Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə28/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

2-asosiy savol bayoni: Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgandan keyin transportning xo’jalikka va aholiga xizmat ko’rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi, chora–tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan, O’zbekistonda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aktsionerlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aktsionerlik mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoat korxanalariga aylantirildi. Shuningdek, mamlakat mustaqilligi va iqtisodiyoti katta axamiyatga ega bo’lgan Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Eron, Turkiya va G’arbiy Evropaning janubi bilan tutashtiruvchi Transosiyo magistrali Istambul-Toshkent-Almati-Pekin qurilishida xissaboy ishtirokida respublika quruvchilari uzunligi 133 km bo’lgan Tajan–Seraks temir yo’lini (133 km) qurishda qatnashdilar.
O’zbekiston Xitoyga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon–O’sh–Ergashtom–Qashqar (1997), Hind okeaniga chiqishga imkon beradigan Toshkent–Termiz–Xitoy–Karachi avtomobil yo’li qurilishida qatnashmoqda. Bunday hamkorliklar transportning boshqa turlari bo’yicha ham olib borilmoqda va ular ijobiy natija bermoqda. Masalan: “O’zbekiston havo yo’llari” milliy avikompaniyasi Germaniya, Frantsiya, Rossiya firmalari bilan turli sohada xamkorlik qilmoqda. Shuningdek, Kaspiy bo’yida yangi portlar qurish, dengizda kema qatnovini yaxshilash bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari Markaziysida hamkorlik qilish hozirgi kunning eng muhim mavzusiga aylangan.
Markaziy Osiyo davlatlari o’z transportini takomillashtirish va rejalashtirishda, ichki va tashqi aloqalarni kuchaytirishda hamkorlik sharnomalarini tuzishmoqda va yaratuvchanlik ishlarini amalga oshirishga harakat qilishmoqda. 21 asrning birinchi choragida Markaziy Osiyo xududida yagona transport tizimini vujudga keltirish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada Markaziy Osiyo davlatlari ichki va tashqi ma’daniy, ma’rifiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalari ortib bormoqda. Bu o’z navbatida mintaqada ishlab chiqarish kuchlarini jadal rivojlantirishga, samarali ixtisoslashuvga xizmat qiladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin