Markaziy cho’zilish



Yüklə 33,96 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü33,96 Kb.
#162173
4-mavzu


1.1.4. Markaziy cho’zilishga ishlayotgan elementlar hisobi.(2 soat)
Markaziy cho’zilish. CHo’zuvchi kuchlanishlar Yog’och konstruktsiyalar elementlari uchun xavfli hisoblanadi, chunki bunday kuchlanganlik holatida Yog’ochning nuqsonlari, ayniqsa butoqlar mavjudligi va qiya qatlam (belangi)lilik mo’rt uzilishga olib kelishi mumkin.
Butoqlar element kesimini zaiflashtiribgina qolmasdan, nosimmetrik joylashishi tufayli zaiflashgan kesimda kuchlanishlarning notekis taqsimlanishini keltirib chiqaradi, natijada cho’ziluvchi elementning qarshiligi keskin kamayadi.
CHo’ziluvchi elementlarda o’yiq va teshiklar mavjud bo’lgan joylarda kuchlanishlar kontsentratsiyasi yuzaga keladi, buning oqibatida zaiflashgan elementning mustahkamligi pasayadi.
Yog’och konstruktsiyalarning cho’zuluvchi elementlari 1-toifa elementlari hisoblanadi, shu sababli ularni taYorlashda nuqsonlari eng kam bo’lgan yuqori sifatli taxta-Yog’och materiallari ishlatilishi kerak.
Markaziy cho’zilishga ishlaydigan Yog’och elementlar eng zaif kesimi bo’yicha mustahkamlikka quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
, (2.1)
bu erda: - cho’zuvchi kuchlanishlar;
N hisobiy cho’zuvchi kuch, kN;
Fnt elementning simmetrik zaiflashgan ko’ndalang kesim yuzasi, sm2;
RR Yog’ochning tolalari bo’yilab cho’zilishga hisobiy qarshiligi, MPa, 3-jadval bo’yicha qabul qilinadi;
mo = 0,8 koeffitsient zaiflashgan joylarda yuzaga keluvchi kuchlanishlar kontsentratsiyasini hisobga oladi.
Zaiflashgan kesim yuzasi Fnt ni aniqlashda uzunligi 200 mm gacha bo’lgan uchastkada joylashgan barcha zaifliklar bitta kesimda joylashgan deb qabul qilinadi (2.1-rasm).



2.1-rasm. Markaziy cho’ziluvchi element
2.1-misol. Kesimi boltlar o’rnatilishi uchun ochilgan o’yiqlar va teshiklar bilan zaiflashtirilgan cho’ziluvchi elementning mustahkamligi tekshirilsin (2.2-rasm). Hisobiy cho’zuvchi kuch N=75 kN; element kesimining o’lchamlari bxh=15x20 sm; har ikkala tomondan o’yiqlarning chuqurligi hvr = 3,5 sm; teshiklar diametri d=1,6 sm. Element 1-navli qarag’ay Yog’ochidan tayYorlanadi.


2.2-rasm.

Echish:


Sterjenp brutto kesimining yuzasi:
Fbr=bxh=15.20=300 sm2.
O’yiqlar bilan zaiflashtirilgan kesim yuzasi:
F’zaif=2.3,5.20=140 sm2.
Boltlar uchun ochilgan teshiklar orasidagi masofa S=10<20 sm, demak, hisobda har uchala teshikning zaiflashtirishi bitta kesimda joylashadi deb qabul qilamiz.
Bolt teshiklari tufayli zaiflashgan yuza:
.
Sterjenp netto kesimining yuzasi:
.
Hisobiy cho’zuvchi kuchlanish:
,
demak, elementning mustahkamligi taominlangan.
Yüklə 33,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin