Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə48/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Hududiy bo’linishi



Qozog’iston 14 ta viloyatdan va 2 ta respublika ahamiyatiga ega shahardan iborat. 1-aprel 2013-yilga ko’ra viloyat aholisining soni.



Bo’linishi

Markazi

Maydoni (kv.km)

Aholisi (01.04.2013)




Respublika ahamiyatiga ega shahar

Almati

451

1 480 656




Respublika ahamiyatiga ega shahar

Astana

710

785 674




Almati viloyati

Taldiqo’rg’an

223 911

1 955 849




Akmola viloyati

Ko’kshetov

146 219

733 175




Aqto’be viloyati

Aqto’be

300 629

798 307




Atirau viloyati

Atirau

118 631

558 252




Sharqiy Qozog’iston Viloyati

Ustkemen

283 226 

1 393 792




Jambul viloyati

Taraz

144 264

1 073 444




G’arbiy Qozog’iston viloyati

Ural

151 339

618 846




Qarag’andi viloyati

Qarag’andi

427 982

1 364 096




Qo’stanoy viloyati

Qustanoy

196 001

880 429




Qizilo’rda viloyati

Qizilo’rda

226 019 

730 256




Mang’istov viloyati

Aqtov

165 642

572 226




Pavlodar viloyati

Pavlodar

124 755

749 978




Shimoliy Qozog’iston viloyati

Petropavlovsk

97 993 

578 856




Janubiy Qozog’iston viloyati

Chimkent

117 249 

2 693 644




Umumiy




2 724 902 

16 967 480







O’rini

Shahar

Aholisi




Millioner shahar







1

Almati

1 422 354







Yuz mingdan ziyod aholisi bor shaharlar

100-999 ming aholi




2

Astana

684 479




3

Chimkent

625 110




4

Qarag’andi

468 957




5

Aqto’be

357 193




6

Taraz

327 180




7

Pavlodar

321 815




8

Ustkemen

306 588




9

Semey

303 878




10

Qustanoy

215 346




11

Ural

210 128




12

Petropavlovsk

203 192




13

Qizilo’rda

195 838




14

Atirau

175 474




15

Aqtov

172 904




16

Temirtov

171 588




17

Turkiston

146 449




18

Ko’kshetov

137 214




19

Janao’zen

127 594




20

Taldiqo’rg’an

126 944




21

Ekibastuz

126 538




22

Rudniy

111 686







Umumiy aholi soni
katta shaharlarda:


6 938 449







Qozog’istonning umumiy aholi soni:

16 499 997







Katta shaharlardagi aholi sonining foyizi %

41,60 %



Kimyo sanoati korxonalari mineral o’g’it, fosfor, plastmassa, sintetik kauchuk, kimyoviy tola va boshqalar ishlab chiqaradi (Qoratov, Chimkent, Taraz, Atirau). Atirau, Pavlodar shahalarida neftni qayta ishlash zavodlari bor. Qurilish materiallari sanoatida sement, ohak, g’isht, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish, engil sanoatning ko’n-poyabzal, terimo’yna, jun, trikotaj, ip-gazlama ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat sanoatida go’sht, yog’, qand-shakar va konserva ishlab chiqariladi. Toshko’mir (Ekibastuz, Qarag’anda havzalari), neft va tabiiy gaz (Mang’ishloq yarim oroli), temir rudasi (Sokolov-Sarbay koni), polimetall, mis, uran, xrom, qo’rg’oshin, nikel rudalari, rux, vismut, kadmiy, molibden, boksit qazib olinadi. Yiliga o’rtacha 58,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi-(85,7 % issiqlik elektr st-yalarida). Irtish (Ustkemen, Buxtarma), Sirdaryo (Chordara), Ili (Qopchig’ay) daryolarida yirik GESlar bor.

Qishloq xo’jaligi. Qishloq xo’jaligida mamlakat hududining 44 % dan foydalaniladi; uning 19 % haydaladi, 1 % ga yaqini sug’oriladi. 1954-60 yillarda qo’riq va bo’z erlarning o’zlashtirilishi natijasida Qozog’iston g’alla etishtiruvchi yirik respublikaga aylandi. Lalmi va sug’oriladigan erlarda g’allachilik bilan birga go’sht-jun qo’ychiligi va go’sht-sut chorvachiligi ham rivojlangan. G’allachilikda, asosan, bug’doy etishtiriladi. Shuningdek, paxta, kungaboqar, zig’ir, em-xashak ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik, polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, cho’chqa, qo’y va echki, uy parrandasi, tuya va yilqi boqiladi.

Eskport va import. Qozog’iston chetga neft, tabiiy gaz, qora metall, mis, g’alla, ko’mir va boshqalar chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari, mashina va jihozlar oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Ukraina, Qirg’iziston, Germaniya, Xitoy bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi-tenge.

Transporti. Transportida temir yo’llar uzunligi 13,5 ming km, avtomobil yo’llari uzunligi 87,4 ming km. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash, Irtish, Ural, Sirdaryo daryolarida kema qatnaydi. Truboprovod transporti rivojlangan. „Eyr Qazaqstan“ havo yo’llari kompaniyasi mavjud.

Qozig’iston:

1. Akmolinskoy obl-Kukshetau i Stepnogorsk-146 219 km.kv.

2. Aktyubinskaya obl-Aktobe-300 629 km.kv.

3. Almatinskaya obl-Taldo’korgan-223911.

4. Almato’ gorod-332.

5. Astana gorod-710.

6. Ato’rauskaya obl-Ato’rau-118 631.

7. Vostochno-Kazaxstanskaya obl-Ust-Kamenogorsk-283 226.

8. Jambo’lskaya obl-Taraz-144 264

9. Zapadno-Kazaxstanskaya obl-Uralsk-151 339.

10. Karagandinskaya obl-Karaganda-427 982.

11. Kostanayskaya obl-Kostanay-196 001.

12. Ko’zo’lordinskaya obl-Ko’zo’lorda-226 019.

13. Mangistauskaya obl-Aktau-165 642.

14. Pavlodarskaya obl-Pavlodar-124 755.

15. Severo-Kazaxstanskaya obl-Petropavlovsk-97 993.

16. Yujno-Kazaxstanskaya obl-sho’mkent, Kentau, Turkestan, Aro’s-117 249.

Jami: 14 ta obl.

2 ta Respublikaga Buysunuvchi shaxar.

1 ta ijaradagi Respublikaga buysunuvchi shaxar-Boykonur shaxri-2050 yilgacha Rossiya federatsiyasiga ijaraga berilgan. Maydoni 57 kv km axolisi-37 912 (2012 yil ma’lumoti buyicha).


Tayanch tushunchlar: Qirg’iz avtonom oblasti – 1920-1925 yillar davomida Qozog’iston Respublikasi ana shunday nomlangan. Legirlovchi metallar – po’lat va prokat ishlab chiqarishda ularning sifatini yaxshilashda qatnashadigan metallar. Ular volfram, molibden, tantal, niobiy, vanadiy xrom, titan, magniy va boshqalar. Ochiq usulda qazib chiqarish – er yuzasiga yaqin joylashgan ayrim mineral boyliklarni, ustki qatlamlarni olib tashlab, zamonaviy texnik vositalar yordamida qazib chiqarish. Hozirgi davrda ko’mir, temir rudasi, ayrim rangdor metallar, kimyoviy va qurilish materiallaridan iborat minerallar shu yo’l bilan qazib olinmoqda. Odatda ularning tannarxi shaxta usulida qazib chiqarganga nisbatan ko’p martalab arzonga tushadi.
Nazorat savollari:
1. Qozog’istonning iqtisodiy-geografik o’rnini mazmunan izohlab bering?
2. Qozog’istonning tabiiy sharoiti va resurslarni izohlab bering?
3.Qozog’istonning aholisini mazmunan izohlab bering?
4. .Qozog’istonning mehnat resurslarini izohlab bering?
5. Qozog’iston xo’jaligini mazmunan izohlab bering?
6. Qozog’iston xo’jaligining tarmoqlar tarkibini izohlab bering?
7.Qozog’iston Respublikasining tashkil topishi, kattaligi, IGO’ xususiyatlarini aniqlang?
8.Qozog’istonning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari qanday xususiyatlarga ega?
9.Qozog’istonning aholisi va mehnat resurslari ko’rsatkichlarini tahlil qiling?
10.Hozirgi davr xo’jaligining asosiy hususiyatlarini aniqlang?
11.Sanoatning asosiy tarmoqlarini tahlil qiling?
12. Qozog’istonning transporti va tashqi iqtisodiy aloqala


12-mavzu: Qirg’iziston Respublikasi
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Qirg’izistonning iqtisodiy-geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Qirg’izistonning aholisi va mehnat resurslari.
3. Qirg’izistonning xo’jaligi va tashqi iqtisodiy aloqalari.
4. Qirg’izistonning iqtisodiy rayonlari.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy-geografik o’rin, tabiiy sharoit, tabiiy resurslar, iqtisodiy rayon, xo’jalik, tarmoq.


1-asosiy savol bayoni: Qirg’iziston hududi inson madaniyatining qadimgi o’choqlaridan biri hisoblanadi. Hududda tosh davrida odamlar yashaganligi ma’lum. Miloddan ilgari 3-ming yillik oxiri, 2-ming yillikning boshlarida mis va bronzadan yasalgan qurollar topilgan.
Qirg’iz xalqining shakllanishida Janubiy Sibir va Markaziy Osiyoning katta qisimlarida yashagan juda ko’p elat, urug’ va qabilalar qatnashgan. Hududda dastlabki davlat miloddan avvalgi 2-asrga to’g’ri keladi. Sanog’imizdan oldingi 2-8-asrlarda g’unnlar (xunnlar) taqibidan xolos bo’lish uchun qirg’izlarning bir qismi Enisey va Baykal ko’li hududlariga borib joylashishgan. O’sha erlarda o’zlarining birinchi davlatlarini va qirg’iz qag’anatini barpo etishgan. Madaniyati shakllangan, yozma ijodi vujudga kelgan. ”Manas” xalq eposida qadimgi qirg’izlarning tarixiy voqealari, anana va turmush tarzi saqlanib qolgan.
5-asrda asta-sekin o’tloq yashashga moslashib bordilar. Qirg’iz urug’lari Tyanshanga kelib joylasha boshladilar. Sayxali Tosh darasidagi qoya toshlardagi tasvirlar, Bo’ron minorasi va O’zgandagi arxitektura majmuasi qirg’izlar madaniyatining yuqori darajada taraqqiy etganligidan dalolat beradi.
10-asrning boshlanishiga qadar buyuk qirg’iz xonligi Janubiy Sibir, Mo’g’uliston, Baykal, Irtishning yuqori qismini, Qashg’arning ma’lum qismini, Issiqko’l va Talasni o’z qaramog’iga qo’shib olgan edilar. Qirg’iz xonligining taraqqiy etishi nafaqat bosib olish ishlari bilan, balki savdo-sotiq ishlarini Xitoyliklar, tibetliklar, Janubiy Sibir hamda Markaziy Osiyo xalqlari bilan birgalikda olib bordilar.
11-12-asrlarda Qirg’izlarning qaramog’idagi joylar qisqarib bordi. Biroq bu xol ular etnik mustaqilligini saqlashga va shu xalqqa moyil etnik guruhlarning jipslashuviga sabab bo’ldi. Qirg’iz etnogenezining oxirgi bosqichi mug’ullar, ayrotlar, nayman va boshqa xalqlarning aralashuvi bilan bog’liq.
18-asrgacha Enisey qirg’izlari Oltin O’rda, keyinchalik Ayrot va Jung’oriya xonliklari qaramog’ida bo’ldilar. Ularning ko’pchiligi Tyanshanga kelib joylasha boshladilar. Umuman olganda, 16-asrda qirg’iz xalqi etnogenezi shakllanib bo’lgan edi.
1863 yilda Shimoliy Qirg’iziston,1876 yilda Janubiy Qirg’iziston Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shib olingan.
19 asr Markaziylaridan so’ngi choraklarigacha avval Shimoliy Qirg’iziston, so’ngra esa Janubiy Qirg’iziston chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. 1924 yilda Markaziy Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o’tkazilishi natijasida 1924 yil 14 oktyabrda RSFSR tarkibida Qoraqirg’iz avtonom oblasti tashkil etildi. 1925 yil 25 mayda Qoraqirg’iz avtonom oblasti Qirg’iz avtonom oblasti, 1926 yil 1 fevraldan Qirg’iziston ASSRga, RSFSR tarkibida tashkil qilindi. 1936 yil 5 dekabrda sobiq ittifoqning yangi Konstitutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan Qirg’izistonga ittifoqdosh respublika (QSSR) maqomi berildi.
Qirg’iziston Respublikasi o’z milliy mustaqilligani MDHda eng birinchilardan bo’lib e’lon qildi (30.08.1991y.). Jahon siyosiy xaritasida o’ziga xos yangi bir suveren davlat yuzaga keddi.
Shunday qilib, suveren Qirg’iziston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasi va jahon hamjamiyatida teng xuquqli demokratik davlat sifatida shakllanmoqda. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ko’plab dunyoviy siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy jamiyatlar, tashkilotlar, uyushmalarga a’zo. Uni jahonning yuzlab mamlakatlari mustaqil davlat sifatida tanidi.
Hozirga Qirg’iziston Respublikasi ma’muriy–hududiy tarkibida Issiqko’l, Norin, O’sh, Jalolobod, Chuv, Talas va so’nggi vaqtlarda tashkil etilgan Batkent oblastlari mavjud. Poytaxti Bishkek (avvalgi Pishpek, Frunze) shahridir,
Qirg’iziston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqsining janubi-sharqiy qismida joylashgan. U dunyoning taniqli tog’li davlatlari qatoridan o’rin oladi. Ana shu xususiyatlar Qirg’izistonning iqtisodiy geografik o’rni (IGO’)ni belgilaydi. Respublikaning IGO’ nisbatan noqulay. Uning noqulayliga avvalo baland tog’li relefi bilan bog’langan. Shunga ko’ra Qirg’iziston xududini bironta tranzit transport yo’llari kesib o’tmaydi, ya’ni temir va avtomobil yo’llari respublika kirib keladi, ammo undan nariga chiqib ketmaydi, bu birinchidan. Ikkinchidan, yana o’ta baland Tyanshan tog’lari sababli Shimoliy Qirg’iziston bilan Janubiy Qirg’iziston rayonlari o’zaro iqtisodiy aloqalarni temir yo’l orqali faqat Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston davlatlari osha bora oladi. Bu holatlar, tabiiyki, bu respublika iqtisodiyoti rivojlanishida katta muammolarni keltirib chiqaradi. IGO’ni birmuncha qulaylashtirish imkoniyatlari hozirgi vaqtda qurilish ishlari boshlab yuborilgan Andijon–O’sh–Ergashtom–Qashg’ar xalqaro magistral avtomobil yo’li va qurilishi rejalashtirilayotgan Shimoliy va Janubiy Qirg’istonni bog’lovchi Tyanshan tog’lari osha tonnellar va boshqa murakkab yo’l inshootlarini qurish orqali o’tkaziladigan transport yo’lagini yaratish tufayligina amalga oshirilishi mumkin. Ana shunda respublika IGO’ ma’lum darajada qulaylashadi.
Qirg’izistoning umumiy maydoni 198,5 ming km2 bo’lib mintaqada to’rtinchi, MDHda ettinchi va jahonda sakson oltinchi o’rinlarni egallaydi. Aholisining soni 5,2 mln kishi (2006y.). Bu ko’rsatkich bo’yicha u mintaqada oxirgi, MDHda 10, va jahonda 108 o’rinni egallaydi. Respublika shimolda Qozog’iston, sharqda Xitoy, janubda Tojikiston va g’arbda O’zbekiston respublikalari bilan chegaradosh, chegaralari asosan baland tog’larning so’v ayirg’ichlari orqali o’tadiki bu holat xatto qo’shni davlatlar bilan aloqa qilishni ham murakkablashtiradi, bundan ma’lum darajada O’zbekiston va Qozog’iston chegaralari mustasno.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin