Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə34/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

2-asosiy savol bayoni: Qozog’iston Respublikasi aholisi MDH davlatlari orasida eng ko’p millatlilardan biridir. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, unda 110 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Buning asosiy sababi aholisining o’ziga xos dinamikasidir. Uning aholisi soni quyidagicha o’zgarib bordi (mln kishi hisobida): 1926y. – 6,0; 1939y. – 6,1; 1959y. – 9,3; 1979y. – 14,7; 1989y. -16,5; 1995y. – 16,7; 1997y. – 15,9; 2006y – 15,2. Ko’rinib turibdiki 1939-1959 yy. va 1959-1979yy. orasida aholi son jihatdan ancha yuqori sur’atlarda o’sgan. Birinchi davrda og’ir urush yillari bo’lganiga qaramasdan bu holatning buzilishiga sabab, sobiq Ittifoqning G’arbiy va Markaziy rayonlaridan anchagina sanoat korxonalari va aholining evakuatsiya qilinganligidir. Ikkinchi bosqichda aholining tez ko’payganligining sababi, ushbu davrda Qozog’istonda keng doirada qo’riq va bo’z erlarni o’zlashtirish ishlarining davom ettirilgani va eng muhimi G’arbiy rayonlardan millionlab turli millat vakillarining bu respublikaga ko’chirib keltirilganligidir. Ikkinchi sabab, 2 jahon urushidan oldin, ayniqsa undan keyingi davrlarda Qozog’istonda ko’plab er osti konlarining o’zlashtirilishi va yangi sanoat korxonalarining ishga solinishi sababli evropalik millat vakillaridan o’n minglab kishilar ko’chirib keltirilgan.
Uchinchi sabab, Qozog’iston 30-yillar oxirlari va 50-yillar boshlarida amalga oshirilgan ommaviy repressiya qilinganlarining ham anchagina qismini qabul qilgan.
Shunday qilib, bu holatlar nafaqat Qozog’iston aholisining son jihatdan tez ko’payishiga, shuning bilan aholi milliy tarkibining murakkablashib ketishiga ham olib keldi.
So’nggi 1989 y. Aholi ro’yxati ma’lumotlariga ko’ra respublika aholi-sining milliy tarkibida qozoqlar 39,7% (1959 yilda 30,0%), ruslar 37,8% (42,7%), ukrainlar 5,4% (8,2%), nemislar 5,8% (7,1%), o’zbeklar 2,0% (2,5%), boshqa millat vakillari 9,3% (9,5%) ni tashkil qiladi. Ko’rinib turibdiki, aholi milliy tarkibi dinamikasida 1959 va 1989 yillar orasida evropalik millat vakillari hissasi tobora kamayib, mahalliy millat vakillari hissasi ortib borgan. Buning asosiy sababi bu milliy guruhlarda aholi tabiiy ko’payish ko’rsatkichlarining turlicha kechayotganidir, ya’ni mahalliy millat vakilllarida tug’ilish ko’rsatkichlari ancha yuqori va evropalik millatlarda esa, aksincha, past ekanligidir.
1999 yilgi ma’lumotlar bo’yicha respublikadagi qozoqlarning soni 7985 mingni tashkil etdi (respublika aholisining 53,4 % i). Hozirgi paytda respublika aholisining 57,2 % ni qozoqlar tashkil etadi (2006y). Qozoqlar asosan respublikaning janubida va g’arbida joylashgan. Bu ko’rsatkichlar bo’yicha qozoqlar Qizilo’rda oblastida umumiy aholining 94 %-ni, Atirau oblastida 89 %-ni, Mang’istauda 79 %-ni, Janubiy Qozog’istonda 68 %-ni tashkil etmoqda. Qishloq joylarda aholining 90 %-dan ortig’i qozoqlardir. Mamlakatda qozoqlardan keyingi eng ko’p diaspora-ruslar, respublika aholisining 27,2 %-ni (5 mln ga yaqin)tashkil etadi. Ukrainlar esa 3,1 % (469,4 ming), nemislar 1,6 %, o’zbeklar 2,7 %, tatarlar 1,6 %-ga teng. Shuningdek 2,6 % boshqa millat vakillari tashkil etadi. Butun jahonda qozoqlarning umumiy soni 12,5 mln dan ortiq. Jahondagi 3 mingdan ortiq xalqlarning ichida demograflarning takidlashicha soni jihatdan qozoq etnosi 70 o’rinda. Qozoqlarning 4 mln-dan ortig’i respublikadan tashqarida jahonning 54 davlatida yashaydi.
Aholining hududiy joylashishi tabiiy yashash sharoiti va hududiy iqtisodiy jihatdan o’zlashtiirshi darajasiga bog’liq holda turlichadir. So’ngi ma’lumotlarga ko’ra Qozog’iston aholisining Markaziycha zichligi har 1km maydonga 5,5 kishini tashkil qiladi. Bu MDHda eng past ko’rsatkichdir. Janubiy va Shimoliy Qozog’iston intensiv dehqonchilik rayonlarida aholining Markaziycha zichligi eng yuqori 22-25 kishini tashkil qiladi. Ammo G’arbiy va Markaziy Qozog’istonning cho’l hududlarida bu ko’rsatkich har bir km2 ga 1-2 kishidan ortiq emas.
Qozog’istonda urbanizatsiya darajasi Markaziy Osiyoda eng yuqori. 2005 yilda jami aholining 57,0 % shaharlarda, qolgan qismi esa qishloqlarda yashagan. Umuman respublikada urbanizatsiya jarayoni ancha tez bordi. 1926 yilda shahar aholisining salmog’i atigi 9 % ni tashkil qilgan edi.
1-jadval. Qozog’iston Respublikasida aholining tarmoqlar bo’ycha bandligi (%-hisobida)



Iqtisodiyot tarmoqlari

ko’rsatkichlari

1.

Sanoatda

24

2.

Qishloq va urmon xo’jaligida

14

3.

Qurilishda

8

4.

Transport va aloqada

11

5.

Savdo va umumiy ovqatlanishda

5

6.

Ta’lim sohasida

15

7.

Sog’liqni saqlashda

8

8.

Boshqa sohalarda.

15

Manba: Axmetov.E.A. va boshqalar. Qozog’istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Hozirda Qozog’istonda 86 shahar, 200 atrofida shaharcha mavjud. Mamlakatda bitta millioner shahar Almati shahri (1 mln 175,4 ming) mavjud. Yirik shaharlar qatoriga Qarag’anda (518 ming), Astana (511 ming) kiradi.
Respublikada aholining 59,2 % (2006y.) mehnatga layoqatli yoshdagilardan iborat. Ammo Qozog’iston hududida mehnat resurslariga hamisha ehtiyoj seziladi. Aholining mehnatga yaroqli qismi sobiq ittifoq davrida 16-dan 60 yoshgacha erkaklar, 16-dan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar tashkil etgan bo’lsa, hozir 16-dan 63 yoshgacha erkaklar, 16-dan 58 yoshgacha bo’lgan ayollar mehnat resurslari hisoblanadi. Respublikada aholining 48,2 %-ni erkaklar, 51,8 %-ni ayollar tashkil etadi (1-jadval).

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin