Marg‘inoniyning “hidoya” asarida iqtisodiy fikrlar



Yüklə 143,06 Kb.
səhifə3/7
tarix20.11.2023
ölçüsü143,06 Kb.
#164616
1   2   3   4   5   6   7
JAPBAROVA MADINA 1-3 iqtisodiyot

ABU NASR FOROBIY (870-950)

Abu Nasr Forobiy fikri.


Classical
  • Forobiy Platonga o‘xshab ideal tuzum to‘g‘risida fikr yuritdi. U kelajak haqida o‘ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi o‘zaro yordam va do‘stlik tufayli bo‘ladigan shaharni ideal shahar deb hisoblagan; yer yuzida barcha xalqlarning o‘zaro yordami asosida birbutun yagona jamiyat qurish mumkinligi to‘g‘risida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan

Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari


Classical
Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o‘ziga to‘q yashash to‘g‘risidagi ilg‘or fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o‘tadi.
Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydilar va aksincha “...shahar aholisi ma’rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo‘lsa, u holda ular qonun o‘rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”

Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari

  • Qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to‘g‘ri tasarruf etish, undan unumli foydalanish va mulkni ko‘paytirishga undaydi. Forobiyning ta’kidlashicha, “Mulk orttirishda unchalik xavf yo‘q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o‘z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomonhisoblanmaydi”

Classical
Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi iqtisodiy fikrlarining to‘g‘ri ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfining shakllanib, ularning soni ko‘payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi g‘oyalari yana ham faollashib bormoqda
Taqsimot Forobiyning iqtisodiy qarashlarida o‘ziga xos usulda talqin etiladi. Uningcha, jamiyat va kishilar qo‘lidagi mol-mulkini, noz-ne’matlarni to‘g‘ri taqsimlash davlat miqyosidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq amalga oshirilmas ekan, ko‘pchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib qoladi.
Classical
Forobiyning taqsimotga bo‘lgan iqtisodiy qarashlari
Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois maqsadga muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy mavjud bo‘lgan barcha boyliklarni to‘g‘ri hisobga olishni nazarda tutadi.
U shunday yozadi: “Avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o‘rinlari, so‘ngra nihoyatda zarur narsalar bo‘lgan oziq-ovqatlar, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsi uylar miqdorihisobga olinishi zarur”.
Classical
BERUNIYNING ASARLARIDA KISHILIK EHTIYOJI, MEHNAT VA HUNAR MASALALARI
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad (4-sentabr, 973, Kat, Xorazm, 11- dekabr, 1048, G‘azna) XI asr qomusiy olimi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya bo‘lgan.
Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo‘shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko‘rish mumkin. Ulardan eng yiriklari ˗ “Hindiston”, “Yodgorliklar”, “Qonuni Mas’udiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya” va “Astronomiya”. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiyaga oid — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargachayetib kelgan

Yüklə 143,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin