Markazning O`zbekistonga amalga oshirgan qatag`on siyosat Reja



Yüklə 37,48 Kb.
səhifə2/3
tarix22.05.2023
ölçüsü37,48 Kb.
#119492
1   2   3
Mavzu Markazning O`zbekistonga amalga oshirgan qatag`on siyosat

Birinchidan, atmosfera havosining haddan tashqari bulg'anayotganligidandir. O'zbekiston shaharlarining dcyarlik hammasida havoning ifloslanish darajasi sanitariya talablari darajasidan ancha yomonlashdi. Bu ayniqsa O'zbekistonning sanoat markazlarida xavfli tus oldi. Jumladan olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda havoga chiqarilayotgan zaharli gazlar Olmaliq shahri aholisining har biriga 1374 kg, Farg'onada 676, Navoiyda 606, Angrenda 509 kilogrammdan to'g'ri kelar ekan. Andijon, Guliston, Qo'qon, Qarshi, Toshkent, Chirchiq va boshqa shaharlar havosi eng ifloslangan shaharlardan hisoblanadi. 1990-yilda respublika aholisining har biriga hisoblaganda zaharli moddalar chiqiti 203 kilogrammni tashkil etgan. Bu zaharli moddalarning asosiy manbalari sanoat korxonalari va transport vositalaridir. O'zbekistonnig sanoat korxonalari har yili 1,2 million tonna, avtotransportdan 2,2 million tonna zaharli chiqindilar tarqatgan. Birgina Toshkent shahri transporti yiliga 360 ming tonnadan ortiq turli chiqindi gazlarni atrofga purkadi. Ular tarkibida 100 xildan ortiq za­harli moddalar mavjud edi.Zaharlanish faqat shaharlargagina xos bo'lmasdan O'zbekiston qishloqlarida ham xavfli tus oldi. Ayniqsa qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan zaharli ximikatlar tabiatni xarob qildi. 1987-1990-yillarda dehqonchilik maydonlarida pestitsidlardan foydalanish har gektar yerga 19,5-24 kilogrammdan bo'lgani holda 79-84 ming tonnani tashkil etdi. Jami bo'lib qishloq xo'jaligida 70 xilga yaqin turli zahar­li kimyoviy moddalar ishlatildi. E'tiborli joyi shundaki, bu zaharli kimyoviy moddalarning faqat 1 foizigina zararkunanda hasharotga ta'sir qilar ekan, qolgan 99 foizi tuproq, yer, suv, havo, o'simlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini zaharlagan.Ahvol shu darajada fojiali tus oldiki, g'o'zalami defoliatsiya qilish bahonasida ming-ming tonnalab zaharli ximikatlami odamlar boshi uzra samolyotlarda sepildi. Bu har qanday fashizmdan ham dahshat­li roq fojia edi.
O'zbekiston ekologiyasi buzilishining ikkinchi sababi bu suvga bo'lgan munosabat bilan bog'liqdir. Sovetlar hukumatining ochko'zligi, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon daryolari suvlaridan hisob-kitobsiz foydalanish oxir-oqibatda Orol fojiasini keltirib chiqardi. Ayniqsa, Amu va Sirdaryoga keyingi 20-30-yil davomida kollektor-zovur, sanoat va kommunal xo'jaliklarning tashlandiq va za­harlangan suvlarning oqizishlari bu fojiani yanada kuchaytirdi. Shu davrda Orolning suv hajmi 60 foizdan ortiq kamaydi, uning quruqlikka aylangan sathi 2 million gcktarni tashkil etadi. Ilgari tuz miqdori har bir litr suvda 9 grammgacha bo`lgan bo'lsa, 90-yillar boshlarida u 2,5-3 barobar ortdi. Havoga, yerga sochilayotgan tonnalab qum-tuzlar Orolbo'yi atrofida ham jonli va ham jonsiz tabiatni halokat yoqasiga keltirib qo'ydi. Aholi dengiz atroflaridagi o'z makonlarini tashlab ketishga majbur bo`ldilar. Masalan, Mo'ynoq tumanida aholi 50-yillarga nisbatan ikki barobar kamaygan. Orol fojiasi tufayli o'simlik va hayvonot dunyosi ham halokat yoqasiga kelib qoldi. 1970-yillardan keyingi davrda faqat Amudaryo mansabida qamishzorlar maydoni 7 barobar kamaydi, 50 dan ortiq ko'l qurib bitdi.
Ekologik qabohatning uchinchi sababi tuproq tarkibining o'zgarishi bo'ldi. O'zbekistonda 1990-yilga kelib o'rtacha va kuchli sho'rlangan yerlar 853 ming gektarni tashkil etdi. Tuproq tarkibining o'zgarishiga hisob-kitobsiz ishlatilgan mineral o'g'itlarning halokatli ta'siri ham katta bo'ldi. Chunki mutaxassis olimlarning xulosalariga ko'ra fosfor o'g'iti bilan birgalikda tuproqqa ftor, uran, toriy, og'ir metall tuzlar ham o'tar ekan. Ekologiya buzilishining to'rtinchi sababi, respublika hayvonot va nabotot olamining o'zgarishi bo'ldi. O'zbe­kistonda yovvoyi hayvonlaraing - 99, parrandalarning - 410, baliq-larning - 79 turi mavjud. 1990-yilga kelib 32 hayvon, 31 parranda, 5 baliq respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan. «Qizil kitob»ga kiritilgan o'simliklarning soni esa 163 taga yetdi.
Mamlakatdagi ekologik qabohat aholi o'rtasida har xil kasalliklarning ko'payishiga olib keldi va katta fojialarga sabab bo'ldi. Katta yoshdagi kishilar va o'smirlar o'rtasidagi umumiy kasallanish 1976-yildagi 2466,5 kishidan 1990-yilda 3598,6 kishiga yetdi. Ma`lumotlarga ko'ra, 1989-yilning o'zidagina asab sistemasi, teri, teri osti hujayralari kasalliklari 1,4 barobar, qon aylanishi sistemasining kasal­lanish 1,3 baravar ko'paygan. Faol sil kasalligiga chalinish 3 foiz oshgan. Oshqozon-ichak, virusli gepatit kasalliklari ko'paydi, har xil shish kasalliklari kelib chiqdi.
Xotin-qizlarda kamqonlik kasalligi avjiga mindi, bolalar o'limi ko'paydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat og'ir bo`lgan mintaqalar - Orolbo'yi, Toshkent viloyati, ayniqsa Angren, Olmaliq, Chirchiq va Toshkent shahrida, Farg'ona vodiysining ko'pgina shaharlarida turli kasalliklarga chalinish yuqori darajadadir. «Orol-88» ekspeditsiyasi a'zolarining bergan ma`lumotlariga qaraganda Qoraqalpog'istonning Bo'zatov tumanida har 1000 go'dakdan 260 tasi nobud bo`lgan. O'zbek ayollarining 80 foizi kamqonlik kasal­ligiga chalingan, har uch nafar o'zbek yigitlaridan bittasi salomatligi tufayli harbiy xizmatga noloyiq deb topilgan. O'zbekistonda har yili ruhiy nuqsonli 6 mingdan ortiq bola tug'ilardi.
Xullas, 90-yillarda mamlakat boshiga tushgan ekologik qabohat uzoq davom etishi mumkin emas edi. Vujudga kelgan og'ir vaziyat vaxlit ijtimoiy-adolatli ekologik siyosat yuritishni talab qilayotgan edi.
1989-yilning may-iyun oylarida Farg‘onada fojeali voqealar sodir bo‘ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o‘z yeridan badarg‘a qilingan mesxeti turklarini O‘zbek xalqi o‘z bag‘riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub yerli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog‘lab, o‘n yillar davomida inoqlashib yashadilar. Biroq, 1989-yil 20-mayda Quvasoyda tub yerli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o‘rtasida mushtlashish sodir bo‘ldi. Respublika siyosiy rahbariyatining voqeani to‘g‘ri baholay olmaganligi hamda tezkorlik bilan zarur choralarni ko‘rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to‘kilishiga olib keldi. 3-iyun kuni kechqurun Toshloq posyolkasida, song Marg‘ilon shahrining mesxeti turklari zich yashaydigan qasabasida ur-yiqit, uylarga o‘t qo‘yish, qotillik, tahqirlash, talonchilik, vaxshiyliklar sodir bo‘ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg‘ona shahri, uning atrofidagi qishloqlarga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo‘l stansiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublikada hukumat komissiyasi tuzldi. Farg‘onada 4-iyun kuni favqulodda holat e’lon qilindi. Shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qoshinlarining 13 ming kishilik bo‘linmasi keltirildi. Janjal 7-iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo‘qon shahriga, Rishton, O‘zbekiston tumanlariga tarqaldi. 8-iyunda Qo‘qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari tomonidan o‘qqa turuldi, 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortig‘i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo‘ldi, 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo‘ldi. SSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining 137 harbiy xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo‘ldi. Militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi. Voqealarning keng miqoyosda fojeali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinchi ko‘chirishni tashkil etdilar, ular qurolli askarlar tomonidan qo‘riqlandi, oziq-ovqatlar bilan ta’minlandi va tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib olib borib joylashtirildi.
Xo‘sh, Farg‘ona fojeasining sabablari nimada edi? Uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O`z KP MQning 1989-yil 23-iyunda bo‘lgan XIV plenumida Farg‘ona fojeasi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya axboroti 29-iyulda bo‘lgan XV plenumda ma’qullandi. Farg‘ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojeali voqealarga sabab bo‘ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatning kuchayish xavfiga yetarli baho bermadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o‘z vaqtida zarba bermadilar. Farg‘ona viloyatida o‘n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar, ekstremistlar foydalandilar. Ular allaqachon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko‘rilgan reja asosida ig‘vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalarni tarqatdilar. Farg‘onada sodir bo‘lgan ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik Bo‘ka, Parkent, O`sh, Andijonda ham shunday urinishlar bo‘ldi. Yovuz kuchlar harakatlari bostirildi, ig‘vogarlar o‘z maqsadlariga erisha olmadilar. O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
Mustamlakachilarga qarshi ozodlik, erk, ijtimoiy-adolat va baxtli istiqbolni deb 1989-yil iyun oyida Qo‘qonda shahid bo‘lgan Shuhrat Olimov (Qo‘qon taksomotor parkida shofyor, uch farzandning otasi), Abdumavlon Mahkamov («Tekstilmash» korxonasi ishchisi), Alijon Bobojonov (Qo‘qon Qishloq xo‘jalik texnikumining talabasi), Azizxon Dehqonboyev (Qo‘qon Lokomotiv deposi ishchisi), Alisher Rahmatullayev (mushtipar onaning yakkayu yagona o‘g‘li), Qodirjon Nurmatov (ikki bolaning otasi) va boshqalar tufayli sovetlarga va Kompartiyaga ko‘r-ko‘rona ishongan xalqning ko‘zlari ochildi, xalqimiz ongida jiddiy o‘zgarish yasadi.
Farg‘onadan so‘ng Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ham xalq g‘alayonlari bo‘ldi. Ammo bu g‘alayonlaming oldi olindi. Farg‘ona voqealari xalqimizga katta va achchiq hayotiy saboq berdi.

Yüklə 37,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin