Y.M. Usoskinning fikriga ko'ra Markaziy bank funksiyalariga:
- kredit pullari (banknotlar) emissiyasi;
- banklar uchun va boshqa kredit tashkilotlari uchun turli xizmatlarni amalga oshirish;
- hukumatning moliyaviy agenti funksiyasi;
- markazlashgan oltin-valuta zaxiralarini saqlash:
- pul-kredit siyosati tadbirlarini o'tkazish kabilar kiradi.
Markaziy bank operatsiyalarining turlari
Markaziy banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar quyidagi to'rt guruhga (turga) bo'linadi:
1. Banknotlarning monopol emissiyasini amalga oshirish;
2. Markaziy bank- banklar banki nisoblanadi;
3. Markaziy bank- hukumat bankiri hisoblanadi;
4. Markaziy bank pul- kreditni tartibga soladi va bank nazoratini amalga oshiradi.
Markaziy bank
Markaziy bank bilvosita tadbirkorlar va aholi bilan hech qanday faoliyat olib bormaydi. Uning asosiy mijozlari bo'lib tijorat banklan hisoblanadi.
Tijorat banklari Iqtisodiyot va Markaziy bank orasida (o'rtasida) vositachi sifatida faoliyat ko'rsatadi. Markaziy banklar banki sifatida tijorat banklarining zaxiralarini saqlaydi, jumladan, majburiy zaxira talablari shaklidagi pul mablag'larini saqlaydi, ularning kreditorlari sifatida ishtirok etadi, tijorat banklarining Markaziy banka ochadigan hisob varaqlari orqali (O'zbekiston Respublikasi- hisob-kassa markazi) mamlakat miqyosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiradi; banklar va boshqa kredit institutlari ustidan nazoratni olib boradi.
Markaziy bank
Kapitalidagi mulk shaklidan qat'i nazar Markaziy bank davlat bilan uzviy bog'liqdir. Hukumat bankiri sifatida- Markaziy bank hukumat g'aznachisi o'rnida va kreditori sifatida, vakili (agenti), Moliyaviy maslahatchisi sifatida faoliyat olib boradi(ishtirok etadi).
Bu o'rinda Markaziy bank hukumat tashkilotlari va korxonalarning hisob raqamlarini yuritadi, soliqlarni va boshqa tushumlarni yig'adi, to'lovlarni amalga oshiradi.
Markaziy bank, qoidaga binoan, davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshiradi. Davlatga soliqlar va zayomlardan (obligatsiyalardan) tushgan daromadlar hukumat xarajatlarini qoplovchi Markaziy bankdagi g`aznachilikning foizsiz raqamiga o'tkaziladi (Moliya vazirligi).