4. Majburiy zaxiralash normasi. Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri – bu, majburiy bank zaxira me`yorini o`zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar – bu, kredit maksadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir kismidir.. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo`lgan zaxiralarning eng kuyi normasini o`rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash kobiliyatiga, imkoniyatiga ta`sir etadi. Bu me`yor kanchalik yukori bo`lsa, ortikcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo`li bilan «pullarni barpo etish» kobiliyati past bo`ladi. Ilk majburiy zaxira normalari AKSH da 1865 yilda joriy kilingan edi. Agar Markaziy bank majburiy bank zaxirasini kamaytirsa, ortikcha bank zaxiralari ortadi, bu esa pul taklifining mul’tiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me`yor 25 % bo`lsa, unda bankka ko`yilgan 800 so`mdan 200 so`m majburiy bank me`yorini tashkil etadi. Bunda bank fakat 600 so`mni karzga berishi mumkin bo`ladi. endi faraz kilaylik, me`yor 10 % ga tushiriladi, unda bank 720 so`mni karzga berish imkoniyatiga ega bo`ladi va boshlangich pul taklifini 720 so`mga oshiradi.
Majburiy bank zaxirasi me`yorini ko`tarish yordamida pul taklifini kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortikcha bank zaxiralari kiskarishiga olib keladi. Pul-kredit siyosatini o`tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta`sir etadi. Turli mamlakatlarda ko`llanilayotgan majburiy zaxira normalari turlichadir. YUkori inflyatsiya darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo`lgan bo`lsa, Italiyada -25 foizni, YAponiyada bor yo`gi -2.5 foizni tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasida majburiy zaxiralash normasi keyingi o`n yil davomida sezilarli darajada kamaydi .
Bunday pasayish pul mul’tiplikator mikdorining kattalashishiga va albatta iktisodiyotda pul taklifining ko`payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortikcha rezervlarining ko`payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko`paytiriadi va bu iktisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta aloxida-aloxida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko`pincha bir necha vosita birdaniga ko`llanilishi, ya`ni kompleks siyosat o`tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xo`sh, pul-kredit siyosatining okibatlari kanday? Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YAIM, bandlik va baxolar darajasiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Faraz kilaylik, iktisodiyotda ishlab chikarish kiskarmokda va ishsizlar soni ortib bormokda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orkali pul taklifini biz yukorida ko`rib chikkan vositalar yordamida oshirishga xarakat kiladi. Natijada pul taklifi o`sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo`lgan talabni oshiradi va o`z navbatida, YAIM mikdorining ko`payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma`lum davrda o`z maksadiga erishadi, ishlab chikarishning orkaga ketishi to`xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining okibati to`grisida gapirganda, bu siyosatning kiska muddatli va uzok muddatli okibatlarini farklash kerak. Agarda kiska muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YAIM mikdori o`sishini ragbatlantirilgan xamda ma`lum darajada samaradorlikka erishilgan bo`lsa, uzok muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.