Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 742 www.ares.uz mohiyatini hamda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalashda xorijiy
tajribalarning o‗ziga xos jihatlari
6
ni o‗rgangan.
NATIJALAR Maktabgacha ta‘lim va tarbiyaning davlat ta‘lim standartlariga ko‗ra
maktabgacha ta‘lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual
ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda
bolada ma‘naviy me‘yorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini
ko‗zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon
7
hisoblanadi.
Mana shu jarayonda maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qabul turli davlatlarda
turlicha ekan. (1-jadval)
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul yoshi O‗zbekiston
Germaniya
Yaponiya
Italiya
Xitoy
1 yosh
4 oylik
3 yosh
3 yosh
3 yosh
O‗zbekiston Respublikasi ―Maktabgacha ta‘lim va tarbiya to‗g‗risida‖gi qonunning
34-moddasiga binaoan bolalar yoshlariga qarab guruhlarga ajratilgan. Jumladan, ilk
rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha), kichik guruh (uch yoshdan to‗rt
yoshgacha), o‗rta guruh (to‗rt yoshdan besh yoshgacha), katta guruh (besh yoshdan
olti yoshgacha), maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha).
Germaniyada esa bolalarga ―nafaqa chiqqan bobo, buvilar nabiralarga qarashi kerak‖-
degan tushuncha mavjud emas. Shuning uchun ota-onalar farzandlarini 4 oylikdan
boshlab bog‗chaga berishga majburdirlar. Ko‗pgina nemis oilalari farzandlarini ancha
erta bog‗chaga beradilar. Germaniyada maktabgacha ta‘limning 6 xil turi mavjud
bo‗lib, ular bir-biridan tubdan farq qiladi va rang-barangligi bilan boshqa
davlatlarnikidan ajralib turadi.
Yaponiya, Italiya va Xitoy davlatida bolalar asosan 3 yoshdan bog‗chaga qabul
qilinadi. Faqatgina juda majbur bo‗lgan oilalar farzandlarini bolalarga qarash
markazlariga berishlari mumkin. Masalan, Yaponiyada bolalar yaslisiga (bolaga
qarash markazi) bolani uch oyligidan berish mumkin, lekin bunday holat
yaponlar orasida keng tarqalgan emas, chunki bunday yoshda bolani
yasliga joylashtirish uchun onada juda jiddiy sabab bo‗lishi kerak.
Shuningdek bunday ayol jamiyat tomonidan yaxshi ona deb baholanmaydi.
Atrofdagilarning fikri esa yaponlar uchun ―eng asosiy‖ deb hisoblanadi.
Yaponiyada bolalar yaslisiga faqat ota-onasi ishlaydigan bolalar qabul qilinadi.
Buning uchun munitsipalitetga ota-ona ish joyidan ma‘lumotnoma va oilada