Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar



Yüklə 30,09 Kb.
səhifə4/5
tarix06.10.2023
ölçüsü30,09 Kb.
#152738
1   2   3   4   5
Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati.

"Paxta ishi" chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo‘yilgan edi. Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko‘mak o‘rniga tayziqni kuchaytirdilar.
T.X. Gdlyan va N.V. Ivanov guruhining faoliyati natijasida respublikadagi jamoa xo‘jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%, qishloq xo‘jaligi etakchi mutaxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining 35%, shuningdek, ko‘plab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xo‘jalik rahbarlari o‘z vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

1983 yildan MarkazQo‘mning ko‘rsatmasi asosida rahbarlar ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘ash boshlandi. 1983-1988 yillarda O‘zbekiston bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan qamalganlarning 600 tasi rahbar xodimlar edi. Ularning 60 foizi kolxoz raislari, savxoz direktorlari, 45 foizi esa etuk qishloq xo‘jaligi mutaxassislari edilar. Bu jarayonda mas’ul, KPSS MQ nomenklaturasidagi 172, O‘zkompartiya MQ nomenklaturasidagi 1813 nafar xodim javobgarlikka tortildi. Ularning 70 foizi viloyat, shahar, tuman partiya qo‘mitalarining rahbarlari edilar.


O‘sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani sababli sudlanganlarning mingdan ortig‘i jazoni o‘tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo‘natildi. Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish avj oldi. Hibsga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z jonlariga qasd qilishgacha borib etdilar.
Ana shu tariqa desantchilar o‘zbek xalqini ko‘zbo‘yamachilikda, poraxo‘rlikda, qo‘shib yozishlarda, boqimandalikda ayblab, partiya va davlat rahbarlaridan tortib oddiy dehqonlarni ham ta’qib ostiga oldilar. SHunday qilib, soxta ayblar natijasida respublikamizning minglab fuqarolari qiynoqlarga solindi, sudsiz, tergovsiz qamaldi. Ularning orasida keksalar, xomilador ayollar, nogironlar ham bor edi. Aybsiz kishilarga jismoniy kuch ishlatib, qo‘rqitish yo‘li bilan ayblar qo‘yildi. Oddiy mehnatkashlardan katta miqdorda pul, o‘z rahbarlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ko‘rsatmalar berish talab qilindi.
Bu davrda Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari vafot etib ketgan partiya va davlat arboblariga yuklanib, 1980 – yillar qatag‘onida nohaq qoralandi. Eng avvalo, qatag‘on qilichi SHarof Rashidovga qarshi ko‘tarilib, uning nomi ham badnom qilindi. 1959 – 1983 yillarda SH.R. Rashidov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bo‘lib ishlagan va rahbarlik yillarda qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bunga xolis tarix guvoh. Ammo markazning tazyiqi bilan qishloq xo‘jaligi erlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Albatta, bunday holatlarni uning faoliyati natijasida yuzaga kelgan deb bo‘lmaydi, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.
«Paxta ishi» oqibatda butun respublikamizda parokandalik, loqaydlik, umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. O‘zbekiston fuqarolari o‘z xaq-huquqlarini himoya qilishlarini so‘rab tuman, viloyat va respublika partiya hamda sovet organlariga murojaat qildilar. 1986-1987 yillarda faqat O‘zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlar tushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqo‘m kotiblari va bo‘lim boshliqlari qabulida bo‘lib, o‘zlarining talablarini bildirdilar.
Norozilik, ayniqsa, xotin-qizlar orasida ko‘paydi. 1986-1987 yillarda respublikada 
Yüklə 30,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin