Марказий Осиёда мил авв. VII-VI асрларда мавжуд бˇулган Кˇузали



Yüklə 2,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/62
tarix22.05.2020
ölçüsü2,91 Mb.
#31354
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Tarix 4000ta test

1.4-3 file-» 74 - 15 - -
(702289)
XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi
mansablar va ularning vazifalari to‘g‘ri
ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
1) Parvonachi; 2) Raiskalon; 3) Qozikalon;
4) Sadr; 5) Qushbegi
a) Bosh vazir; b) Vaqf mulkini boshqaruvchi;
c) Bosh sudya; d) Shahar sudyasi; e) Amir
farmonlarini e’lon qiluvchi.
A) 1-e; 2-d; 3-c; 4-b; 5-a
B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e
C) 1-e; 2-d; 3-c; 4-a; 5-b
D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-e; 5-d

Тарих
97
1134.
1.4-3 file-» 74 - 16 - -
(702290)
Qarshi shahri yaqinida Chor Rossiyasi
qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchragan
Abdumalik to‘raning chekinishiga majbur
bo‘lgan hududlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni
aniqlang.
A) Shahrisabzdan Afg‘onistonga, undan
Peshovarga
B) Qarshidan Afg‘onistonga, undan Eronga
C) Qarshidan Shahrisabzga, undan Afg‘oniston
va Eronga
D) Shahrisabzdan Tojikistonga, undan
Hindistonga
1135.
1.4-3 file-» 74 - 16 - -
(702291)
Ma’lumki, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni
bosib olishi uchinchi bosqichidan ko‘zlagan asosiy
maqsadi Xiva xonligini bosib olish edi. Bu hujum
qaysi harbiy okruglar tomonidan olib borildi?
A) Kazalinsk, Krasnovodsk, Turkiston va
Samarqand
B) Samarqand, Mang‘ishloq, Kazalinsk va
Krasnovodsk
C) Mang‘ishloq, Orenburg, Turkiston va
Krasnovodsk
D) Orenburg, Kazalinsk, Petropavlovsk va
Krasnovodsk
1136.
1.4-3 file-» 74 - 16 - -
(702292)
1886-yilgi Turkiston o‘lkasini idora qilish
to‘g‘risidagi yangi ”Nizom”ning o‘lkadagi
yer-xo‘jalik munosabatlarini tamomila o‘zgartirib
yuborgan maxsus bo‘limini aniqlang.
A) ”O‘rta Osiyodagi yer-suv munosabatlari
tuzilishi”
B) ”Turkiston o‘lkasining yer tuzilishi”
C) ”Yer-suv munosabatlari islohotlari”
D) ”Turkiston o‘lkasining yer-suv
munosabatlaridan foydalanish”
1137.
1.4-3 file-» 74 - 16 - -
(702293)
Turkiston o‘lkasida istiqomat qiluvchi rus aholisi
uchun tuzilgan harbiy sud komissiyalarining
vazifasi nimadan iborat edi?
A) mahalliy aholi tomonidan sodir etilgan
mayda jinoyatlarni ko‘rib chiqish bilan
cheklanib qolgan
B) general-gubernatorlik devonida sodir etilgan
barcha jinoyatlarni ko‘rib chiqish
C) mahalliy aholi tomonidan sodir etilgan
siyosiy jinoyatlar va hokimiyatga qarshi
jinoyatlarni ko‘rib chiqish
D) faqatgina harbiylar sodir etgan jinoyatlarni
ko‘rib chiqish
1138.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702294)
Ma’lumki, Muhammad Rizo Ogahiy shoir va
tarixchi bo‘lib, 16 ta tarixiy, ma’rifiy va tarjima
asarlari muallifidir. U quyidagi qaysi hukmdorlar
davri tarixi va tarixiy voqealarni yozib qoldirgan?
1) Muhammad Rahimxon II davrini;
2) Elbarsxon davrini; 3) Olloqulixon davrini;
4) Muhammad Rahimxon I davrini;
5) Feruzning taxtga o‘tirishini; 6) Rus bosqini
tarixini; 7) Abulg‘ozixon davrini
A) 1, 3, 5, 6
B) 1, 2, 4, 7
C) 2, 3, 5, 6
D) 2, 3, 5, 7
1139.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702295)
1867-yilda general-adyutant fon Kaufman
Turkiston o‘lkasi general-gubernatori etib
tayinlandi. Tayinlanishidan oldin u
. . .
A) Rossiyaning O‘rta Osiyodagi yerlarini
kengaytirish to‘g‘risida aniq ko‘rsatma
oldi va 1881-yilgacha bu ko‘rsatmalarni
amalga oshirdi.
B) Peterburgda podsho huzuridagi Akademiyada
harbiy va davlat boshqaruvi kurslarida uch
oylik saboq oldi.
C) Buyuk Britaniya bilan Hindistonni bo‘lib
olish uchun muzokaralar olib borish va shu
orqali imperiya yeralarini janubga tomon
kengaytirish haqida ko‘rsatma oldi.
D) Qonun doirasida ish tutish, boshqaruv
ishlariga mahalliy aholini jalb etish,
imkoniyat darajsida harbiy harakatlar olib
bormaslik hamda o‘lka iqtisodiy-madaniy
hayotini rivojlantirish haqida ko‘rsatma oldi.
1140.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702296)
Fon Kaufman O‘rta Osiyoni bosib olishni Buxoro
amirligini qo‘lga kiritish bilan davom ettirishga
qaror qilib, amir Muzaffarga chegaralar
masalasida taklif kiritdi. Amir esa bu takliflarni
rad etdi. Shunda fon Kaufman amir Muzaffarga
qanday ayb qo‘ygan edi?
A) general-gubernatorlik chegaralariga
bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rish
B) Qo‘qon xoni Xudoyorxon bilan til biriktirib
ittifoq tuzish
C) Samarqand shahrini bosib olib, u yerda
qirg‘in-barot amalga oshirish
D) Fon Kaufman bilan kelishmasdan chegaralar
masalasini o‘z-o‘zicha hal qilish

Тарих
98
1141.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702297)
1886-yilda imperator Aleksandr III ”Turkiston
o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi yangi Nizom”ni
tasdiqladi. Bu nizomning mulk va vaqf yerlariga
taalluqli moddalari
. . .
A) oliy va o‘rta tabaqa ruhoniylarni
butunlay yo‘qotish niyatini ifoda etar
edi.
B) oliy va o‘rta tabaqa ruhoniylarning
manfaatlarini himoya qilar edi.
C) masjid va madrasalarga tegishli yerlardan
soliq undirishni bekor qilishga qaratilgan edi.
D) asta-sekinlik bilan masjid va madrasalarni
yopib qo‘yish yoki ular faoliyatini cheklashni
ifoda etardi.
1142.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702298)
Ma’lumki, 1867-yilgi ”Nizom” loyihasi Turkiston
o‘lkasida o‘ziga xos sudlov tizimini amalga
kiritgan edi. U quyidagi qaysi pog‘onalarni o‘z
ichiga olgan?
1) General-gubernator sudi; 2) Qozilar sudi;
3) ”Xalq”sudlari; 4) Oqsoqollar sudi; 5) Uyezd
sudlari; 6) Xo‘jalik sudlari; 7) Muvaqqat
harbiy-sudlov komissiyalari; 8) Viloyat
boshqarmasining sud bo‘limlari; 9) Pristav
sudlari; 10) Devonning sudlov bo‘limi.
A) 2, 3, 5, 7, 8, 10
B) 1, 3, 4, 5, 6, 9
C) 1, 3, 5, 7, 9, 10
D) 3, 4, 7, 8, 10
1143.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702299)
XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida
podsho Rossiyasi Turkistonda paxta
yetishtirishni rivojlantirish maqsadida o‘lkada
keng irrigatsiya tizimini yo‘lga qo‘yishni
rejalashtirgan edi. Quyidagi qaysi hududlarda
dalalarni sug‘orish bo‘yicha loyihalarning ko‘pi
bajarilmay qolgan edi?
A) Toshkent vohasida, Samarqand
viloyatida va Farg‘ona vodiysida
B) Sirdaryo viloyatida, Zarafshon vohasida va
Surxondaryo vohasida
C) Kaspiyorti viloyatida, Toshkent vohasida va
Qarshi vohasida
D) Qarshi vohasida, Surxondaryo vohasida va
Toshkent viloyatida
1144.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702300)
Ma’lumki, mustamlaka davrida Turkistonning
qishloqlarida ham tovar-pul munosabatlari
rivojlana boshlagan edi. Bu jarayon dehqonlarga
qanday ta’sir ko‘rsatdi?
A) dehqonlar xonavayron bo‘lib, o‘z
yeridan mahrum bo‘la boshladi va
qishloqda ijaragirlar asosiy ijtimoiy
kuchga aylanib bordi
B) dehqonlar yerlariga ishlov berish va
kengaytirish borasida katta imkoniyatlarga
ega bo‘la boshladilar
C) dehqonlar turli kompaniyalar bilan
shartnomalar asosida o‘z mahsulotlarini
jahon bozoriga chiqarish imkoniyatiga ega
bo‘la boshladilar
D) qishloqlarda tovar-pul munosabatlari
rivojlanishi jarayoni dehqonlarga hech
qanday ta’sir ko‘rsatmadi
1145.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702301)
Mustamlaka davrida Turkiston
general-gubernatorligining barcha paxta
ekiladigan tumanlarida davlat va Rus-Osiyo
banklarining bo‘limlari ochilgan bo‘lib, Rossiya
bank kapitalining Turkistonga kirib kelishi
. . .
A) sanoat rivojlanishi, temir yo‘l qurilishi,
savdo-sotiqning rivojlanishi
jadallashuviga olib keldi.
B) sanoatning rivojiga olib kelgan bo‘lsa-da,
ishlab chiqarishdagi ayrim jiddiy nuqsonlar
savdo-sotiq rivojiga putur yetkazdi.
C) sanoat rivoji va temir yo‘llar qurilishiga
ijobiy ta’sir etgan bo‘lsa-da, savdo-sotiq
taraqqiyoti avvalgi holatida qolaverdi.
D) Rossiya banklarining chet el banklaridan
anchagina ilgarilab ketishini t’minlagan edi.
1146.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702302)
Mustamlaka davrida Rossiyaning Turkistondagi
banklari bo‘limlari sudxo‘rga aylanib, aholining
kreditlar bo‘yicha qarzlari ko‘payib ketgan edi.
1912-yilga kelib quyidagi qaysi viloyatlar
dehqonlarining yarmi (50 %) qarzi evaziga yersiz
bo‘lib qolgan edi?
A) Toshkent va Andijon viloyatlari
dehqonlari
B) Farg‘ona va Samarqand viloyatlari dehqonlari
C) Toshkent va Sirdaryo viloyatlari dehqonlari
D) Zarafshon va Andijon viloyatlari dehqonlari

Тарих
99
1147.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702303)
Podsho Rossiyasi davrida quyidagi qaysi
shaharlar (shaharchalar) harbiy shaharlar
hisoblangan?
1) Kazalinsk; 2) Qo‘qon; 3) Petro-Aleksandrovsk;
4) Chimkent; 5) Verniy; 6) Skobelev;
7) Chernyayevka; 8) Asaka; 9) Ashxobod.
A) 1, 3, 6, 7
B) 1, 4, 5, 8, 9
C) 2, 3, 6, 7, 9
D) 3, 5, 7, 8
1148.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702304)
Quydagi qaysi jarayon podsho Rossiyasini
paxtani Turkistonda yetishtirish uchun
kirishishga majbur etgan edi?
A) Amerika paxtasi narxining ko‘tarilishi
va uni keltirish bilan bog‘liq
qiyinchiliklar
B) Amerika bilan Rossiya o‘rtasida
munosabatlar o‘zgarishi oqibatida Rossiyaga
paxta yuborishning keskin to‘xatilishi
C) Amerika paxtasi narxining ko‘tarilishi va
paxta navlari sifatining tushib ketishi
D) Turkistonda Amerika va mahalliy navlarni
chatishtirish natijasida Amerika navidan
afzalroq bo‘lgan yangi paxta navi yaratilishi
1149.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702305)
Mustamlaka davrida Farg‘ona vodiysidan
Toshkent va O‘rta Osiyo temir yo‘li orqali
quyidagi qaysi shaharlar to‘qimachilik
fabrikalariga paxta xomashyosi olib ketilar edi?
1) Ryazan; 2) Moskva; 3) Peterburg;
4) Yaroslavl; 5) Penza; 6) Ivanovo-Voznesensk;
7) Riga; 8) Tula; 9) Samara; 10) Lodzi;
11) Tallin; 12) Barnaul.
A) 2, 4, 6, 7, 10
B) 1, 3, 4, 5, 6, 8, 11
C) 2, 3, 5, 7, 9, 12
D) Bu davrda paxta faqat Orenburg va Samara
shaharlariga to‘g‘ri olib ketilib, keyin boshqa
shaharlarga jo‘natilar edi.
1150.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702306)
Ma’lumki, mustamlaka Turkistonda paxta
yetishtirishga asosiy e’tibor qaratilgunga qadar
yirik sanoat ishlab chiqarishi amalda yo‘q
darajada edi. Bu davrda mahalliy
ishbilarmonlarning faolligi
. . .
A) mayda hunarmandchilik ishlab
chiqarishga asoslangan edi.
B) yirik hunarmandchilik ishlab chiqarishga
asoslangan edi.
C) rus kapitalini o‘zlashtirish va joriy etishga
asoslangan edi.
D) nihoyatda susayib ketgan edi.
1151.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702307)
XIX asrning oxirida Farg‘ona vodiysida
ko‘tarilgan qo‘zg‘olonning asosiy sababini
aniqlang.
A) 1886-yilgi ”Turkiston o‘lkasini idora
qilish to‘g‘risidagi Nizom” e’lon
qilinganidan keyin mustamlaka
zulmining kuchayishi
B) sharoiti qulay bo‘lganligi bois, Turkiston
general-gubernatorining 1896-yilgi ”Farg‘ona
viloyatida paxta ekiladigan yerlarni
kengaytirish to‘g‘risida”gi farmoni
C) XIX asrning 90-yillaridagi qurg‘oqchilik
oqibatida ro‘y bergan qattiq ocharchilik
D) 1896-yilgi ”Farmon”ning bajarilishi borasida
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va adolatsizliklar
1152.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702308)
XIX asrning 80-yillarida Ural kazaklari nima
uchun Petro-Aleksandrovsk, Uralskiy posyolkasi
va Nukus qishloqlariga ko‘chirilgan edi?
A) ular 1875-yilda chorizm ma’muriyati
tomonidan armiya xizmati to‘g‘risidagi
yangi Nizomga bo‘ysunmagani uchun
B) ular aysh-ishratga berilib ketib, harbiy
qonun-qoidalarga rioya qilmaganlari uchun
C) yuqoridagi hududlarda baliqchilik xo‘jaligini
rivojlantirish sobiq harbiylar yordamida
amalga oshirish rejalashtirilgani bois
D) yuqoridagi hududlarga Ural kazaklari emas,
Orenburg kazaklari o‘z xohishiga ko‘ra
ko‘chirilgan
1153.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702309)
XX asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotining
demokratik an’analarini quyidagi qaysi yangi
avlod shoirlari davom ettirdilar?
1) Umar; 2) Qulimbet; 3) Bobo Go‘klan;
4) Kunxo‘ja; 5) Sariboy; 6) Otash Olshinboy;
7) Qulmurot; 8) Sodiq; 9) Ajiniyoz Qosinboy;
10) Berdaq.
A) 1, 2, 5, 7, 8
B) 1, 4, 5, 8, 10
C) 2, 3, 6, 8, 9
D) 1, 3, 5, 6, 10

Тарих
100
1154.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702310)
XIX asrning oxiri-XX asr boshlarida Buxoro
amirligi 27 ta beklikka bo‘lingan bo‘lib,
beklar
. . .
A) shaxsan amir tomonidan tayinlanar va
lavozimidan bo‘shatilar edi.
B) Qushbegi (beklar boshlig‘i) tomonidan
tayinlanar va lavozimidan bo‘shatilar edi.
C) huzurida shaxsan amirning qarindoshlari yoki
yaqin kishilaridan tayinlangan ulkan
amaldorlar guruhi bo‘lgan.
D) shaxsan amirning tavsiyasiga ko‘ra saroy
amaldorlari tomonidan saylab qo‘yilar edi.
1155.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702311)
Quyidagi qaysi voqealar bir yilda sodir
bo‘lganligini aniqlang.
1) Buxoro amirligining Baljuvon bekligidagi
Vose’ qo‘zg‘oloni;
2) Buxoro amirligining Ko‘lob bekligidagi
dehqonlar qo‘zg‘oloni;
3) Fransiyaning Xitoyga Qarshi urush boshlashi;
4) Germaniya sotsial-demokratik partiyasining
tashkil etilishi;
5) Germaniyaning Afrika sharqiy qismidagi
hududlar va Zanzibarni zabt etishi;
6) Angliyaning Afg‘onistonga qarshi ikkinchi
afg‘on urushining boshlab yuborishi.
A) 1, 3, 5
B) 2, 4, 5
C) 2, 3, 4, 5, 6
D) 1, 2, 4, 5, 6
1156.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702312)
XIX asrning oxirida Buxoro amirligi quyidagi
qaysi hududlar bilan savdo aloqalariga ega edi?
1) Afg‘oniston; 2) Xitoy; 3) Eron; 4) Kavkaz;
5) Turkiya; 6) G‘arbiy Yevropa; 7) Rossiya;
8) Sharqiy Yevropa; 9) Misr; 10) Hindiston.
A) 1, 3, 4, 7, 10
B) 2, 3, 6, 7, 8
C) 2, 4, 5, 7, 9
D) 1, 2, 6, 7, 8, 10
1157.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702313)
XIX asrning oxirlarida Buxoro amirligining qaysi
shaharlarida Rossiya firmalari o‘z idora va
omborxonalariga ega bo‘lishgan?
1) Buxoro; 2) Samarqand; 3) Shahrisabz;
4) Chorjo‘y; 5) Mari; 6) Kerki; 7) Kitob;
8) Termiz; 9) Kattaqo‘rg‘on; 10) Kogon;
11) Qarshi; 12) Denov; 13) Karmana
A) 1, 4, 6, 8, 10
B) 2, 3, 5, 7, 8, 12, 13
C) 1, 3, 5, 6, 8
D) 1, 2, 4, 5, 7, 8, 10, 11
1158.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702314)
Har bir kishi mehnat qilishi va o‘z mehnati bilan
topgan mablag‘i hisobiga kun kechirishi darkor.
Yuqoridagi purma’no fikr kimga tegishli?
A) o‘zbek shoiri va mutafakkiri Ahmad
Donishga
B) buyuk sohibqiron Amir Temurga
C) mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon boshlig‘i
Mahmud Tarobiyga
D) buyuk mutafakkir Alisher Navoiyga
1159.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702315)
Quyidagi qaysi voqealar aynan bir yilda sodir
bo‘lgan?
A) Xitoyning Markaziy Vyetnam ustidan
fransuz protektoratini tan olishi va
Buxoro hunarmandlarining Venada
bo‘lib o‘tgan Butunjahon
ko‘rgazmasida ishtirok etishi
B) Buxoro amirligida temir yo‘l qurilishi va
Yaponiya bilan Xitoy o‘rtasidagi
ziddiyatlarning urushga olib kelishi
C) AQSH kongressi tomonidan trestlarga qarshi
qonun qabul qilinishi va Yaponiyada yalpi
harbiy xizmat haqida qonun qabul qilinishi
D) Germaniya hamda Avstriya-Vengriya
madadiga tayangan Bolgariyaning Serbiya va
Gretsiyaga urush ochishi va Yosh
xivaliklarning ”Islohotlar loyihasi” ni taqdim
etishi
1160.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702316)
Buxoro Amirligi taxtiga o‘tirgan Sayid
Olimxon
. . .
A) Buxoroda davlat asoslari va diniy
tizimni o‘zgartirish taraddudida
bo‘lmadi.
B) zudlik bilan Buxoroda davlat asoslari va
diniy tizimni o‘zgartirish chora-tadbirlarini
ko‘rdi.
C) otasi Abdulahadxonga yon bosgan barcha
saroy amaldorlarini qatl etishga buyruq berdi
D) davlat ishlarini avvalo, jadidlar bilan kelishuv
muzokaralari olib borishdan boshladi.

Тарих
101
1161.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702317)
Qanday jarayon Amir Olimxonni chora-tadbirlar
ko‘rishga hamda jadidlarning mamlakatni
demokratlashtirish va islohotlar o‘tkazish
to‘g‘risidagi talablariga yon berishga majbur
qilgan edi?
A) Rossiyadagi voqealar va amirlikning
o‘zidagi muxolifatchi kuchlar harakati
B) Rossiyadagi voqealar hamda Afg‘oniston
xavfining tobora kuchayib borishi
C) amirlikning yirik shaharlarida jadidlarning
tinimsiz o‘tkazgan namoyishlari
D) bosh qozi tomonidan 1912-yilda mamlakatda
islohotlar o‘tkazishga va’da bergan
manifestni o‘qib eshittirilishi
1162.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702318)
Quyidagi qaysi voqeadan so‘ng ma’rifatli
hukmdor sifatida tasavvur etilgan Amir Sayid
Olimxonga bo‘lgan e’tiqod abadiy ko‘mib
tashlandi?
A) Buxoroda jadidlarning namoyish
o‘tkazishi, namoyishchilarning
toshbo‘ron qilinishi, kaltaklanishi va
haqoratlab tarqatib yuborilganidan
so‘ng
B) Samarqandda jadidlarning namoyish
o‘tkazishi, namoyishchilarning toshbo‘ron
qilinishi, kaltaklanishi va haqoratlab tarqatib
yuborilganidan so‘ng
C) yosh Sovet davlati bilan Buxoroga Qizil
Armiya qo‘shinlarini kiritish borasida maxfiy
bitim imzolangandan so‘ng
D) haqiqat va adolat talab qilgan jadid
rahbarlari Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf
Fitrat va Usmon Xo‘jalar zindonga
tashlangandan so‘ng
1163.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702319)
Quyidagi bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni
aniqlang.
A) Germaniyaning Angliyaga qarshi
cheklanmagan suv osti urush e’lon
qilishi va jadidlarning Kerki hamda
Buxoroda namoyishlar o‘tkazishi
B) AQSH kongressining trestlarga qarshi qonun
qabul qilishi va Xiva xonligida hokimiyatning
saylov organlari tashkil etilishi
C) Xivada Matyoqub pishiq boshchiligida
qo‘zg‘olon ko‘tarilishi, ammo shafqatsizlarcha
bostirilishi va Yaponiyani Koreyaning
anneksiya qilinganligini rasman e’lon qilishi
D) Xitoyda Ixetuan harakatining qo‘zg‘olon
tusini olishi va shovinistik tashkilot bo‘lgan
German ittifoqining tuzilishi
1164.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702320)
Ma’lumki, 1917-yil aprelida Buxorodagi
namoyishda jadidlar kaltaklanib tarqatib
yuborilgan edi. Shundan so‘ng ozodlikda qolgan
yosh buxoroliklar
. . . .
A) yangi Buxoro (Kogon), Chorjo‘y va
Termizda mamlakatda islohotlar
o‘tkazish bo‘yicha tashviqot ishlari olib
bordilar
B) Buxoro, Kerki va Karmanada mamlakatda
islohotlar o‘tkazish bo‘yicha tashviqot ishlari
olib bordilar
C) tinchlik yo‘li bilan adolatga erishib
bo‘lmasligini anglab, Turkiyadan harbiy
yordam so‘rab murojaatnoma jo‘natdilar
D) Sayid Olimxon amaldorlari bilan til
biriktirib, avvalo, harbiy islohotlar o‘tkazish
tadbirlarini ishlab chiqdilar
1165.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702321)
Quyidagi 1917-yilda sodir bo‘lgan voqealarni
aniqlang.
1) Germaniyaning Angliyaga qarshi
cheklanmagan suvosti urushi e’lon qilishi;
2) Nyu-Yorkda birinchi issiqlik elektr stansiyasi
qurilishi;
3) Kerki va Buxoroda jadidlar tomonidan
namoyishlar o‘tkazilishi;
4) Xiva xonligida hokimiyatning saylov organlari
tashkil etilishi;
5) Turkfront qo‘shinlari tomonidan Xivaning
bosib olinishi;
6) Sovet Rossiyasi va Avstriya-Germaniya
qo‘mondonligi o‘rtasida yarashish bitimining
imzolanishi;
7) Rossiya va Ruminiya o‘rtasida Ruminiyaning
hududiy yaxlitligini kafolatlaydigan shartnoma
tuzilishi
A) 1, 3, 4, 6
B) 1, 2, 5, 7
C) 3, 6, 7
D) yuqoridagi barcha voqealar 1917-yilda sodir
bo‘lgan

Тарих
102
1166.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702322)
XIX asrning oxiri – XX asr boshlaridagi
siyosatni, davlat faoliyatini belgilashda Xiva xoni
hokimiyati
. . .
A) Xiva xalqi manfaatlari bilan hech bir
mushtarak jihatlari bo‘lmagan, tor
xudbinona manfaatlardan kelib ish olib
borar edi.
B) ma’lum doirada cheklangan mustabid
ma’muriy-sudlov va harbiy hokimiyatga ega
edi.
C) avvalo, rus ma’murlari va harbiylari,
amaldorlari va oliy tabaqali ruhoniylar
guruhiga tayanib ish olib borar edi.
D) bosh maqsadni xalq manfaatlarini ifoda
etuvchi islohotlar o‘tkazish jarayonlariga
qaratgan edi.
1167.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702323)
XIX asrning oxiri–XX asr boshlarida qanday
jarayon tufayli Xiva xonligida ichki bozor ancha
kengayib, tovar-pul munosabatlari shitob bilan
rivojlana boshladi?
A) Rus kapitali amaliyotlari tufayli
B) qishloq aholisining ommaviy ravishda
shaharlarga ko‘chishi natijasida
C) xon hokimiyatining mayda
hunarmandchilikni rivojlantirish borasida
o‘tkazgan islohotlari tufayli
D) bu davrda Xiva xonligida ichki bozor tor
doirada bo‘lib, tovar-pul munosabatlari qoloq
darajada edi
1168.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702324)
Jadidchilikning Xiva xonligidagi ko‘rinishi
bo‘lgan yosh xivaliklar harakati qanday jarayon
ta’sirida vujudga kelgan edi?
A) davlatda vujudga kelayotgan yalpi
norozilik vaziyatining bevosita ta’siri
ostida
B) Buxoro va Toshkent jadidlari bilan olib
borilgan uzviy aloqalarning bevosita ta’siri
ostida
C) Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ning
davlat boshqaruvi xususida majburiy
islohotlar o‘tkazishi natijasida
D) jadidchilikning Xiva xonligi ko‘rinishi
harakati paydo bo‘lishida hech qanday
jarayon jiddiy ta’sir etmagan
1169.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702325)
XIX asrning oxiri–XX asr boshlarida Xiva
xonligida san’atning quyidagi qaysi turlari eng
ommabop bo‘lgan?
1) askiyabozlik; 2) doston bayoni; 3) qo‘shiq;
4) nutq madaniyati; 5) dorbozlik; 6) musiqa;
7) she’rxonlik; 8) raqs; 9) g‘azalnavislik.
A) 3, 6, 8
B) 3, 5, 7, 9
C) 2, 4, 6, 8
D) 1, 3, 5
1170.
1.4-3 file-» 74 - 17 - -
(702326)
Jadidlar o‘z g‘oyalari va qarashlarini eng samarali
targ‘ib qilishning qanday yo‘lini topishgan edi?
A) ular milliy teatr tashkil etgan edilar
B) ular aholining qatlamlariga turli imtiyozlar
beruvchi islohotlar ishlab chiqdilar
C) jadid matbuoti bilan bir vaqtda radio
eshittirishlar jadidlar mafkurasini targ‘ib
qilishning juda qudratli ommaviy vositasiga
aylangan edi
D) ular ko‘chalar, bog‘lar, mahallalar va
xonadonlarda islohotlarni targ‘ib etuvchi
turli yig‘inlar uyushtirganlar

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin