li (dengiz va daryo), havo yo‘llari. 4. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy madamy ob’ektlar: sanoat korxonalari, foydali qazilmalar, aerodromlar, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy, tarixiy ob’ektlar kiradi.
5. Relef: past-tekisliklar.
6. Siyosiy-ma’muriy chegaralar: davlat va ma’muriy birliklaming chegaralari mavjud. Ilmiy bilimlar va fan yo‘nalishlari juda tez rivojlanayotgan hozirgi zamonda kam o'rganilgan ,,aralash“ sohadagi fan tarmoqlarini o‘rganish alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Atrofmuhitdagi voqea-hodisalarni tahlil qilish uchun awalo tarixiy jarayonlami, tarix va geografiyani, qolaversa, tarix va kartografiyani, chuqurroq bilish talab etiladi. Kartografiya taraqqiyoti asrlar davomida shakllangan oddiy chizmalardan toki aniq ishlangan kartalar yaratilishiga bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi. Kartalar mazmuni jihatidan boy bo‘lishi mumkin. Katta bir kartaning mazmunini 100 sahifalik jiddiy ilmiy matnga tenglashtirish mumkin. Kartografik materiallarga faqatgina kartografik tasvirlar kiribgina qolmay, bir qator tadqiqotchilar, ayniqsa, tarixchilar adabiy matnlar ham kartalar tuzish uchun manba bo‘lishi mumkinligini uqtiradilar. Kartografiya ancha kengroq tushuncha bo‘lib, u tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalaming o‘zaro bog'liqligini (ularning vaqt o'tishi bilan o‘zgarishini) kartografik tasvir, tasvirli belgilar vositasi bilan tasvirlashni va tadqiq qilishni o‘rganuvchi fandir. U dastlab 35 ovchilik va baliqchilik keng tarqalgan hududlarda shakllangan. Kartografiya qadimgi fanlardan bo‘lib, bu fan to‘g‘risidagi dastlabki ta’rifni („kartografiya" atamasisiz) milodiy II asrda yunon olimi Klavdiy Ptolemey bergan. “Kartografiya" atamasi dastlab XVI asrda uchrab, geografik kartalar ishlashning ilmiy va amaliy sohalarida qo‘llanilmagan. Kartografiyaning taraqqiyotini awalo insoniyatning jamiyatdagi moddiy ehtiyojlaridan kelib chiqqanligi bilan bog‘lash to‘g‘riroq. Bu taraqqiyotni ma’lum ijtimoiy sharoitlardan, tabiat va yer munosabatlaridan tashqarida tushunish noto‘g‘ridir. Tarixiy tadqiqotlaming asosini insoniyat jamiyatining taraqqiyoti asosidagi faktik ma’lumotlar tashkil qilsa, kartografiya tarixi uchun esa karta va geografik ilmlar asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Karta bosib chiqarishgacha bo‘lgan davrdagi ko‘plab qadimgi kartalar turli sabablar, ya’ni yong'inlar, namgarchilik va materialining to‘zib ketishi natijasida bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida kartografiyaning o‘mi xaqida aniq bir fikr mavjud emas. Ba’zilar uni texnik fanlar qatoriga qo'shsalar, ba’zilar esa aniq fanlar qatoriga, yana ba’zilar kartografiya geodeziyaning bir qismi deb qarasalar, boshqalar informatikaning bir bo'limi deyishadi. Boshqa toifa esa uni geografik fan deb biladi. Nima bo‘lganda ham uning aniq mohiyatini tarixiy tahlilsiz anglab yetish mushkil. Ibtidoiy jamoa davridanoq qadimgi odamlar ilk kartalarni yaratishgan. Masalan, geograf Frits Redinger „Shveysariyadagi ko‘pchiligi geograf, shuning bilan birga kartograf bo‘lishgan. Ular orasida Evdoks, Dikearx, Efor, Eratosfen, Pompeniy Mel, Ptolemeylar alohida o‘rin egallaydi. Quldorlik tuzumi davrida karta tuzish ancha rivojlandi. Kartografiyaning tarixdan awalgi kartografik rasmlar" nomli asarida Shveysariyadagi g‘orlardan topilgan ikkita suyak plastinkani o‘rganish natijasida, plastinkalardagi tasvirlar o‘sha joyga oid asosiy yo‘llar kartasi ekanligiga amin bo£lgan. Qadimgi tarixiy kartografiyaga oid ilmiy adabiyotlarda karta va kartografiyaning shakllangan davri haqida aniq va tola javob yo‘q. Ma’lumki, bizgacha yetib kelgan kartografik tasvirlar miloddan awalgi III-II ming yilliklarga oiddir. Ular orasida Shimoliy Italiyaning Kamonika vodiysidan topilgan bronza davri (miloddan 36 awalgi II ming yillik o‘rtalari)ga oid kartografik tasvirlarda dalalar, so‘qmoqlar, irmoqlar va sug‘orish inshootlari aks ettirilgan. Qadimgi karta-tasvirlar loy taxtachalar, papirus va pergamentlarga chizilgan bo‘lib, bizgacha boy tarixiy ma’lumotlami olib kelgan. Miloddan awalgi 2300 yillarda qadimgi bobilliklar ilk ibtidoiy kartalami chizganlar. Unda yeming ba’zi qismlari o‘z aksini topgan edi. Shuningdek, kartalar yaratish boy madaniyatli qadimgi xalqlar — ossuriyaliklar, misrliklar va finikiyaliklarda eramizdan bir necha ming yil awal shakllangan. Yeming shar shaklida ekanligi qayd Qtilgan sanani ko'plab olimlar asrlar mobaynida o‘rganishib, uni miloddan awalgi V asrda yashagan faylasuf Parmenid nomi bilan bog‘lab kelishdi. XIX asrda tarixchi va geograf olimlar Yerning shar shaklida ekanligi haqida g‘oya Pifagorga (miloddan awaalgi VI asr) tegishli deb da’vo qilishardi. XX asrda esa bir qator G ‘arb tadqiqotchilari — Gyutri, Xeydel, Tomson va boshqalar yangi g‘oya miloddan awalgi V asrdan erta paydo bo'lmaganligi va u haqdagi ishoralar Platonning (miloddan avalgi 427-347 yillar) “Fedon“ dialogidauchrashinita’kidlaganlar. Ammo XX asrdagi ba’zi tadqiqotlarda bu g‘oyani yana „qadimiyroqqa“ — Pifagor davrigacha surishga urinishlami kuzatishimiz mumkin. Antik manbalarda qadimgi yunon kartalari haqida bir qator ma’lumotlar uchraydi. Gerodotning yozishicha, MUet hukmdori Aristogoming Sparta podshosi Kleomon bilan muloqoti chog‘ida uning qo‘lida mis doskali karta bo‘lib, unda butun yer kurrasi, “hamma dengiz va daryolar“ aks etgan. Shuni unutmaslik kerakki, antik davming yirik tarixchilarining ilmiy manbalari antik Yunonistonda shakllandi. Yunonlar Yeming shar shaklida ekanligini va uning hajmini 37 aniqlashga uringanlar. Ular tomonidan kartografik proyeksiyalar va meridian-parallellar to‘ri islilab chiqilgan. Bunda ular Yeming shar shaklida ekanligini hisobga olganlar. Tarixchi Gerodot o‘z davrida (miloddan awalgi 484-425 yilar) Yeming tasviri haqida yozib qoldirgan bo‘lsa-da, antik geografiya Юavdiy Ptolemey (milodiy 90-168 yillar) asarlarida kengroq tahlil qilingan. Uning 8 kitobdan iborat „Geografiyadan qo‘llanma“ asari kartografiya ilmida qariyib 14 asr mobaynida yirik manba bo‘lib xizmat qildi. U qisqacha ,,Geografiya“ deb atalib, 8 ta kitobdan oltitasida Yeming tasviri bayon etilgan. Qadimgi Rimda kartalar harbiy va ma’muriy maqsadlar uchun amaliyotda keng qo‘llanilgan. Rimning iqtisodiy va siyosiy hayoti olis viloyatlar va qo‘shni mamlakatlarning transport aloqalariga bog‘liq bo‘lgan. Rim imperiyasini bog‘lab turgan yo‘llar tarmog'i o‘lchab chiqilgan, so‘ngra esa ularning kartalari tayyorlangan. Rimdagi kartografiya asosan ikki yo‘nalishda rivojlangan. Birinchisi — yunon kartografiyasi an’analarini davom ettirgan bo‘Ub, yunonlar, ayniqsa, Klavdiy Ptolemey tadqiqotlari asosida, ikkinchisi aynan Rim yo'nalishi, ya’ni amaliy muhandislik asosida taraqqiy etdi. Ta’kidlash joizki, rimliklar muhandislik geodeziyasi asoslarini yer o‘lchash ishlari vositasida olib borishdi. Rim kartografiyasi ana shunisi bilan ham muhim va o‘ziga xosdir. Rimda kartografiya ishlari bilan yer o‘lchovchilar (agrimensor’ob) shug‘ullanib, milodiy birinchi asrlarda argimensor bir vaqtning o‘zida ham kohin, ham harbiy va geometr bo‘lib, Senat va xalq ularga katta vakolatlarni bergan. Agrimensorlar o‘ziga xos an’ana hamda qoidalar asosida faoliyat ko‘rsatgan. Ular Rimda ijtimoiy xizmat vakillari sanalib, imperatorlar ularning faoliyatini yuqori baholaganlar. Hatto huquqshunos va notiqlardan tashqari yer o‘lchovchilar ham professor unvoniga sazovor bo‘lishgan hamda har xil majburiyatlardan ozod etilgan. Yuqoridagilardan bilishimiz mumkinki, Rimda yer o‘lchash va uni kartalarga tushirish san’at darajasiga ko‘tarilgan. 38 o’z amaliga ko‘ra rirnlik yer o'lchovchilar turli xil nomlarga ega bo'lishgan: terminomm custodes — chegaralar qo'riqchisi, mensores — o'lchovchilar, agrimensores-mensores-yer o‘lchovchilar. Rimda ushbu kasb egalarining maxsus maktablari va qadimgi geodezik asboblari mavjud bo‘lgan. 2. Tarixiy kartalar Tarixiy kartalar, asosan, o‘tmishdagi voqea va hodisalami tasvirlab, jamiyat tarixidagi muhim voqelaming geografiya bilan o‘zaro bog'liqligini o'rganadi. Tarixiy kartalar qadimgi madaniyat o‘choqlari, davlatlar, ijtimoiy harakatlar, savdo yo‘llari va hokazolami ko'rsatishga xizmat qiladi. Tarixiy kartalar arxeologik, etnografik, tarixiy-iqtisodiy, siyosiy-tarixiy, harbiy-tarixiy va tarixiy-madaniy kartalarga bo'linadi. Bu tarmoqlar .orasida tarixiy kartalar umumiy ham bo‘lib, tarixiy jarayonlami bir butunlikda tasvirlaydi. Alohida hollarda esa voqea va hodisalar yoki fakt (dalil)larning alohida tomonlarini ko‘rsatadi. Ular mustaqil (ma’lumot beruvchi va o‘quv kartalari hamda atlaslar) yoki bezakli ahamiyatga ega bo‘lgan kartalarga bo‘linishi mumkin. Dastlab tarixiy kartalar Abraxam Orteliyning „Qadimgi dunyo geografiyasi atlasi“ (1579 yil)ga kiritilgan. So‘ngra Sansonlar, V.Dyuval (XVII asrning ikkinchi yarmi) atlaslarida tarixiy bo‘limlar paydo bo‘ldi. XVIII asrda esa J.B.D’Anvilning tarixiy kartalari chop etildi. XIX-XX asrlarda bir qator G ‘arb mamlakatlarida milliy tarixiy atlaslar chop etildi. Ularda aholining joylashuvi, ma’muriy-siyosiy bo‘linishlar, shuningdek, iqtisodiy va madaniy tarixga oid kartalar mavjud edi (AQSh, Fransiya, Finlandiya). Tarixiy atlaslar Chexoslavakiya va Bolgariyada ham nashr etilgan. 39 Rossiyada tarixiy kartalar XVIII asrning birinchi choragida, aniqrog‘i, 1700-1721 yillardagi Shimoliy urushda rus harbiy qo‘shinlarining janglariga bag‘ishlangan plan, karta, sxema va ularning sharhiga bag‘ishlangan matnlaming 1713 yildan chop etilishi bilan boshlangan. Har bir matnga bezakli jang plani va qal’alaming tasviri berilgan gravyura ilova qilingan. Keyinroq qo‘lda chizilgan harbiy-tarixiy kartalar juda ko‘plab tarqalib, ular quruqlik va dengizda olib borilgan janglarda erishilgan g‘alabalarga bag‘ishlandi. 1793 yilda ilk bor «Rossiya imperiyasining tarixiy kartalari» nashrdan chiqdi. XIX-XX asr boshlarida atlas va alohida kartalar chop etilib, ularda siyosiy, harbiy va iqtisodiy jarayonlar o‘z aksini topdi. Ular jumlasiga „I.Axmatovning Rossiya davlatining Karamzin tarixiy asarlariga asoslanib tuzilgan tarixiy, xronologik va geografik atlasi“ (I-II qismlar, 1829-1831 yillar), N.I.Pavlishevning „Rossiya tarixiy atlasi“ (1845 yil), Y.Y.Zamislovskiyning „Rus tarixiga oid o‘quv atlasi“ (1865 va 1887 yillar) va A.Ilinning 1868 yilda chop etilgan „Rus tarixi bo‘yicha o‘rta va quyi o‘quv muassasalari uchun o‘quv atlasi“ni misol qilib keltirishimiz mumkin. Rossiya imperiyasida iqtisodiy va xo‘jalik masalalarini qamrab olgan karta va atlaslar Ichki ishlar vazirligining aholini ro'yxatga olish boshqarmasi, Savdo vazirligi va boshqa muassasalar tomonidan muntazam nashr etilib borilgan. Etnografik tarixga doir kartalar 1851 yilda P.I.Keppen va 1895 yilda A.F.Rittix tomonidan tayyorlanib, chop etilgan. Rossiya imperiyasida nashr etilgan harbiy-tarixiy kartalar amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ular 1799, 1805-1815, 1828-1829, 1853-1856, 1877-1878 va 1904-1905 yillarda chor qo'shinlari olib borgan yirik harbiy urushlarni, shu bilan birga chegaralar hamda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan harbiy harakatlami ham tavsiflovchi kartalar sifatida baholanishi mumkin. Hozirgi zamon tarixiy kartalari faqatgina tarixiy voqea va hodisalar va dalillamigina aks ettirib qolmay, balki ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham tasvirlaydi. 40 Sobiq sho'rolar tuzumi davrida K.V.Kudryashovning «Rus tarixiy atlasi» (1928 yil), K.V.Bazilevich, I.A.Golubsov va M.A. Zinovyevlarning «SSSRtarixi atlasi» (1-3 qismlar, 1948- 1950 yillar) va boshqa yirik tarixiy atlaslar yaratilgan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sobiq sho‘rolar tuzumi ostidagi ittifoqdosh respublikalarda ham nashr etilgan atlaslarda tarixiy kartalar mavjud edi. Harbiy tarixiy voqealarga doir kartalar L.G.Beskrovniyning „Rus harbiy tarixiga oid karta va sxemalar atlasi“ (1946 yil), „Zobit atlasi“ (1947 yil), „Dengiz atlasi“ (3 jild, 1958 yil)da o‘z aksini topgan. Tarixiy kartalar keng ko'lamda 1953-1956 yillarda chop etilgan ko‘p jildli ,,SSSRtarixilavhalari“, 1966-1971 yillardagi „Qadimgi davrdan to hozirga qadar SSSR tarixi“da, 1955-1969 yillardagi „Jahon tarixi“, ensiklopedik nashrlar va alohida tarixiy tadqiqotlarda berib borilgan. o’rta va oliy o‘quv muassasalari uchun ham ko‘plab o‘quv kartalari va atlaslar nashr etilgan. Xartalarning qadimiyligi unga tarixiy manba ahamiyatini berib, manbashunoslik tahlili tamoyillarini qo‘llashni talab etadi. Shuningdek, mazkur manbalar turi alohida tadqiqot usullarini qo‘llagan holda nafaqat tarixiy, balki umumiy geografik bilimlami ham egallagan bo‘lishlikni taqozo qiladi. Tarixiy kartalarni o‘rganish va ularni yaratish uslubiyatini ishlab chiqishni o‘rganuvchi fan tarmog‘i tarixiy kartografiya deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |