Maktabda tahsil olayotgan 1-sinf oquvchilariga navbatdagi qoshimcha tatil berish togrisida.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-dekabrdagi 1-sonli yigilish bayoni bilan tasdiqlangan Havo haroratining keskin sovushi natijasida talim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, oquvchi va talabalari talim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish togrisida”gi qaroriga hamda Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab talimi vazirining 2023-yil 6-yanvardagi 2-sonli Talim tashkilotlarida qishki tatilni uzaytirish togrisidagi buyrugiga asoslanib, anomal sovuq kunlarida maktabda tahsil olayotgan 1-sinf oquvchilarining sogligi va xavfsizligini taminlash maqsadida
B U Y U R A M A N:
1. Ozbekiston Respublikasi xalq talimi vazirining 2021- yil 24-dekabrdagi 414-sonli buyrugi bilan tasdiqlangan Umumiy orta talim maktablari uchun 2022-2023-oquv yiliga moljal!angan tayanch oquv rejasining tushuntirish xatida belgilangan 1- sinf oquvchilari uchun oquv yilining fevral oyida beriladigan bir haftalik qoshimcha tatil muddati 2023-yil 12-yanvardan 19-yanvargacha muddatga kochirilsin.
2. Maktabda tahsil olayotgan 1-sinf oquvchilariga 2023-yil 12-yanvardan 19-yanvargacha bir xaftalik qoshimcha tatil berilsin.
3. Maktab OIBDO Z.Mõminovaga:
- 1-sinf oquvchilariga bir xaftalik qoshimcha tatil berilishi sababli KUNDALIK UZ tizimiga zarur ozgartirishlar kiritish;
-1- sinflarga dars beruvchi oqituvchilar tomonidan 2023-yil 12-yanvardan 19-yanvargacha oz ustilarida qoshimcha ishlashlarini taminlash uchun metodik yordamlar tashkil etish va ularning faoliyatlarini nazorat qilib borish vazifasi yuklatilsin.
4. 1-ABVGDE sinflarning sinf rahbarlariga:
- ozlari rahbarlik qilayotgan sinflardagi oquvchilar va ularning ota-onalarini ushbu buyruq bilan tanishtirish hamda oquvchilarga qoshimcha tatil kunlari uchun uy vazifalari hamda ijodiy topshiriqlar belgilab berish vazifalari yuklatilsin.
5. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish OIBDO Z.Mõminova zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: O Isaqov