Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati


Sharq ellinizmining o`ziga xos hususiyatlari, nimalardan iborat edi?



Yüklə 39,96 Kb.
səhifə3/4
tarix14.01.2023
ölçüsü39,96 Kb.
#79209
1   2   3   4
Markaziy Osiyo Madaniyati 1-mavzu

Sharq ellinizmining o`ziga xos hususiyatlari, nimalardan iborat edi?


Ahmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo erlari yunon-makedonlar tomonidan bosib olingan Markaziy Osiyo madaniyatiga ellinizm elementlari kirib keldi. Ahmoniylar saltanatini emirib tashlagan Yunon-Baqtriya bosqini Markaziy Osiyo mintaqasini, xususan sug`d madaniyatini aylantirdi. Illo, Aleksandr Makduniy sipoxilariga hech erda Markaziy Osiyodagidek qarshilik ko`rsatilmagan bo`lsa kerak. Ozodlik harakatini beshavqat mahv etgan Makduniy erli aholining ko`magiga muhtojligini seza boshladi. Vaqt o`tishi bilan u ongli tarzda barcha etnik to`siqlarni olib tashlashga, o`z Saltanati hududida turli harqlarni qorishib ketishi hamda yagona madaniyat va til birligini qaror topdirishga urindi. Shu maqsadda Maqduniy o`z saroyida Sharq udumlari va liboslarini joriy etdi, turli etnik guruh vakillarining nikohlarini keng yo`lga qo`ydi, o`z armiyasiga Baqtriyalik va sug`dlik qismlarni kiritdi, 30 mingdan ortiq o`g`il-bolalarga yunoncha tarbiya berishga hukm etdi. Shunday qilib Aleksandr Maqduniy Markaziy Osiyo madaniyatining ellinlashtirishni boshlab berdi. ellinistik jarayon salavkiylar davlatidan mustaqil bo`lgan Parfiya va Yunon-baqtriyada o`zining yuqori rivoji bilan ajralib turadi. Yunon-Baqtriya davlatida yunonlar va mahaliy madaniyatlarning sintezi qisqa vaqtda o`zining ijobiy natijalarini berdi, shaharlar soni tez suratda o`sdi, dehqonchilik, chorvachilik, ayniqsa hunarmandchilik rivojlandi. Markaziy Osiyo mintaqasi Buyuk ipak yo`li bo`ylab o`tgan xalqaro savdoning markazi sifatida o`ta muhim o`rin tutadi. Diodotdan Galpokigacha bo`lga yunon-Baqtriya podsholari davrida yuksak badiiy saviyada oltin, kumush va misdan tayyorlangan turli qiymatdagi tangalar (draxma, obol, dixalka, xalka) zarb etildi. Tovar-pul munosabatlarini o`sishida Baqtriya shohlarining o`z pullarini zarb qilishi xalqaro savdoning rivojiga ijobiy ta`sir qilish bilan birga, yuksak badiiy darajasi bilan ham ajralib turadi.Yunon-Baqtriya davrida Oyxonum (Shim. Afg`oniston), Saksanoxur va Tahtisangin (Tojikiston), Dalvarzin tepa, Yorqo`rg`on, Afrosiyob Talibarzi (O`zbekiston) kabi shaharlar qurildi. Yunon harbiy manzilgohlari aholisining turmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi ellinistik uslublar Yunon-Baqtriya shaharlarda ochib o`rganildi. Inshoatlar tosh, xom va pishiq g`ishtdan tiklangan. Ustunlar korinf usulida ishlangan. Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolari ochib tekshirilganda ustunlar attik bazaltlar, akant yaproqlari, pal`metallar, cheti naqshlangan cherepica-antifikslar singari unsurlangan foydalangan holda ko`rilgan. Mahalliy zodagonlarning ellinistikdidi monumental va ixcham haykaltaroshlikni rivojlanishiga turtki berdi. Terakt haykalchalar va turli muhrlardagi obrazlarning miqyosi keng. Unda hosildorlik xudosi Anaxit, yunonlarning bosh va mahalliy xudolari, fantastik va real hayvonlarning timsollari ifodalangan. Haykaltaroshlik san`ati namunalari kam saqlanib qolganligiga qaramay, zarb etilgan yunon-baqtriya tangalarining orqa tomonida mashhur yunon san`atkorlarining rasmi tushurilganligi bu erda yunon haykaltaroshligi ilmi ta`siri kuchli bo`lganligini bildiradi. Taxti Sanginda Oks daryosining xudosi Marsiyaning bronza hayokalchasi qo`yilgan Mehrob topildi. Antik dunyoning Markaziy Osiyoga kirib kelgan haykaltaroshlik san`ati kushonlar davrida yanada ravnaq topdi.Yunon-Baqtriya podsholigida teatr san`ati va musiqani rivojlanganligi to`g`risida ma`lumotlar mavjud. Baqtriya saroylarida yunonistonlik akterlar, musiqachi va raqqoslarning guruhlari saqlangan. Ayniqsa, yunon xalq teatrining «maskars», «mim» singari turlari keng yoyilgan. Ularni klassik tragediya va komediyalardan farqi belgilangan matn bo`lmagan, yoki matnsiz chiqilgan, lekin u yunon tilini bilmagan mahalliy aholiga tushunarli bo`lgan. Akterlar sharoit, tomoshabinlarning ruhiyatiga ko`ra matnlarni o`zgartirganlar-musohaba, xazil-mutoyiba, hajv, hikoya, qo`shiq usullarida ijro etganlar. Raqs, musiqa, ko`zbo`yamachilik va akrabatik mashqlar teatr ijrochiligining muhim elementlari bo`lgan. hukmdorlar homiylik ko`rsatgan mahalliy akterlar ham shakllangan; «Masxaraboz» Milliy teatrning –«Masxaraboz» namunasida hammon ellinistik belgilar saqlanib qolgan.Yunon-Baqtriya madaniyati sinkretizmi (qorishiqligi) turli tillarni yonma-yon faoliyat ko`rsatishi, har xil yozuvlar tizimi va dinlarning o`zaro singishib ketishida ham ko`rinadi. eramizdan avvalgi III-II asrlarda oromiy, yunon-baqtriya yozuvlari keng ishlatilgan, keyingisi yunon alfaviti asosida unga bitta harf qo`shib (ja`mi 25 ta harf) baqtriya yozuvi vujudga kelgan zardo`shtiylik hukmron din sifatida saqlansada aholini yunon xudolari timsollarigasig`inish alomatlari paydo bo`lgan. Mahalliy aholi nazarida Olimp xudolarining obrazlari bilan zardo`shtiylik xudolarining timsollari-Zevs va Axuramazda, Appolon, Cheshos va Mitra, Afodita va Apaxit obrazlari uyg`unlashib ketdi. Agar erli aholi o`rtasida Afina, Gerakl, Nika, Dionis timsollariga sig`inish qanchalik tarqalsa, Yunonistonda mitra, Oksa (Oksho-Amudaryo), Buyuk onaga sig`inish shuncha tarqaldi. Buni Oyxonim, Taxti Sangan manzilgohlaridan topilgan- tasvir mazmunida yunoncha va mahalliy an`analar ifodalangan man`at yodgorliklarida ham ko`rish mumkin. Yunon-Baqtriya madaniyati odatda Sharq ellinistik madaniyati deb ta`kidlanadi. Agar ellinistik madaniyatga yunon va Sharq madaniyati uyg`unligi xos deb xarakterlansa, markaziy Osiyo madaniyatida mahalliy o`ziga xoslik, Sharqona betakrorlik ustivordir. Ayni shu negizda yunon madaniyati qadriyatlarini o`ziga singdirgan madaniyat asosida keyingi davrlar madaniyati yanada rivojlandi.
Bunda Xorazm madaniyatini alohida ta`kidlash lozim. Shu mintaqa sug`oriladigan dehqonchilik, shahar madaniyati shakllangan eng qadimgi manzilgohlardan bo`lib, bu erda O`zbekiston hududidagi qadimgi (eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda) davlat asoslangan. Xorazm (eramizdan avvalgi IV asrlarda) Aleksandr Maqduniy bosqiniga qadar Ahmoniylar istilosidan ozod bo`lgan davlat, xorazmiylar Hindiston, Hitoy, Yaqin Sharq va Yevropa Sharqi bilan qizg`in savdo aloqalarini olib borganlar va o`zlarining hunarmandchilik buyumlari bilan dong taratganlar. Tarixiy solnomalarda xorazmliklarni tadbirkorligi, ishtiyoqmandligi qayd etilib, ularni «ilm sohiblari» deb ataganlar.Kanal, qal`a, ko`pqavatli saroylar, qurish nafaqat amaliy malakani, balki murakkab hisob-kitob va o`lchovlarni ham talab qilar edi. (moviy yo`l ko`rsatkichlaridan foydalanishni bilmay dasht-sahrolardan o`tib bo`lmasdan. Xorazmliklar er. I asridan VIII asrigacha o`zlari foydalangan mahsus taqvim tizimini yaratdilar. Bu taqvim Al-Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida mufassal tavsiflangan. Uning ma`lumotlarini arxeolog tomonidan topilgan, III asrga oid asl nusxa hujjatlar ham tasdiqlaydi. Beruniyning ma`lumotiga ko`ra, xorazmliklar mustaqil astronomik kuzatishlar olib borganlar, osmonning yulduzlar xaritasini yaxshi bilganlar. Binobarin, ko`pkirilgan qal`ada observatoriyaning qadimiyligi (er. av. III-II asrlar shubhasizdir. Doira shaklidagi, dastlabki diametri 42 metrli bu bino keyinchalik 8 ta mustahkam minoraga ega bo`lgan devorlar bilan o`ralib, diametri 80 metrni tashkil etgan. Ikki qavvatli markaziy bino devorining qalinligi 7 metr bo`lgan. Olimlarning tadqiqotlariga ko`ra Qo`yqurilgan qal`a astronomik kuzatish, izlanishlar olib borilgan ilm qarorgohi bo`lgan. Binoni noyob qurilish tizimi, xonalarni maqsadga muvofiq joylanishiga ko`ra uni «Xorazm Stounxenji» deb atash mumkin. Xorazm madaniyatining o`ziga xos rivojlanishi keyingi davrlarda ham davom etdi. 2000 yillar muqaddan Markaziy Osiy, Shimoliy Hindiston, Pokiston va Sharqiy eron va yagona davlat hududini tashkil etgan. Qudratli Kushonlar imperiyasi Orol dengizi bo`ylaridan Hind okeanigacha yastlanib, o`sha davrning boshqa uch buyuk davlati- Rim, Parfiya va Xanlar Xitoyi bilan birga bir qatorda turdi. Kushonlar imperiyasi davri Sharq va Jahon madaniyati rivojida yangi davrni tashkil etdi. Kushon madaniyatida qadimgi Sharq tipidagi mintaqaviy civilizaciya bilan ellinizm madaniyati an`analari, Hindiston ma`naviy hayotining nozik qirralari bilan Osiyo kengliklaridagi dashtliklar olib kelgan o`ziga xos uslublar ijodiy uyg`unlashib ketgan edi.



Yüklə 39,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin