Ulug`bek 1424—1428 yillarda Samarqandda o`z atrofida to`plangan olimlarning bevosita ishtiroki bilan shaxar yaqinidagi Obiraxmat anxori bo`yida rasadxona qurdirdi. Doira shaklida bino «qilingan bu o`lkan imoratning aylanasi 47 m, balandligi 31 m bo`lgan.
Tarixiy manbalardan ma`lum bo`lishicha, bu oliy imorat xonalarining devorlarida osmon gumbazi, samoviy jismlar, ularning joylanishi va o`zaro munosabati, sayyoralarning orbitalari, sobita (qo`zg`almas) yulduzlar, xamda dengiz va okeanlar, tof va dashtlar, iqlim mintaqalariga bo`lingan yer kurrasi va xokazolar tasvirlangan. Xullas, rasadxona ichki devorlarida koinotu yer kurrasining umumiy manzarasi tasvirlangan bo`lib, shu tufayli bu mavzu mahalliy aholi o`rtasida «Naqshi jahon» deb yuritilgan.
Rasadxona qurilishida samoviy yoritgichlarni kuzatish va o`rganish borasida xizmat qiluvchi uning asosiy qismi — sudsi faxriy qurilmasiga va uni maxsus o`lchov asbob-uskunalar bilan jixozlashga aloxida e`tibor beriladi. Sekstant G`iyosuddin Jamshid mutasaddiligida o`rnatiladi.
Samarqand sekstanti o`sha davrda Sharqda ma`lum bo`lgan sekstantlarning eng kattasi hisoblangan. Ali Qushchi uning balandligini Istambuldagi mashxur Avliyo Sofiya ibodatxonasining balandligiga (kariyb 50 m)I qiyos qilgan. Ayni vaqtda Ulug`bek rasadxona qoshida boy kutubxona ham tashkil etib, unda fanning deyarli hamma sohalariga tegishli qariyb o`n besh ming jild kitob saqlagan.
Rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta-kichik xujralar quriladi. Uning etagida esa Ulug`bek o`zi uchun Bog`imaydon va Chinnixona chorbog`larini barpo etadi.
Ulug`bek rasadxonasining qaerda joylashganligi tarixiy manbalarda aniq, ko`rsatilganiga qaramay, afsuski uni uzoq, vaqtgacha topib o`rganilmadi. Rasadxona asrlar davomida qarovsiz qolib, vayronaga aylangan, so`ngra oddiygina tepalik manzarasini olgan edi.
Mahalliy aholi o`rtasida Naqshi jahon nomi bilan mashhur bo`lgan bu tepalikda qazish ishlari olib borgan arxeolog V.L.Vyatkin 1908 yilda Ulug`bek rasadxonasining xarobalarini topib, uning sekstanti yer osti qismini kavlab ochadi.Ulug`bek rasadxonasi Movaraunnahrda o`z zamonasiga nisbatan mukammal astronomik asbob va uskunalar bilan jixozlangan oliy darajadagi ilmgoxga aylangan edi.