Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə35/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

3-asosiy savol bayoni: Hozirgi Qozog’iston respublikasi iqtisodiyoti (xalq xo’jaligi) industrial-agrar xarakterga ega. Tarixiy davrlar davomida asosan ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan bu o’lka xo’jaligida 19 asr oxirlarida, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 77% aholi chorvachilik va 18% aholi dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan. Ittifoq davrida Qozog’istonning boy tabiiy boyliklarini o’zlashtirilishi natijasida hozirgi davr sanoatining asosiy tarmoqlari yaratildi, transport-kommunikatsiya va shaharlar tizimi bunyod qilindi. Respublika so’nggi vaqtlarda sobiq ittifoqning 40% rux, 60% qo’rg’oshin, 90% sariq fosfori, 95% xrom rudasi, 35% ga yaqin mis va boshqa turdagi sanoat mahsulotlarini etkazib bergan.
Sanoati. Respublika xo’jaligining etakchi tarmog’i sanoatdir. 2006 yil ma’lumotiga ko’ra tarkibi va ularning mahsulotlar ishlab chiqarish hajmiga ko’ra (% hisobida) tutgan o’rni quydagicha: yoqilg’i-energetika 26,6 %, metallurgiya-26,1 %, kimyo neftokimyo -4,0 %, mashinasozlik va metallsozlik-5,4 %, qurilish materiallari, oyna va chinni-kulolchilik 5,5 %, o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza- qog’oz-2,4 %, engil sanoat 12,1 % va oziq ovqat sanoati -17,9 %.
Sanoat tarmoqlari tarkibi va ularning iqtisodiyotida tutgan o’rni ko’rsatkichlari shuni ko’rsatadiki, Qozog’iston sanoatining tayanch tarmoqlari yoqilg’i –energetika va metallurgiya majmualari ekan, ular jami sanoat mahsulotlarining salkam 53 % ni ishlab beradi. Nisbatan sust rivojlangan tarmoqlari esa aholining kundalik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan engil va oziq-ovqat sanoatlaridir. Ular birgalikda sanoatning 30 % mahsulotini beradi.
Yoqilg’i-energetika sanoati. Yoqilg’i sanoatlari orasida ko’mir sanoati eng ahamiyatlilardandir. U issiqlik elektrostantsiya (IES)lari, metallurgiya, kimyo, maishiy hizmat sohalarining rivojlanishida muhim baza bo’lib xizmat qiladi. Qarag’anda, Ekibastuz va boshqa ko’mir konlaridan yiliga 80 mln t. (2003y.) ko’mir qazib chiqarilmoqda. Qazib olinayotgan ko’mirning 95% ortig’ini nomlari tilga olingan eng yirik havzalar bermoqda. Shulardan ayniqsa Ekibastuz havzasining hissasiga qazib chiqarilayotgan ko’mirning yarmidan ko’pi to’g’ri keladi. Muhimi, undan eng arzon tannarxdagi energetik ko’mir qazib chiqarilmoqda. Iqtisodiy tahlillar shuni ko’rsatdiki, Ekibastuz havzasi asosan umumiy quvvati 20-25 mln kVt issiqlik elektr stantsiyalarini yoqilg’i bilan ta’minlashi mumkin. Alohida elektr stantsiyalarning quvvati 3-4 mln kVt va undan ham yuqori bo’lishi mumkin. Hozirning o’zida bu hududda birnecha yirik elektr stantsiyalari mavjud. Ekibastuzning energetik ko’miri bilan Shimoliy Qozog’iston, G’arbiy Sibir va Uralning 20-dan ortiq IES-lari ishlamoqda.
2-jadval. Qozog’iston Respublikasida ko’mir va neft qazib chiqarish dinamikasi (mln. t. hisobida)

Yillar

ko’mir

neft

Yillar

ko’mir

neft

1918

0,09

286

1976

93,7

25820

1940

7

697

1989

138

30648

1950

17

1810

1998

80

45309

1960

32,4

18656

2000

72,4

50630

1970

61,5

19882

2005

80,4

59400

Manba: Axmetov.A.A. va boshqalar. Qozog’istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi

Ekibaztuz havzasidagi “Bogatir”, “Janubiy”, “Sharqiy” ochiq usulda qazib chiqariladigan karerlar ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish va Mayko’be havzasida ochiq usulda ko’mir qazib chiqarishni yo’lga qo’yish tadbirlari bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Neft sanoati respublika iqtisodiyotiga industrlashtirishning dastlabki yillarida boshlab xizmat qilib kelmoqda (Emba-Dossar-Makat neft havzasi). Ammo uning rivojlanishi 60-yillar Markaziylaridan boshlab Mang’ishloq neft-gaz havzasining o’zlashtirilishi bilan tez rivojlandi. 70-yillar Markaziylaridan boshlab G’arbiy Qozog’iston, Qizilo’rda, Aqto’be oblastlarida yangi konlarining ishga tushirilishi bilan tarmoqning imkoniyatlari yanada kengaydi.


Dastlab o’zlashtirilgan Emba-Dossar havzasi nefti ancha sifatli, Mang’ishloqning Uzen, Jetiboy, Yangi Uzen, Qorajanbas, Qalamqas kabi konlaridan smola va parafinga boy, shu bilan birga noyob motor moylari (eng past temperaturalarda ham o’z sifatini o’zgartirmaydigan) berish xususiyatiga ega bo’lgan neft qazib chiqariladi. Eng yirik Tengiz, Qorachig’anoq kabi konlardan tarkibida oltingugurt birikmalari ko’proq neft qazib olinadi. Umuman olganda Qozog’istonda neftning 14-ga yaqin istiqbolli havzalari mavjud. 1993 yil Qozog’iston Respublikasi va “Shevron” kompaniyasi hamkorligida “Tengizshevroyl” hamkorligi toshkil qilindi, Tengiz va Korolyov neft konini o’zlashtirish boshlandi. Tengiz neftini eksport qilish maqsadida 2001 yil uzunligi 1580 km Tengiz – Novorossiysk neft quvuri ishga tushirildi (2-jadval).
Mazkur neft, xuddi shunday tabiiy gaz boyliklarini o’zlashtirish bir qator muammolarga ega. Bular:
-neftli rayonlarning respublikaning asosiy iste’mol rayonlaridan ancha uzoqda, uning chekka g’arbida joylashganligi;
-Bu rayonlarni tabiiy sharoiti ancha murakkab va aholi unda juda siyrak joylashganligi sababli, mehnat resurslari bilan ta’minlash ancha mushkul;
-Konlarni, korxonalarni, u erlarda yashaydigan aholini iste’mol suvi va boshqa yashash vositalari bilan ta’minlash muammolari ancha keskin va boshqalar.
Qazib chiqariladigan neft quvurlar va kemalarda Rossiyaning Orsk, Saratov, Samara, Shimoliy Kavkaz neftni qayta ishlash markazlariga jo’natiladi. Respublika iste’mol uchun kerakli neftni esa quvurlar orqali (Omsk–Pavlodar–Shimkent) G’arbiy Sibirdan keltiriladi. Qozog’istonda Atirau (Gurev), Pavlodar, Shimkent shaharlarida neftni qayta ishlash korxonalari bor.
Qozog’istonda Kaspiy shelflari bilan qo’shib hisoblaganda 6 trln m3 gaz zaxirasi mavjud. Gaz zaxiralari Atirau–Emba xududida yo’ldosh gaz zaxiralari, Mang’istau yarim orolidagi Tenge, Ustyurt konlarida tabiiy gaz zaxiralari sifatida mavjud. Asosiy yirik gaz konlari Qorachig’anoq , Imash, Yangiyo’l, G’arbiy Prorva, Toshpo’lat, Chinor, Uzan v.b. 1980 yildan boshlab G’arbiy Qozog’istonda Qorachig’anoq koni ishga tushirildi. U Qozog’iston gaz zahirasining 70 % ni tashkil etadi. Bu konni uzlashtirish uchun jaxonning ENI (Italiya), Britishgaz, Shevron Teksako (AQSh) va Lukoyl (Rossiya) kabi yirik kompaniyalar qatnashmoqda. Qorachig’anoq konini ishga tushirishda 9 mlrd dollar chet el investitsiyasi sarflangan. Undan olinadigan daromad 65 mlrd AQSh dollari, shundan 47 mlrd AQSh dollari Qozog’istonga, 18 mlrd AQSh dollari ishtirokchi kompaniyalarga tegishlidir. Qorachig’anoqda quvvati 5 mln t neftni qayta ishlash zavodi va quvvati 5 mlrd m3 gaz qayta ishlash zavodi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Hozir Qorachig’anoqdan Aqsay – Qizil Oktyabr – Qustanay – Astana gaz quvuri tortilmoqda. Atirau oblastida Tengiz neft konida va Yangio’zan shahrida gaz qayta ishlash zavodi ishlamoqda. Qozog’istonda hozirgi vaqtda gaz qayta ishlash hajmi–7 mlrd m3 ni tashkil etmoqda, bu jihatdan jahonda 25 urinda. Respublikani gaz bilan ta’minlash uchun Turkmanistondan 6,8 mlrd m3, O’zbekistondan 7,2 mlrd m3, Rossiyadan 2 mlrd m3 gaz oladi. Qozog’istonda gazdan foydalanish ishlab chiqarishdan 2 barobar ko’p. Sungi yillarda Jambul oblastining Sarisuv xududidan gaz topildi va uni kayta ishlash boshlab yuborildi.
Qozog’istonda elektroenergiyaning 90% ga yaqini IESda ishlab chiqariladi. Mamlakatning oblast markazlari va yirik shaxarlarida IESlar va IEMlar qurilgan. Bunday elektr stantsiyalar Qarag’anda va Ekibastuz ko’miri asosida ishlaydi. Ekibastuz atrofida har birining quvvati 4 mln kVt MAES–1 va MAES–2 ishlamoqda, shuningdek MAES–3 qurilishi davom etmoqda. Yaqin kelajakda Almati oblastida MAES–4ni qurish rejalashtirilmoqda. Shunga uxshash Pavlodar oblastida quvvati 2,4 mln kVt Aqsu MAESi Aqsu ferrosplav zavodini energiya bilan ta’minlab bermoqda. Bunday IESlarga Qarag’anda atrofida MAES–1 va MAES–2, Pavlodar, Aqto’be, Almati shaharlaridagi issiqlik elektr stantsiyalari va quvvati 1,3 mln kVt soat Taraz MAESi kiradi.
Mamlakatda ishlab chiqariladigan elektroenergiyaning 8 % i gidro- elektrostantsiyalarida ishlab chiqariladi. Qozog’istonning suv energetika resurslari yiliga 160 mlrd kVt soat elektr energiya olishga imkon beradi. Qozog’iston GESlarda elektr energiya olishda Rossiya va Tojikistondan keyin uchinchi urinni egallaydi. Suv elektr stantsiyalari Irtish daryosi va uning irmoqlarida qurilgan. Bu erda Irtish, Buxtarma, Uskemen GESlari ishlamoqda va quvvati 1,3 mln kVt Shulbi GESi qurilmoqda. Oltoy tog’i daryolarida Ulbi, Xayryuzovsk, Turgusunsk, Tishinsk kichik GESlari bor. Ili daryosida Qapchag’ay, Sirdaryoda Chardara GESlari bor. Almati shahri yonidagi Katta va Kichik Almati daryolarida kichik suv elektr stantsiyalarining kaskadlari ishlamoqda. Qozog’istonning mayda daryolarida sungi yillarda yuzga yaqin kichik GESlar qurilgan. Bunday stantsiyalarga quvvati 30 mVt-dan 100 kVt gacha bulgan stantsiyalar kiradi. Xujalikni rivojlantirish maqsadida mayda daryolarda kichik GESlar qurilmoqda (3-jadval).
3-jadval. Elektroenergiya ishlab chiqarish mlrd kVt soat

Yillar

ishlab chiqarish

Yillar

ishlab chiqarish

1930

2,6

1989

89,7

1950

8,5

1990

87,4

1970

34,6

1994

66,4

1980

61,6

1997

60,0

1985

81,5

2005

63,7

Manba: Axmetov.E.A. va boshqalar. Qozog’istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.

Mang’istov oblasti Aqtau shahridagi AES Qozog’istondagi va Markaziy Osiyodagi yagona AESdir. Uning quvvati 350 ming kVt, u uran bilan ishlaydi. AESning elektroenergiyasidan Kaspiy dengizining suvini chuchuklashtirishda foydalaniladi.


Qozog’istonda shamol energiyasining xam roli katta. G’arbiy Qozog’iston va Markaziy Qozog’iston xududlarida va boshqa doimo shamol bo’lib turadigan hududlarda shamol uskunalarini o’rnatish orqali elektroenergiya olish amalga oshirilmoqda (4-jadval).
4-jadval. Elektroenergiyasidan foydalanish.

Tarmoq ichidagi isrof

Eksport

Elektr stan-tsiyalardagi
o’z extiyojlari

Istemolchilar

Sanoatda

Transportda

QG’x

Aholi

Boshqalar

18,0

1,3

11,2

41,1

5,6

2,8

10,4

9,6

Manba: Axmetov.E.A. va boshqalar. Qozog’istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Respublika xududida ishlaydigan elektr stantsiyalarini yuqori voltli elektr tizimlari bilan bog’laydigan yaxlit energetik tizimi xali ishlab chiqilmagan. Shimoliy Qozog’iston energetik tizimi Sharqiy va Markaziy Qozog’iston energetik tizimi bilan tutashtirilgan. Almati energetik tizimi Bishkek shahri orqali Jambul, Janubiy Qozog’iston oblastlari va undan utib O’zbekiston bilan tutashtirilgan. Aqto’be energetik tizimi Ural bilan, Urol esa MDH Evropa qismining energetik tizimi bilan tutashtirilgan. Qozog’iston xududida uzunligi 450 ming km energetik tizimi mavjud.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin